Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


02.05.2024 | 17:44

img288

“KO‘K YORISHGAY TUG‘ISHGANLAR TOPISHGANDA…”

Muhammad Yusuf she’rlari turkman tilida

She’r – inson qalbining aks sadosi. Bu sado tuyg‘un va hissiyotlarga boy bo‘ladi. Shuning uchun boshqalar shuuri, yuragiga ta’sir qiladi. Taniqli o‘zbek shoiri Muhammad Yusuf she’rlarini yurtimizda ayniqsa yoshlar juda sevib, ardoqlab o‘qishadi, yod olishadi. Turli anjumanlar, bayram va to‘ylar shoirning she’rlari bilan ziynatlanadi. Yaqinda Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida taniqli shoir va tarjimon Ismoil Tag‘an tomonidan Muhammad Yusuf she’rlari turkman tiliga tarjima qilinib, “Biz baxtli bo‘lamiz…” nomi bilan nashr bo‘ldi. Tabiiyki, bu asar shoirning 70 yillik muborak yoshi uchun munosib sovg‘adir. Muhammad Yusufning barcha she’r­lari o‘zining soddaligi bilan ulug‘vor ta’sir quvvatiga ega. Shoir o‘zini anglagani bois ko‘p she’rlarida o‘z “meni”ga diq­qatni qaratadi:

Mendan nima qolar, Ikki misra she’r, Ikki sandiq kitob, Bir uyum tuproq… Muhammad Yusufdan she’riyat muxlislari uchun “ikki misra she’r” emas, ko‘plab she’riy majmualar meros bo‘lib qolgani va bugun ular qardoshlarimiz qalbidan ham o‘rin olayot­gani quvonarli holdir. O‘zidan bu olamda nima qolishini va o‘zi bilan u dunyoga yaxshi, ezgu, bebaho amallarni olib ketishini teran anglagan insongina boshqalar qalbidan joy ola biladi. Bunday shoirlar o‘z elini, o‘z tilini, o‘z onasini yaxshi ko‘radi; o‘zi anglagan haqiqatni ochiq-oydin yozadi. Shu ma’noda, Muhammad Yusuf she’rlarida o‘zbek xalqining turmush tarzi, bir insonning yurak dardi, hayot haqiqati aks etadi. Shoir ijodida ona Vatan, uning ulug‘vorligi, qadimiyligi, shon-sharafi va bugungi hur­riyat-istiqloli madh etiladi. Ota-ona, do‘st qadri, o‘zbekona milliy urf-­odatlar, qadriyatlar mavzusi badiiy talqin qilinadi. Shoirning “Do‘ppi”, “Belbog‘”, “To‘n haqida she’r”, “Ona tilim”, “Oq tulpor” va boshqa qator she’r­lari xalqona uslubi bilan ajralib turadi. U ishq-muhabbatni o‘ziga xos ravishda tarannum qiladi. Shu bois juda ko‘p san’atkor-hofizlar uning she’rlarini qo‘shiq qilib aytishdi. Umuman, Muhammad Yusuf she’riyatining umumpafosi xususida ko‘p yaxshi fikr-mulohazalar bildirish mumkin… Turkman tilida nashr etilgan “Biz baxtli bo‘lamiz…” to‘plamiga kiritilgan she’rlarni o‘qish asnosida unda Muhammad Yusuf lirikasiga xos barcha shakl va mazmun fazilatlari saqlab qolinganiga guvoh bo‘lish mumkin. Bu tabiiyki, tarjimonning zamonaviy o‘zbek she’riyatini yaxshi bilishi bilan bog‘liq. Zero, men Ismoil Tag‘anning ko‘plab o‘zbek shoirlarining asarlarini mahorat bilan turkman tiliga tarjima qilgani va ularni “Diydor” nomi ostida bir kitobda jamlaganidan xabarim bor. “Diydor” tarkibidan Muhammad Yusufning ham bir qism she’rlari o‘rin olgan edi. Hajman kattagina “Biz baxtli bo‘lamiz…” kitobi esa o‘sha tarjima va taj­ribalarning mantiqiy davomidir. Tug‘ishgan qardoshlarning qalb nidolaridan, she’rlarida ifodalangan dard-u quvonchlaridan xabardor bo‘lib ta’sirlanish, tabiiyki, yurakda bir yorug‘lik paydo qiladi. Bunday she’rlar ellarni ellarga, dillarni dillarga mus­tahkam bog‘laydi. Muhammad Yusuf aytmoqchi: Ko‘k yorishgay tug‘ishganlar topishganda, Kengashganga tor dunyolar keng bo‘ladi. Bo‘lar elda botirlar ot chopishganda, Tog‘lar cho‘kib to‘pig‘iga teng bo‘ladi. Quchoq ochib diydoriga chiq, Turkiston, Tarqab ketgan bolalaring yig‘, Turkiston!

Do‘stlik, tug‘ishganlik, kengashish, botirlik – bular gohida tog‘lardan ham yuksak bir martabani egallaydi. Nazarimda, mahoratli tarjimon va shoir Ismoil Tag‘an uchun ham o‘z ko‘ngliga yaqin shoirning hissiyotlari, qardoshlarning o‘zaro og‘zibirligi va botirligi muhimdir. Shu yo‘lda barakali va jiddiy ijod qilayotgan Ismoil Tag‘an qalamiga quvvat tilaymiz.

Bahodir NURMUHAMMAD

“Jadid” gazetasi 2024-yil 26-aprel 18-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596