Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 9°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


30.07.2024 | 13:51

img293

Sanitariya-epidemiologiya qoʻmitasi yoʻllarda sotilayotgan muzqaymoqlardan ogohlantirdi

Muzqaymoq asosan sut mahsulotidan tayyorlanishi sababli tez oʻzgaruvchanlik xususiyatiga ega. Shu sababli doim sovuq haroratda saqlash talab etiladi. Koʻchada antisanitar holatda sotilayotgan muzqaymoqda esa stafilokokk bakteriyasi boʻlishi mumkin.

Agar muzqaymoq issiqlik taʼsirida erisa, qaytadan muzlatib, isteʼmol qilish mumkin emas. Chunki jarayon davomida muzqaymoqning tarkibi oʻzgarib, bakteriyalarni oʻziga jalb qilish xususiyati ortadi. Koʻchada ruxsat etilmagan idishlarda muzqaymoq sotish holatlari kuzatilmoqda.

Tabiiyki, muzqaymoq solingan idishlar muzlatish imkoniyatiga ega emas. Shu sababli ular ichidagi mahsulotni yetarli darajada salqin va sifatli saqlab berolmaydi.

Oxirgi paytlarda ana shu mahsulotlardan isteʼmolchilarning zaharlanish holatlari yuzaga kelmoqda. Koʻcha-koʻyda sotilayotgan muzqaymoq solingan aksariyat idishlar bugungi kunda sanitariya-gigiyena talablariga javob bermaydi. Bunday plastik idishlarni esa kimyoviy usulda zararsizlantirish imkoniyati ham mavjud emas.

Zaharlanish holatlarining oldini olish maqsadida nazorat reyd tadbirlarini olib borilmoqda. Mahsulotlardan nazorat tahlili olinganida koʻchada sotilayotgan muzqaymoq tarkibida stalifilokokk bakteriyasi aniqlangan. Qayd etish joizki, koʻp hollarda stafilokokk ikkilamchi infeksiyalarning rivojlanishiga sabab boʻladi. Patogen stafilokokk tushgan sut va sut mahsulotlari: tort, muzqaymoq va boshqa oziq-ovqatlarni isteʼmol qilganda kishi zaharlanishi mumkin.

Yoʻl-yoʻlakay sotilayotgan muzqaymoqlarning qachon va qayerda, qanday sharoitda ishlab chiqarilgani, tarkibi, saqlash muddati hamda sharoiti toʻgʻrisida hech qanday maʼlumot yoʻq. Shuningdek, bu mahsulotni sotayotgan sotuvchilar maxsus kiyim-bosh bilan taʼminlanmagan va ularning tibbiy koʻrikdan oʻtgani toʻgʻrisida maxsus yuritiladigan daftari ham mavjud emas. Talabga koʻra, maishiy xizmat koʻrsatuvchi korxonalar, savdo shoxobchalari va oziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanadigan xodimlar har olti oyda tibbiy koʻrikdan oʻtib turishlari zarur.

Muzqaymoq asab va oshqozon-ichak faoliyatining bir maromda kechishida foydali, ammo bu mahsulotni tayyorlashda sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilish juda zaruriy omildir. Avvalo, sut mahsulotining qayerdan olib kelingan, veterinariya ekspertizasidan oʻtib, maʼlumotnomaga ega boʻlganmi, shuningdek, epidemiologik vaziyati yaxshi sigirlardan olinganmi, shularga diqqat qaratish darkor.

Muzqaymoqni tayyorlaganda, albatta, zarur texnologik jarayonlarga amal qilish, shaxsiy gigiyena qoidalarini qatʼiy bajarish kerak. Agar ishchi-xodimlar yuqori nafas kasalliklari — tonzillit, gaymorit, stomatit bilan kasallangan boʻlsa, bu ishchilarni vaqtinchalik ishdan ozod qilib, davolangandan keyin qabul qilish maqsadga muvofiq boʻladi. Bundan tashqari, qoʻlida teri-kasalliklari va panaritsiya boʻlsa, bunday xodimlarni ham ishdan belgilangan tartibda chetlashtirish zarur. Shu bois har bir oziq-ovqat mahsulotini tayyorlaganda xodimlar sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilishlari talab etiladi. Xususan, tozalikni saqlash boʻyicha ishchilar orasida tez-tez profilaktika tadbirlarini oʻtkazib turish zarur. Tozalik oshqozon-ichak kasalliklarining oldini olishda eng samarali va qulay usuldir.


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img182

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img161

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img370