06.11.2024 | 11:33
915
Sharof Rashidov asarlaridan iqtiboslar
“Kashmir qoʻshigʻi” qissasida hind xalqining ozodlik kurashi bosh mavzu boʻlgan boʻlsa, “Ikki dil dostoni” kinossenariysida romantik sevgi mavzusi koʻrsatilgan.
“Kashmir qoʻshigʻi” Sharof Rashidov ijodida alohida oʻrin tutgan asarlardan biri hisoblanadi. Asar teatr sahnalarida juda koʻp namoyish etib kelingan. “Ikki dil dostoni” asari asosida esa film suratga olingan.

“Kashmir qoʻshigʻi” qissasidan iqtiboslar
Yer bilan oftob balki birlashur, ammo omonlik bilan yovuzlik, urush bilan tinchlik — hech qachon!
Gulni uzib tashlaysan, ammo hamisha ochilaveradi!
Hayot va sevgi yuz minglab toʻsiqlarga duch keladi, yuz minglab qora kuchlar bilan olishadi, yuz minglab qon-qurbonlar beradi, ammo bularning hammasi yuksalish va oʻsish yoʻlidagi kurash mashaqqatlari, qurbonlaridir.
Hayot kurashsiz boʻlmaydi. Odamlar kurashadilar. Qushlar kurashadilar. Gullar kurashadilar. Gʻalaba faqat kurash bilan keladi!
“Ikki dil dostoni” kinossenariysidan iqtiboslar
Ishq, oh-voh toʻgʻrisidagi gaplaringiz faqat ayollarimizdan koʻproq pul oʻndirish niyatida sizdek darvishlar tarafidan toʻqilgan afsona, xolos!
Qilichning yaraqlashi koʻzga yoqimli koʻrinadi-yu, ammo qilich bilan oʻynash halokatga olib keladi.
Sevgi tufayli qancha-qancha xasislar saxiy, gʻamginlar shodon, qoʻrqoqlar bahodir boʻlib ketgan. Sevgi tufayli tanballar harakatga kelganlar, ahmoqlar aql oʻrganib, isqirtlar yasanib, yoʻqsillar badavlat boʻlganlar.
Oshiqning yoʻliga gʻov boʻlish – insofdan emas. Oshiq boʻlmagan odam, odam ham emas!
Shoh oʻz soyasidan ham ehtiyot boʻlishi lozim.
Chirigan ogʻizdan sasigan gap chiqadi.
Baxtga ishonmoq kerak! Kishi istiqbolga, baxtga ishonmasa, nechun kurashadi.
Oqil Abdubarnoyev tayyorladi.
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
83
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
598
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
596



