Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


21.05.2024 | 10:35

img271

“SEZGILAR”

(Shoirlar to‘plamidan 4-bo‘lak)

O‘rtoq Oybekning yigirma yetti she’ridan iborat asari bo‘lib, O‘zbekiston davlat nashriyoti tomonidan 1927 nchi yilda bosilg‘on.

Kitobning o‘zi – shoirning “So‘ng­gi hushyorlik” sarlavhasi bilan boshlanib, birinchi qarashda Oybekning “oltin qadahlar”dan bezgani, uning endi hushyor bo‘lishi va eskilikdan nafrat etgani ang­lashiladi. Uning ketidan kelgan she’rlar – bu tushun­chada yanglishmaganimizni isbot qildi. Aytib bo‘ladikim, 1926 nchi yilda yozgan she’rlarida o‘rtoq Oybek proletariat shoiri bo‘lishga urung‘on va bu urunishga muvaffaq bo‘la ham bosh­lagandir. Bu o‘zgarish, albatta, yosh shoirning kelgusida muvaffaqiyatli qadamlar tashlashiga yo‘l ochganligini ko‘rsatadi.

Bundagi she’rlarning badiiy, san’at jihatidan bo‘lgan qiymati ustida to‘xtalmoq istamadim. Negakim, bu masalaning o‘zi bu kitobga taqriz yozishdan uzoq bo‘lib, to‘ppa-to‘g‘ri shoirga baho berish masalasidir va buning uchun vazifa boshqalashib ketadi. Faqat Oybek o‘rtoq o‘zining she’rlarida hurlar, malaklarga o‘rin bermasa, “yetti qavat osmon” kabi yanglish ta’birlarni kirgizmasa, “holi taboh” singari yot tarkiblardan butunlay qo‘l tortsa yaxshi bo‘lar edi. Bu tilagimizning qabulga tutishiga ishonamiz. Negakim, butun kitobda uch joydagina bularni uchratdik; she’r havaskor va mutolaachilarning bu kitobni olib o‘qishlarini tavsiya qilamiz.

Said AHRORIY

“Maorif va o‘qituvchi” jurnalining 1927-yil 4-sonidan

B.Muhammad Nur tayyorladi.

“Jadid” gazetasi 2024-yil 17-may 21-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596