24.10.2024 | 17:28
446
Rassom Ahmad Isoyevning “Egoist” nomli koʻrgazmasidan fotoreportaj
Ko‘rgazma Toshkent shahridagi fotosuratlar uyida boʻlib oʻtmoqda. Namoyishga kirish bepul.

Ma’lumot uchun: Ahmad Isoyev 1988-yil 14-fevralda Samarqand viloyati, Urgut shahrida tavallud topgan.
Rassomning tasviriy san’atga boʻlgan qiziqishi uning maktab davridayoq boshlangan va Boʻlajak rassom 2003–2006-yillarda Benkov nomidagi Respublika rassomlik kollejida tahsil olgan. Mazkur kollejda A.Isoyev Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi akademigi Fayzulla Ahmadaliyev rahbarligida ta’lim olib, kollejni a’lo baholarga bitirgan.
Oʻz kelajagini rang-tasvir bilan bogʻlashga qaror qilgan rassom 2010-yil Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining dastgohli rang-tasvir yoʻnalishida Oʻzbekiston xalq rassomi, akademik Sobir Rahmatov va Muhammadiyor Toshmurodov kabi ustozlar rahbarligida tahsil olgan.
Uning yutuqlari talabalik yillaridayoq boshlangan. Jumladan, 2001-yil Yaponiyada bo’lib o‘tgan “Tabiatni asraylik” xalqaro tanlovida uchinchi o‘rinni egallagan.
Bugungi kunda ijodkorning asarlari O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Xitoy, Belorussiya, Fransiya va Rossiyadagi shaxsiy kolleksiyalarda saqlanadi.
Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan shaxsiy ko‘rgazmada rassomning bugungi kunda dunyoda global bo‘lgan mavzular bilan o‘ziga xos yorqin koloritda ishlangan chuqur ma’noga ega 40 dan ortiq asari tomoshabinlar e’tiboriga taqdim etildi.
Ko‘rgazma kuratori: Manushak Arushanova
Fotosuratlar muallifi: Abdumannon Muhammad









“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
167
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
157
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
361



