Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 9°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


12.10.2024 | 13:29

img2127

Sharof Boshbekovning “Temir xotin” pyesasidan iqtiboslar

Sharof Boshbekovning “Temir xotin” dramasini butun o‘zbek xalqi yaxshi biladi. O‘tgan asrning 80-yillarida yaratilgan, o‘z vaqtida shov-shuv bo‘lgan, 20 dan ortiq tilga tarjima qilingan bu asar hozirgacha sevib o‘qiladi. Asar asosida tasvirga olingan film miriqib tomosha qilinadi.

Uning bu qadar mashhurlashishi va milliy dramamizning gultoji darajasiga ko‘tarilishining sababi esa asar zamirida yotadigan millat fojiasi, alamli og‘riqlarining aks etishidir.

Yechilmayotganidan ham biluvdim, sening qo‘ling tekkanini! Mol arqonlab o‘rganib qolgansan-da, bog‘lagan tuguningni matroslar ham yecholmaydi!

Bu uyda men kimman o‘zi, a? (Baqirib.) Qo‘chqormanmi yo Qo‘chqormasmanmi?! Qo‘chqorman!!! (Birdan past tushib.) Qo‘chqor ekan, deb bog‘lab tashlayveradimi?…

QUMRI. «Hukumat ichmanglar, deb qaror chiqarib qo‘yibdi, bu ahmoqqa shuyam ta’sir qilmaydi», dedilar.
QO‘CHQOR. Ho-o, qarorniyam bilarkanlarmi! O‘zi sakkizinchi sinfda qolib ketgan! Chalasavod! Rasmi yo‘q ekan, deb gazit o‘qimaydi!
QUMRI. O‘zingiz ham o‘qimaysiz-ku?
QO‘CHQOR. Men vaqtim yo‘qligidan o‘qimayman, u savodi yo‘qligidan o‘qimaydi!

Voy, jonim-yey!.. Shu, xotin zotini kim o‘ylab chiqargan ekan-a, Olimtoy?

OLIMJON (hovlini ko‘zdan kechirib). Xafa bo‘lmang-u, Qo‘chqor aka, kennoyimgayam qiyin-da. Ahvolni qarang: haliyam o‘choq, haliyam tezak yoqiladi. Progress yo‘q.
QO‘CHQOR. Nima-gres?
OLIMJON. Progress. Taraqqiyot.
QO‘CHQOR. Progress bor. Ilgari tezak yoqilardi, endi tezakni solyarka bilan yoqyapmiz. Yaxshi yonyapti. To‘g‘ri, ovqatdan sal-pal hidi keladi-yu, lekin o‘rganib ketar ekan odam. 

Tagidagi gap yaxshi ekan-u, lekin boshimizga qo‘ylarning kuni tushmasmikan, deyman-da.

Shu, turib-turib olimlaringgayam tushunmay qolaman-da, Olimtoy. Bir qarasang, qo‘ylarga qarab «ko‘p tug‘» deydi, bir qarasang, o‘zbekka qarab «kam tug‘» deydi… 

Turmush daraja past, degin? Senlarniki balandmi? O‘qigan, olim odamsan, ko‘tar-da past bo‘lsa! «Prigres-mrigres» qilasan bu yerga kelib olib! Xotinlarning qorniga osilguncha paxta teradigan mashinani eplanglar!  

E, bitta paxta teradigan mashinani ellik yil o‘ylaydimi! Goh rulini o‘zgartirasanlar, goh kabinasini, goh o‘tirg‘ichini — bo‘ldi! Biz, yangi mashina kelar ekan, deb do‘ppimizni osmonga otib yuramiz. Qarasak, o‘sha-o‘sha — Xolxo‘janing tayog‘i!

OLIMJON (Alomatga karab turib). Iye, bu o‘chib qopti-ku… (Robotning yelkasidagi blokni kavlashtira boshlaydi.)
QO‘CHQOR. I!… O‘chib qopti, deganing nimasi?! Men shuncha gapni kimga gapirdim bo‘lmasam? Butun o‘zbekning dardini dasturxon qilib o‘tiribman! (Xafa bo‘lib.) Doim shu — bizga o‘xshagan odam gapirsa, yo hech kim eshitmaydi, yo eshitadigani temir chiqadi… 

Yolg‘izlik yomon, Olimtoy, buni boshiga tushgan biladi… 

SUVON. E, o‘tiring! Qo‘chqorbek Abdusattor o‘g‘li, siz Alomat Olimjon qizini o‘z inon-ixtiyoringiz ila hasmingizga qabul etasizmi?
QO‘CHQOR. Hali tushuntirdim-ku, taqsir…
SUVON. «Ha» deng!
QO‘CHQOR. Ha! (Tomoq qirib qo‘yib.) Uch marta so‘ramaysizmi, taqsir?
SUVON. Nimangizdan uch marta so‘rayman, o‘lib turibsiz-ku!

Bu dunyoda odamdan faqat yaxshilik qoladi. Otam rahmatli «birov senga yomonlik qilsa ham yaxshiligingni ayama o‘sha padariga la’natdan» deganlar.

