23.10.2026 | 14:18
609
ŞOHSUPADA AKBARŞOH
Şu kunlarda yurtdoşlarimiz katta ğalaba quvonçi va bayram kayfiyati bilan nafas olmoqda. Janubiy Koreyaning Inçxon şahrida ötkazilgan nufuzli ”First Global Çallenge” robototexnika musobaqasida Özbekiston terma jamoasi çinakam tarixiy natijaga erişdi. Vakillarimiz 3 ta oltin medalni qölga kiritib, umumiy hisobda faxrli birinçi örinni egalladi.

Mamlakatimiz tarixida bu sohada hali bunday yuksak muvaffaqiyat kuzatilmagandi. Dunyoning yuz töqsonga yaqin davlatidan eng iqtidorli yoşlar qatnaşgan uşbu bellaşuvda AQŞ, Janubiy Koreya, Xitoy va Yaponiya kabi texnologiya yetakçilarini ortda qoldirib, şohsupaning eng yuqori poğonasiga kötarilganimiz barçamizni ğururlantirdi.
Mana şu tarixiy ğalabaga öz hissasini qöşgan qahramonlarimizdan biri, Robototexnika böyiça Özbekiston terma jamoasi a’zosi, ”Kelajak bunyodkori” medali sohibi Akbarşoh QOSIMOV tahririyatimiz mehmoni böldi.
– Akbarşoh, avvalo, tarixiy ğalaba muborak bölsin! Robototexnika olami bilan ilk bor qaçon va qanday tanişgansiz? Sizni bu sohaga nima tortgan?
– Muhandislik va robototexnikaga 2022-yilda, hali maktabda öqib yurgan paytlarimda kirib kelganman. Televizordami yoki internetdami muhandislikka oid yangiliklarni, turli qiziqarli loyihalarni körganim sari havasim ortib boraverdi. Ayniqsa, koinotni tadqiq qiliş, kosmik yönalişlar meni butunlay öziga maftun qilib qöydi. Xudoga şukur, öşa paytdagi oddiygina havas va tinimsiz mehnat meni bugungi darajaga olib keldi. Hozir robototexnika böyiça Özbekiston terma jamoasi a’zosi sifatida yurtimiz şarafini himoya qilayotganimdan ğururlanaman.
– Öşa paytlarda robototexnika öquv markazlari va tögaraklarining ahvoli qanday edi?
– Töğrisi, oldin bizda robototexnika tögaraklari va öquv markazlarining aniq bir tizimi yöq edi. Har kim öz bilganiça, har xil dastur bilan dars ötardi. Eng katta muammo esa bunaqa markazlarning deyarli hammasi faqat katta şaharlar yoki tuman markazlarida edi. Qişloqlarda, çekka-çekka joylarda yaşaydigan tengdoşlarimiz uçun u yerlarga qatnab, murakkab mexanizmlarni örganiş çinakam boş oğriği bölgan, desam yanglişmayman. Oqibatda, bu sohaga qiziqqan qişloq bolalari çetda qolib, imkoniyat markazga yaqin bölganlargagina nasib qilardi.
Mana şu adolatsizlik va jiddiy muammoning oldini oliş uçun jamoamiz bilan boş qotirib, ”Uçqun” nomli loyihani yaratdik. Bu platforma ”uçqun.app” veb-saytida joylaşgan. Endi çekka qişloqda yaşaydimi yoki şahar markazidami, umuman ahamiyati yöq, hamma bir xil şaroitda saytga kirib, muhandislik sirlarini bemalol örgana oladi. Saytga özimizning şaroitga moslaştirilgan eng zarur darsliklar, videodarslar va qöllanmalarni joylaganmiz. Xullas, sohani örganmoqçi bölgan odamga nimaiki kerak bölsa, hammasini bir joyga jamlaganmiz.
– Jamoa safida qatnaşgan ilk musobaqangiz natijasi qanday bölgan?
– Albatta, bu voqea juda yaxşi esimda. Loyihamiz bilan katta sahnaga ilk bor ”NASA Space Apps Çallenge” xalqaro musobaqasiga çiqqandik. Kosmik tadqiqotlar yönalişida, sun’iy yöldoşlarga bağişlangan loyiha tayyorlagandik. Yaşirib nima qildim, unda natijamiz unçalik maqtangulik bölmagan. Sababi oddiy, hali tajribamiz kam, birinçi marta qatnaşişimiz edi. Lekin bu omadsizlikdan aslo tuşkunlikka tuşmadik. Aksinça, öşa musobaqa biz uçun haqiqiy maktab böldi, katta tajriba orttirdik. Könglimizni çöktiriş örniga, özimizga bölgan işonçimizni yanada oşirdik.
– Sönggi yillarda davlatimiz tomonidan robototexnika va STEM sohalariga qaratilayotgan e’tibor kundalik faoliyatda nimalarda körinyapti?
– Töğrisi, sohamizga bölgan munosabat va e’tibor tubdan özgardi. Buning yaqqol isbotini har bir hududda zamonaviy texnologiyalar va Innovatsion texnoparklarning oçilayotganida köriş mumkin. Bundan taşqari, Yoşlar markazlarida robototexnika va muhandislik yönalişlarining taşkil etilayotgani biz kabi yoşlarga öz iqtidorini namoyon etiş uçun keng yöl oçib beryapti. Kundalik işimizda zamonaviy şaroitlar va infratuzilma yaratilgani bu e’tiborning mahsulidir.
