02.08.2024 | 17:03
287
“O‘zbekkonsert” litsenziyasiz faoliyat jarimaga sabab bo‘lishidan ogohlantirdi
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi konsert-tomosha, to‘y-marosimlar va boshqa tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi ma’murlar litsenziyasiz faoliyat olib bormasligi kerakligini eslatib, aks holda, javobgarlikka tortilishi mumkinligini ma’lum qildi.

“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonun hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi qaroriga asosan mamlakatimizda konsert-tomosha yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan ma’mur (administrator)lar litsenziya asosida faoliyat yuritishi belgilangan. Ma’murlik (administrator) litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat turiga kiradi. Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun faoliyat turiga qarab davlat boji bir jismoniy shaxsga bir yil hisobidan to‘lanadi”, deyiladi xabarda.
Qo‘shimcha qilinishicha, litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 165-moddasiga ko‘ra, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan 20 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — 20 baravaridan 25 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
158
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
152
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
353



