Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


13.11.2024 | 11:01

img249

SO‘KONGʻICHNING DUOSI

Inson shuuriga muhrlanib qoladigan hikmatlar, juda oddiy va ayni chog‘da, hayotiy, ibratli misollar umrboqiy kitoblarni bezaydi. O‘quvchiga ma’naviy ozuqa beradi, ruhini yuksaltiradi; tozalikka undaydi. Alisher Navoiy asarlarini o‘qigan odam yangidan-yangi ma’nolar xazinasiga yo‘liqib shodlanadi. Barchaga ma’lumki, shoir “Nasoyim ul-muhabbat” asarida ko‘plab ulug‘ zotlarni zikr etadi. Ularning hayot tarzi, noyob insoniy fazilatlari, dunyoqarashi xususida qisqa, ammo juda nodir ma’lumotlarni keltiradi. O‘rni kelganda o‘sha ulug‘ zotlarning hikmatlarini eslab o‘tadi.

Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”da juda ibratli hikoyat va rivoyatlarni, o‘ziga xos “xoriqul odat” zotlarning karomatlarini qalamga oladi. Bir o‘rinda Bobo Piriy degan devonatabiat kishini eslaydi. Uning jazbalari haddan tashqari kuchli bo‘lib, ko‘p hollarda u borliqni unutib, tegrasidagi voqea-hodisalarni nazariga ilmaydi. Bu zotning g‘alati bir odati bor: odamlarni juda yomon, axloqsiz so‘zlar bilan haqoratlaydi. Shu sabab xaloyiq undan o‘zini uzoq tutadi.

Alisher Navoiy ham Bobo Piriy maskaniga yaqin kelganda, yo‘nalishini boshqa ko‘chaga burib, garchand biroz uzoqroq bo‘lsa ham, o‘z manziliga aylanma yo‘l orqali ketadi. Bu holatni bir necha bor kuzatgan topqir hamrohi Navoiydan: “Hazrat, har doim Bobo Piriyning manziliga yetganda yo‘lni boshqa tomonga burib ketasiz. Boboning oldidan o‘tmaysiz, buning sababi nima?” deb so‘raydi. Shunda Navoiy: “Bobo Piriy juda adabsiz so‘zlar bilan odamlarni so‘kadi, haqoratlaydi, menga shu qilig‘i xush kelmaydi. Uning fahsh so‘zlarini eshitishni istamaganim uchun yo‘lni boshqa tomonga buraman”, deydi. Shunda hamrohi: “Aytishlariga qaraganda, Boboning karomati bor emish. Yoniga bir o‘tib ko‘raylik, agar pirligi rost bo‘lsa, sizga beadablik qilmagay”, deb Navoiyni imtihon yo‘liga boshlaydi.

Alhosil, bir kuni Navoiy Bobo Piriyning oldidan o‘ta boshlaydi. Buni qarangki, Hazrat Alisher Navoiyni ko‘rgan Bobo Piriy birorta beadab so‘z aytmaydi. Nigohlar uchrashadi va bir lahzalik sukutli suhbat sodir bo‘ladi. Bobo ko‘ngil ko‘zi bilan toza iymon daryosining mavjlarini ko‘radi. Kundalik odatiga teskari o‘laroq uning qo‘li ko‘ksida, tavoze va nim tabassum bilan Alisher Navoiy haqiga duolar qilib qoladi…

Bu voqea kishini tafakkur qilishga undaydi. Alisher Navoiydek ulug‘ shoir qalbini, ma’naviy olamini birvarakayiga hammani bo‘ralab so‘kadigan Bobo Piriy his qiladi. So‘kong‘ich tili hazrat Navoiy qoshida duoga mubaddal bo‘ladi. Ko‘ngil ko‘ngil bilan sirlashadi; ma’naviy rishtalar ich-u toshdan bog‘lanadi; nurlar tutashadi, ruhlar diydorlashadi, dillar g‘oyibona gurunglashadi.

Beadab devona bexushlik, aqlsizlik, nodonlik manzilidan duogo‘ylik maqomiga ko‘tariladi. Ba’zan tosh qotgan yurak, so‘finaqsh ziyolimonand nafs bandalari inson ko‘nglini anglamaydi. Do‘st ko‘ngli bilan hisoblashmaydi. Zotan manfaatlar to‘qnashgan, nafs jilovi qo‘ldan chiqqan, ko‘zlar o‘g‘rincha o‘ynoqlagan muhitda ko‘ngil qorayadi. Oraliqda haybatli devorlar paydo bo‘ladi. Yurakni vahshat buluti qoplaydi. Gohida odam odamni anglamaydi, anglashni istamaydi. Holbuki, ko‘z ko‘ngildan, ko‘ngildagi iymon bulog‘idan suv ichsagina odamning nazari tiriladi. Aslida, ko‘z ildizi ko‘ngilda bo‘ladi. Alisher Navoiyning oliy dargohida bunday tafakkur darslari uzluksiz davom etajak.

B.NURMUHAMMAD

“Jadid” gazetasining 2024-yil 8-noyabrdagi 46-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img86

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img599