– Jamoaning xalqaro tanlovga tayyorgarlik körişi hamda iştirok etişi uçun berilgan amaliy kömak haqida gaplaşaylik.
– Janubiy Koreyadagi musobaqaga puxta hozirlik körişimiz, ovqatlaniş, yotoq joy, aviaçiptalar va boşqa xarajatlarni Yoşlar işlari agentligi töliq öz böyniga oldi. Buning uçun ulardan juda minnatdormiz. Tayyorgarlik jarayonida ham, safar davomida ham biror kamçilikka duç kelmadik. Bizni har bir bosqiçda oxirigaça suyab, qöllab-quvvatlab turişdi. Xalqaro musobaqada boşqa davlatlarning öz yoşlarini bunaqa darajada qöllab-quvvatlaganini körmadim oçiği. Aksinça, juda köp xorijlik tengdoşlarimiz bizdan: ”Koreyaga qanday keldinglar, yölkira, jihozlarni kim olib berdi?” deb suriştirdi. Barça xarajatlarimizni davlatimiz töliq ta’minlab berganini aytganimizda, ularning lol qolganini körsangiz edi. ”Nahotki? Biz bu yerga öz yonimizdan, ota-onamizning puliga katta xarajat qilib keldik”, deyişdi. Mana şunda yurtimizda yoşlar siyosati qay darajada yuksak ekanini yana bir bor dildan his qildik.
– Ön yildan keyin yurtimizdagi robototexnika sohasini qanday tasavvur qilasiz?
– Öşa paytga borib bu soha bizda yirik sanoat darajasiga çiqişini juda-juda xohlaymiz. Bu bizning keyingi beş yillikdagi Robototexnika assotsiatsiyasi bilan birgalikda qiladigan eng asosiy va strategik rejamiz hisoblanadi. Muhandislik yönalişi Özbekiston iqtisodiyotining boş drayverlaridan biriga aylanişini çin dildan istaymiz. Mazkur soha mamlakat yalpi içki mahsulotini hamda davlat daromadlarini sezilarli darajada oşiradigan ulkan quvvatga aylanişi kerak. Buning uçun, albatta, bor kuç va salohiyatimizni işga solamiz.
– Ğalaba şohsupasidagi Akbarşohning hayajonli daqiqalari va Prezidentimiz farmoni bilan mukofotlangan paytdagi taassurotlar bilan örtoqlaşsangiz.
– Bu tuyğuni söz bilan aytib beriş qiyin! Çet elda yurtimiz şa’nini himoya qilayotganimizda, zimmamizda katta mas’uliyat borligini har soniya his etib turdik. Xalqimiz, Yurtboşimiz, ota-onamiz va ustozlarimiz bizni ğalaba bilan qaytişimizni kutişayotgani juda katta kuç berdi. Bu işonç bizni keyingi musobaqalarda ham tark etmaydi. Xudo xohlasa, şu sur’atda davom etib, bizga bildirilgan işonçni oqlaymiz. Özbek yoşlari aslida nimalarga qodirligini butun dunyoga yana köp marta körsatib, bayroğimizni doimo eng baland çöqqilarga qadaymiz!
Ğalaba hayajoniga töxtaladigan bölsam, quvonçimizning çeki yöq! Musobaqaning eng oxirgi soniyalarida butun jamoa bir jon, bir tan bölib, bor kuçini işga soldi. Sönggi soniyalarda robotimiz eng baland poğonaga kötarilişga ulgurdi! Mana şu ball bizga juda kerakli bölgan uçinçi oltin medalni va umumiy hisobda dunyo çempionligini olib keldi!
Final öyinida birinçi va ikkinçi örin taqdirini atigi bir soniya hal qilganini alohida aytib ötişim kerak. Raqiblarimiz – Xitoy terma jamoasi öz robotini tepaga çiqarib bölişgandi va ularning ballari aniq edi. Bizning natijamiz esa hali söroq ostida turgandi. Nihoyat, musobaqa tugaşiga bir soniya qolganda robotimiz uçinçi poğonaga kötarilişga ulgurdi va bu bizga boş sovrinni olib keldi. Işonasizmi-yöqmi, öşa tarixiy daqiqalarda zalga Janubiy Koreyadagi juda köplab vatandoşlarimiz bizni qöllab-quvvatlaş uçun kelişgan ekan. Ularning olqişlari bizga çinakam qanot böldi.
Prezidentimiz Farmoni bilan taqdirlanganimiz butun jamoaga yuksak faxr bağişladi. Albatta, bunday oliy e’tirof zimmamizdagi mas’uliyatni bir neça barobar oşirganini yaxşi anglab turibmiz. Şu bois, yurtimizda muhandislik sohasini yangi bosqiçga olib çiqiş va iqtidorli tengdoşlarimizni tizimli ravişda oliy maqsadlar sari yönaltiriş yölida qattiq bel boğladik. Davlatimiz rahbari tomonidan bildirilgan uşbu yuksak işonçni amaliy natijalar, yangi-yangi zafarlar bilan oqlaş uçun bor kuç va salohiyatimizni işga solamiz.
– Ğalabalar bardavom bölsin!
– Sizga ham rahmat, salomat böling.
Abbos ŞOYIMOV suhbatlaşdi.
“Jadid” gazetasining 2026-yil 16-oktyabrdagi 42-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
61
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
586
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
583

