Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


31.07.2025 | 12:25

img383

SHOXIGA URSANG, TUYOGʻI ZIRQIRAYDI

“Menga yoqdi”, “Unga ham yoqdi”, “O‘h-ho‘! Juda ko‘p odamga yoqibdi”… Ijtimoiy tarmoqlarda bu kabi xulosalar uchun “poyga” boshlanib ketganiga ancha bo‘ldi. Ammo “Nima yoqibdi?”, “Kimga yoqibdi?”, “layk”chilarning saviyasi qanday?” degan savollar, afsuski, javobsiz…

Tarixan qaysidir g‘oya va maqsadlarni yuzaga chiqarish yoki siyosiy jarayonlardagi o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun olomonchilik kayfiyatidan ustomonlik bilan foydalanilgan. Hozir ana shunday toifaning qiziqishlaridan kelib chiqib, mediamahsulotining ijtimoiy-ma’naviy zarari, g‘ayriaxloqiy jihatlarini anglamagan holda ko‘ngilxushlik va “layk” ishqibozligi ortidan pul topayotganlar ham bor. Men bunday kimsalarni ko‘r-ko‘rona jarlik tomon borayotgan, ortidan o‘z yaqinlari, boshqalar va kelajak avlodni ham ergashtirib ketayotgan manqurtlarga o‘xshataman.

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda bir videolavha tarqaldi. Kelinchak tor-tanqis, ochiq-sochiq ko‘ylakda boyvachcha qaynotasiga mastonavor choy uzatyapti. Qaynota ham ko‘cha ko‘rgan, yengiltak kelin bilan tezgina til topishdi. Xo‘sh, nima bo‘pti, oddiy video-ku, deyishingiz mumkin. Yo‘q, axir o‘zbek xonadonida kelin qiz, qaynota ota o‘rnida emasmi? Qaysi es-hushi joyida bo‘lgan padar farzandining jufti haloliga bunday shum nazar bilan qaraydi?

Aslida bunday lavhalar orqali milliy mentalitetimizga to‘g‘ri kelmaydigan, millat sha’niga isnod keltirguvchi shoular yaralmayaptimi? To‘g‘ri, kimdir bu epizoddan yoqa ushladi, yana kimdir malomat qildi, boshqa birovlar esa G‘arbning ta’siri ekanini ta’kidladi. Tomosha esa katta kontentda hamon ko‘rilyapti. Uni ijtimoiy tarmoq sahifalariga joylaganlar “prosmotr” soni oshayotganidan xursand, ammo… Bizni tashvishlantirayotgan asosiy gap – shu zayl ommani axloqsizlikka ko‘niktirib borayotganimiz. Avvaliga odamlar bunday holatlarga, albatta, tanqidiy ko‘z bilan qaraydi, keyin “ilgari ham shunaqasini eshitgandim” deydi, bora-bora oddiy hol bilib, qo‘l siltab qo‘ya qoladi. “Gapiraversang beti qotadi”, degan gap bekorga emas-da…

Bu kabi epizodlarni suratga olayotganlar va uni moliyalashtirayotganlar aynan nimani ko‘zda tutishadi o‘zi? Bugun ommaviy kommunikatsiya targ‘ibot va tashviqotning juda katta kanaliga, kuchiga aylangani rost. Mediamahsulotlar va ularning turlari ham shu qadar ko‘pki, barchasini nazorat va tahlil qilishning iloji yo‘q. Hech bo‘lmasa, kelajagimiz davomchilari bo‘lmish bolalarimiz uchun maxsus tayyorlanayotgan kichik videolavhalar, multiplikatsion filmlarning ham ular tarbiyasi, dunyoqarashi va g‘oyalariga qay darajada ta’sir ko‘rsatishini o‘rganib bo‘lmay qoldi.

Bir qaraganda duppa-durust film namoyish qilinyapti, ammo qaysidir joyiga kelganda yoshgina qiz va mushtumday bolakayning o‘pishgan sahnasi chiqib qoladi. Yoki ba’zi multfilmlarda qizaloqlarning labchalari cho‘chchaytirib bo‘yalgani, bolachalarning tanalarini ko‘z-ko‘z qilib o‘tishlari ko‘rgan farzandlarimiz o‘zlarining kelgusi qiyofalarini qanday shakllantiradi? Boz ustiga, bu kabi qahramonlar ijobiy rollar orqali namoyon bo‘lgan bo‘lsa… Multfilmdagi voqealar rivoji esa rostdan ham qiziq, gohida kattalarni ham o‘ziga tortadi.

Biz, kattalar voqealar ortidan ketaveramiz-u, ularning zamirida yashiringan va bolajonlar ongiga singdirilayotgan “kiyinish madaniyati” va imi-jimida sizdirilayotgan fahsh g‘oyalarga e’tibor berishni unutib qo‘yamiz. Shunday, asosiy g‘oya hamisha orqa fonda, sahna ortida yoki qiziqarli voqealar chulg‘amiga o‘ralib, “yashirin” tarzda ko‘zga ko‘rsatilib, ongga o‘rnashtiriladi.

Ma’lumki, xalqimiz hayotida asrlar bo‘yi jamoaviylik hissi ustun bo‘lib kelgan. Bu – birovning bolasi, bu – menga begona, degan qarashlar xalqimizga xos bo‘lmagan. Keksalar ko‘cha-ko‘yda ham bolaman deganini kerak joyda tergab, o‘rni bilan tarbiyalab ketavergan. Ular ijtimoiy axloq me’yorlarini, tarbiya asoslarini shu tariqa asrashgan. Bugun biz ham mediamahsulotlarning ma’naviy mohiyatini kuzatib borishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirishimiz lozim.

Ahli ilm yoki ijod vakillarining kuzatuvchilari va ularning postlariga qo‘yilgan “layk” belgilari aysh-u safo sahnalari aks etgan lavhalarnikidan yuzlab barobar kam. Bu esa jamiyat uchun xavfli bo‘lgan holat – omma didi o‘tmaslashib borayotganidan darak beruvchi jiddiy xatardir. O‘zi o‘sha omma ham aslida biz, bizning yaqinlarimiz, bolalarimiz. Agar bunday postlarni kuzatmasak va e’tibordan chetda qoldirsak, eng muhimi, farzandlarimizning media didini, media ehtiyojini to‘g‘ri tarbiyalay olsak, bu ommaviy didni oshirishning muhim bir bosqichi bo‘ladi. To‘g‘ri, bu oson emas. Negaki, ko‘rma degan narsani ko‘rish, olma degan narsani olish – odamzod tabiatiga xos. Demak, tarbiya usullarini ham, ijtimoiy tarbiya tizimini ham shundan kelib chiqib yaratishimiz va amalga oshirishimiz lozim.

Xullas, shov-shuv yaratayotgan va milliy qadriyatlarimiz o‘zagiga chang solayotgan mediamahsulotlar zamiridagi ma’naviy buzuq g‘oyalardan ogoh bo‘lish – millat kelajagi uchun qayg‘urish demakdir.

Kamoliddin TO‘RAYEV,
falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

“Jadid” gazetasining 2025-yil 25-iyuldagi 30-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img93

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img606

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img604