Robot o‘ylasa, fikr qilsa, bilasizmi nima bo‘ladi? Qiyomat-qoyim bo‘ladi! Aytdim-ku, hali Alomatga o‘xshagan robotlar ming-minglab yaratiladi. Millionlab yaratiladi! Endi bir tasavvur qiling: millionlab robot kallasini ishlatsa, o‘ylasa! Xudoning o‘zi asrasin-u, un-da oxir zamon bo‘ldi, deyavering! Ular borib-borib o‘zining hozirgi ahvolidan norozi bo‘la boshlaydi! Tushunib qoladi-da! Nega, deydi, odamlar maza qilib yurishibdi, men ertadan kechgacha eshakday ishlashim kerak, deydi! Nega endi ularning inon-ixtiyori o‘zida-yu, men manavinaqa programmalashtirilgan mikrosxemalarga bo‘ysinishim kerak, deydi! Tushunyapsiz-mi, gap qayerda? Qarang, ularning o‘zi kim-u, insonlikka da’vo qilishadi! Hamma gap shundaki, fikr qilsa aqlini taniydi. Aqlini tanisa ko‘zi ochiladi! Ko‘zi ochilsa ularni boshqarish mumkin bo‘lmay qoladi! Ana shuning uchun, Qo‘chqor aka, robot robotligini qilishi kerak. Buyruq berildimi — bajarsin! U yog‘i bilan ishi bo‘lmasin! 

Olimtoy, buyam o‘zimizdanmi deyman — do‘st-dushmanning farqiga bormaydi…

Esimda yo‘q, Ibn Sinomikan, qaysi biridir aytgan ekan: uyqu, ov-qat, fizkultura ja kerakli narsa-a, deb. Mana, biz shu gapga amal qilib kelamiz-da, Olimtoy. Uyqu yaxshi, ovqatdan ham o‘zimizni xafa qildirib qo‘ymaymiz. Endi, fizkulturasiga kelsak, nima deymiz… televizorga qarab oyoq ko‘tarish yo‘g‘-u, lekin qimirlab turamiz. Azondan to yarim kechagacha traktor minganingdan keyin o‘zi oyog‘ing ko‘tarilib qolar ekan.

Ey, tinchgina ovqat yeymizmi, yo‘qmi?! Nuqul piching qilasan! Hali «tabiat muzeyi» deding — indamadim! Endi «magazindan xotin olasiz» deysan! Nima senga u, to‘qqizin-chi kalishmidi magazindan oladigan?! 

Olimtoy, shu, Qora dengizning suvi chindan ham qora bo‘ladimi? Mana, bizning ariqni «Oq ariq» deyishadi, lekin suvi qop-qora. 

Lekin, Olim-toy, shu, mashinangning bitta kamchiligi bor-da.
OLIMJON. Masalan?
QO‘CHQOR. Masalan… Masalan, o‘ta ketgan… tartibli! 

Ha-a, odam-robot yaratishning bunaqa tomonlari ham bor ekan. Shuning uchun ham xudo lak-lak odam yaratib qo‘yib, hech kimning ko‘ziga ko‘rinmay ketgan ekan-da. Ko‘rinsa bormi, bu besh yarim milliard odam uning o‘zini zapchast qilib yuborarkan!..

Bilasizmi, ko‘nglingizga olmang-u, Qumri bilan-chi, jim o‘tirib ham gaplashaverardik. Ichimiz-da-da… Nima deyatganini ko‘zidan bilardim. Uyam shundoq qarardi-yu, ichimdagini topardi, qurg‘ur… 

ALOMAT. Tabiatdagi barcha tirik mavjudot, shuningdek, odam ham o‘zidan elektromagnit to‘lqinlari tarqatadi.
QO‘CHQOR. Men hammi?
ALOMAT. Siz ham.
QO‘CHQOR. Qumri bo‘lsa, «sizdan faqat solyarka hidi taraladi», derdi… Qarang, gapi yolg‘on ekan-da, a? 

E-e, unda siz ham o‘zimizning rahbarlarga o‘xshagan gap ekansiz-da. Bir ish bilan borsang, na dardingga sherik bo‘ladi, na xursandchiligingga. Nomi «mahalliy hokimiyat» bo‘lgani bilan, bilmayman, narigi mahallaga qaray-dimi… 

Ayol kishining har zamonda yig‘lab turgani yaxshi. Yengil tortadi. Erkakning yo‘rig‘i boshqa — uyat bo‘ladi. Mana, men sira yig‘lamaganman. (O’ychan.) Lekin, uyat bo‘lmaganida yig‘lardim… 

