Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


12.09.2024 | 12:00

img982

SHAVKAT RAHMON TAVALLUD TOPGAN KUN

Millatparvar shoir Shavkat Rahmon 1950-yil 12-sentyabrda Oʻsh shahrida tugʻilgan.
Moskvadagi Adabiyot institutiga tanlovdan oʻtib, u yerda tengdoshlari Halima Xudoyberdiyeva, Murod Muhammad Doʻst, Sobit Madaliyev kabi adiblar bilan yonma-yon saboq oladi. 1973-yili Moskvadagi Maksim Gorkiy nomidagi Adabiyot institutini bitirgach, Toshkentga koʻchib keladi. Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida muharrir, boʻlim boshligʻi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida masʼul xodim boʻlib ishlaydi. Shavkat Rahmon 1996-yil 2-oktyabrda uzoq davom etgan ogʻir kasallikdan soʻng vafot etadi.

Shoirning dastlabki sheʼrlari Oʻsh viloyati gazetalarida bosilgan. 1978-yilda „Rangin lavhalar“ nomli birinchi sheʼriy toʻplami nashr etildi. Shundan soʻng „Yurak qirralari“ (1981), „Ochiq kunlar“ (1983), „Gullayotgan tosh“ (1984), „Uygʻoq togʻlar“ (1986), „Hulvo“ (1988) kabi qator sheʼriy toʻplamlari bosilib chiqdi. Shavkat Rahmon oʻz qoʻli bilan tayyorlagan „Saylanma“si vafotidan keyin 1997-yilda nashr etilgan. Bundan tashqari Shavkat Rahmon ispan shoiri Garsia Lorkaning sheʼrlarini ispan va rus tillaridan oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

QASAM

Shavkat Rahmon degan 
bir o‘jar shoir,
bir kuni qaytadan yaraladimi?
Hayotim ma’nisin juda ko‘p o‘ylab,
sayladim so‘zlarning
saralarini.
Har bir so‘z
yuz so‘zning o‘rnini bosar —
Vatan, Xalq, Jasorat, Kurash, Ozodlik.
Har bir so‘z yetajak yuzta umrimga,
har biri baxsh etar
ruhimga shodlik.
Hozirlik ko‘rarkan buyuk safarga,
pushtirang pardali minglab darchadan
mo‘ralab o‘tirgan go‘zal so‘zlarni,
qoldirib ketaman endi barchaga.
Aslida atirgul bo‘yin taratgan
bu o‘ynoqi so‘zlar menikimasdir.
Menga nonday zarur, qilichday keskir,
zaharday mard so‘zlar bo‘lsayoq basdir.
Sayladim so‘zlarning saralarini,
kurashlar shamoli kirdi nazmimga.
Yurtimni kezaman, 
endi har narsa —
egilgan narsalar tegar g‘ashimga.
Endi ishlash kerak bu kengliklarda,
tokim so‘ylamasin yolg‘onni hech kim,
tokim buyuk tog‘lar saltanatida
egilgan boshlarni
qilichlar kessin…

***
Bolalarning ko‘zlari kerak,
juda kerak hayratli cho‘g‘lar –
bu dunyoning bor go‘zalligin
faqat so‘zlar u qora ko‘zlar.

Bolalarning qo‘llari kerak
daraxtlarga, yerga, maysaga,
bolalarning tillari kerak
dunyodagi har bir narsaga.

Oftob chiqar bolalar uchun,
bolalar-chun yashaydi shamol.
Dunyo turar bir bandi kabi,
ko‘ksida g‘am, ko‘zida malol.

Dunyo faqat bolalarniki…
Hayot qilgan ularga tortiq.
Faqat zo‘rlik bilan dunyoni
bolalardan olmangiz tortib!..


ORZU TASBEHI

Ajoyib kunlarning birida
uyg‘onib ketaman uyqudan,
yurakning eng chuqur yerida
og‘riqqa aylangan tuyg‘udan.
Bir qo‘shiq bo‘laman daryoday
yurakning eng chuqur yerida,
boqaman dunyoga dunyoday
ajoyib kunlarning birida…


TURKIYLAR

Qilichin tashladi beklar nihoyat,
bosildi tulporlar,tig‘lar suroni,
urhoga o‘rgangan tillarda oyat,
turkiylar tanidi komil Xudoni.

Qilichlar zangladi…falokat hushyor,
turkiylar quvvatin berdi yerlarga.
Hiylagar do‘stlarday yaqinlashdi yov
komillik qidirgan jasur erlarga.

Ilvasin yigitlar,bobur yigitlar,
sajdaga bosh qo‘ydi yovga ters qarab,
g‘ullarni kemirib yig‘ladi itlar,
buyuk boshni kesdi qilich yaraqlab.

Turkda bosh qolmadi…qolmadi dovlar,
xotin-xalaj qoldi motam ko‘tarib,
«Bizga tik qarama», — buyurdi yovlar,
yovlarga ters qarab yashadi bari.

Talandi samoviy tulpor uyuri,
talandi zarlari,zebu zabari,
«Ters qarab o‘ling», — deb yovlar buyurdi,
yovlarga ters qarab jon berdi bari.

Lahadga kirdilar o‘zlarin qarg‘ab,
qolmadi arabiy,turkiy xatlari.
«Tug‘ingiz, — dedi yov, — teskari qarab»,
yovlarga ters qarab tug‘ildi bari.

Tug‘ildi, tug‘ildi, tug‘ildi qullar,
qirqida qirqilgan — imdodga muhtoj,
yovlarga ters qarab itlarday hurar,
bir-biriga dushman,bir-biridan koj.

Jo‘mardlar qirilgan Turonzaminda
do‘zaxiy tajriba pallasin ko‘rdim:
eshshak suvrati bor qay bir qavmda,
qay birida to‘ng‘iz kallasin ko‘rdim.

Bu holda buvaklar bo‘g‘ilib o‘lar,
qul Bilol ezilib yig‘lar falakda…
O‘zlarin yondirar borliqdan to‘ygan
Badaxshon la’liday asl malaklar.
Mo‘minlar besh bora Allohni eslar
sajdaga bosh qo‘yib jallod toshiga.

O‘grilib sal ortga qarayin desa,
boshiga urarlar,faqat boshiga.
Bormi er yigitlar,bormi er qizlar,
bormi gul bag‘ringda jo‘mard nolalar,
bormi bul tufroqda o‘zligin izlab,
osmonu falakka yetgan bolalar.

Bor bo‘lsa, alarga yetkarib qo‘ying,
bir boshga bir o‘lim demagan ermas,
shahidlar o‘lmaydi,bir qarab tuying:
Yovga ters qaragan musulmon emas!

Yovga ters qaragan musulmon emas!
Yovga ters qaragan musulmon emas!
Yovga ters qaragan musulmon emas!
Yovga ters qaragan musulmon emas!


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img103

ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img87

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img139