Yig‘laysiz… Yig‘laysiz… Chunki, juda ezilgansiz… Yuragingizga qil ham sig‘maydi… Ich-ichingizdan bir nima toshib kelyapti… Hech kimning rahmi kelmaydi, birov dardingizga sherik ham bo‘lmaydi… O‘z yog‘ingizga o‘zingiz qovurilib yashayapsiz… Aft-angoringizga bir qarang, qirqqa kirgan qir-chillama yigitsiz-u, ko‘rgan odam sizni ellikdan oshgan, deb o‘ylaydi. Qurib-qaqshab boryapsiz… Esingizni tanibsizki, tinmay mehnat qilasiz, lekin hech biringiz ikki bo‘lmaydi. Ro‘zg‘or, bola-chaqa tashvishi, deysiz, afsuski, bu tashvishlarning cheki yo‘q. Ertalabdan-kechgacha chumoliday g‘imir-g‘imir qilasiz-u, rohatini ko‘rmaysiz. «Paxtakorman» deb ko‘kragin-gizga mushtlaysiz-u, ko‘rpangizga paxta topolmaysiz! Kiyib olgan kiyimingizni qarang, yengil sanoat yetishtirayotgan hamma brak mahsulot siz va sizga o‘xshaganlarga nasib qiladi. Manavi nima? Shu issiqda kim neylon ko‘ylak kiyadi? 

Bu dunyoga kelib nima ko‘rdingiz, Qo‘chqor aka? «Ikki marta Toshkentga borganman» deb maqtanasiz, odamlar «Oq dengizu Qora dengiz» qilib yurishibdi! «Ha endi, ular boshqacha odamlarda» deysiz. Qanaqa, boshqacha? Nimasi boshqacha? Nahotki, oddiygina insoniy g‘urur bo‘lmasa?! Shu darajaga yetgansizki, bora-bora undaylarga havas ham qilmay qo‘ygansiz! Havas qilaverib, orzu qilaverib charchagansiz, holdan toygansiz! 

Endi bor umidingiz bolalaringizdan, ularni o‘qitib «katta odam» qilmoqchisiz. Lekin ularingizdan «katta odam» chiqmaydi. Qishin-yozin daladan beri kelmaydigan chalasavod bolalardan hech balo chiqmasligini bilasiz. Farzandlaringizning o‘zingizga o‘xshamasligini istaysiz, demak, o‘zingizning kimligingizni ham bilasiz! Aqlingiz yetadi! Lekin yana «ko‘pga kelgan to‘y» deb yuraverasiz! Axir, umr o‘tib ketyapti-ku, Qo‘chqor aka! 

Hamma gap shunda-da — nolimaysiz. Ko‘nikib ketgansiz. Yaralar toshga aylangan — og‘riq sezmaydi. Dod solib baqirish-ku qo‘lingizdan kelmas, hech qursa ingrab qo‘yishga ham qodir emasmisiz, Qo‘chqor aka? «Hayot deganlari shunaqa bo‘lar ekan» deb umringizni o‘tkazyapsiz. Qalbingizning unut bo‘lib ketgan, o‘zingiz ham bilmaydigan allaqaysi burchaklarida miltillayotgan ushoqqina norozilikdan qo‘rqa-siz, uyalasiz, uni sezmaslikka olasiz! To‘g‘ri, qadr-qimmatingiz oshkora haqoratlanganida o‘sha miltillayotgan cho‘g‘ alanga olganday bo‘ladi va siz uni aroq bilan o‘chirishga urinasiz. Dunyoga shirakayf ko‘zlar bilan qarab taskin topasiz, bir qadar yupanasiz ham. Lekin ertasi kuni kayfingiz tarqab, dunyo yana asl holiga qaytadi! Shunda o‘zingizni qo‘yarga joy topolmaysiz, hadsizhududsiz olamda mushtdekkina jussangizni qo‘ygani joy yo‘q! So‘ng yig‘lamoqdan o‘zga chorangiz qolmaydi va o‘ksib-o‘ksib yig‘laysiz…

Ekspluatatsiya! Ertalabdan kechgacha tinmadi-ya! Bir minut dam olgani yo‘q, bechora, bir minut! Yuv, tozala, tik, yama, supur! Bir chaqirim naridan suv olib kelib, kir yuvadi! Manavi tezak yoqiladigan la’nati o‘chog‘ingizda ovqat qiladi! Yeb to‘ymaydigan ochofat mollaringiz bor: ertalabdan kech-gacha o‘t ber, yem ber, suv ber! Xamir qoradi, sigir sog‘adi, kuvi pishadi! E, bu uyingizning ishi tugaydimi o‘zi, yo‘qmi?! Bundan tashqari, dalaga chiqadi! Ming chanoqqa ming egilib paxta teradi! Qirq-ellik kilo narsani ko‘tarib, xirmonga olib boradi! Axir, bu do‘zax azoblariga qanday dosh bersin, qandoq chidasin?! (Mehr bilan.) Axir, u temir-ku, Qo‘chqor aka, temir!.. Uni avaylash kerak, ehtiyot qilish kerak!.. U o‘zini o‘ylamaydi, qiynalib ketdim, deydigan tili yo‘q. Indamas ekan, deb eshakday ishlataverish kerakmi, axir?! «Paq» etib joni chiqib ketguncha ezaverish kerakmi?! Yo‘-o‘q, siz yuragi tosh odamsiz, Qo‘chqor aka! 

Hamma zamonlarda ham inson aqlu zakovatining mahsuli — buyuk kashfiyotlar sizga o‘xshagan johillar tufayli barbod bo‘lgan!

Oqil Abdubarnoyev tayyorladi.


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img117

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img628

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img622