22.06.2026 | 15:25
3207
STRATEGIK HAMKORLIK YANGI BOSQICHDA
Germaniya Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning O‘zbekistonga amaliy tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning sifati va mazmunini yanada chuqurlashtirdi. Yevropa Ittifoqi hamda Germaniyaning Markaziy Osiyo bilan munosabatlarini mustahkamlashda GFR rahbarining shaxsiy hissasi va amaliy ishtiroki e’tiborga molik.

Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalar tarixan uzun va samarali bo‘lib, bu tashrif ularning strategik sherikligini yanada mustahkamlashga yordam beradi. Tashrif davomida ikki tomonlama iqtisodiy loyihalar, investitsiyalar va texnologiya almashinuvi bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
Davlat rahbarlari ishtirokida ikki tomonlama hujjatlar almashinuvi va qator yangi qo‘shma loyihalarga start berilishi O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi strategik sheriklikning yangi bosqichi hisoblanadi. Ushbu tashabbuslar iqtisodiyotni diversifikatsiyalash, ish o‘rinlari yaratish, infratuzilmani modernizatsiya qilish va malakali kadrlar tayyorlashda qat’iy amaliyotga asoslangan natijalar berishi kutiladi.
Toshkentda o‘tkazilgan muloqotlar davomida Germaniyaning yetakchi korxonalari – avtomobil, logistika, farmatsevtika, to‘qimachilik va ta’lim sohalarida faoliyat yurituvchi kompaniyalarning O‘zbekiston bozoriga keng kirish niyatini ma’lum qildi. Shu munosabat bilan ikki tomonlama moliyaviy hamkorlik doirasida shaharlarni barqaror rivojlantirish loyihalari uchun grantlar va imtiyozli moliyalashtirish kelishuvlari imzolandi. Bu mablag‘lar mahalliy infratuzilma va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishdagi sarmoya kafolatini mustahkamlaydi.
Ayniqsa, Prezidentlar huzurida muhim qo‘shma loyihalarga start berilishi muloqotlarning samarali kechganini anglatadi. Xususan, Volkswagen uchun Toshkentda yirik tarmoqli yig‘ish korxonasi tashkil etildi. Bu loyiha mahalliy avtomobilsozlik klasterini shakllantirish, komponentlar ishlab chiqaruvchilarini rivojlantirish hamda eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Andijon viloyatida logistika markazini barpo etish mintaqaviy tovar aylanmasini optimallashtirish, tranzit va logistik operatorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan. Temir yo‘l sohasi uchun mutaxassislar tayyorlash va zamonaviy imtihon markazlarini ochilishi transport sohasidagi kadrlar talabini hal qilish va xizmat sifatiga kafolat berishni anglatadi. Bu loyihalar nafaqat iqtisodiy foyda keltiradi, balki mahalliy sanoatni modernizatsiya qilish va texnologiya transferini ham ta’minlaydi. Nemis texnologiyalari va standartlari asosida mahsulot sifati yaxshilanadi, bu esa xalqaro bozorlarda raqobatbardoshlikni oshiradi. Texnik ta’lim va imtihon markazlari kadrlarning malakali bo‘lishiga xizmat qiladi, shu bilan sanoatning texnologik darajasi ko‘tariladi.
Germaniya bilan hamkorlikdagi loyihalar atrof-muhit muhofazasi, energosamaradorlik va “yashil” texnologiyalarni ham ko‘zda tutadi.
O‘zbekistonning Yevropa qiyofasidagi muhim hamkori sifatida Germaniya bilan munosabatlarni kengaytirishi mintaqaviy integratsiyani ham kuchaytiradi. Loyihalar texnik tajriba, moliyaviy resurs va bozor imkoniyatlarini birlashtirib, ikki tomon uchun birdek foyda keltiradi. Germaniya bilan amaliyotdagi sheriklik – bu O‘zbekistonning sanoat, ta’lim, logistika va ekologik barqarorlik sohalaridagi transformatsiyasi uchun strategik imkoniyatdir. Nemis texnologiyalari, investitsiyalari va ta’limiy hamkorliklari orqali O‘zbekiston “o‘rta marradan” yuqori qo‘shilgan qiymatga ega iqtisodiyotga o‘tishni tezlashtirishi mumkin. Germaniya esa O‘zbekiston orqali Markaziy Osiyo bilan yaqinroq integratsiya, resurs va bozorlar diversifikatsiyasini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Tan olish kerak, Germaniya iqtisodiy, siyosiy, harbiy va texnologik jihatdan Yevropa va dunyoning eng nufuzli davlatlaridan biri. O‘zbekiston uchun esa Berlin bilan yaqin hamkorlik nafaqat investitsiya va texnologiya olish manbayi, balki mintaqadagi strategik sheriklikning muhim elementidir. Iqtisodiy jihatdan Germaniya – Yevropadagi eng yirik eksportyorlardan biri, dunyo iqtisodiyotida yetakchi o‘rinlardan birida. Avtomobilsozlik (VW, BMW, Mercedes), mashinasozlik, kimyo va farmatsevtika (BASF, Bayer) sohalari kuchli. O‘rta korxonalari innovatsiya va eksportning asosiy drayveri.
Germaniya uchun Toshkent asta-sekin Markaziy Osiyo siyosatidagi asosiy tayanch nuqtasiga aylanmoqda. Bu jarayonning sabablarini tushunish uchun, o‘zaro aloqalardan tashqari, Yevrosiyoda shakllanayotgan yangi geoiqtisodiy muhitga nazar tashlash lozim. Bugungi kunda davlatlar ahamiyati faqatgina joylashuvi bilan emas, balki qanday imkoniyatlar taklif qilishlari bilan belgilanmoqda. Shu nuqtayi nazardan, O‘zbekistonning Germaniya Federativ Respublikasi uchun Markaziy Osiyodagi muhim hamkorlardan biri bo‘lib qolishi tasodif emas.
GFRning tashqi iqtisodiy strategiyasida “yashil transformatsiya” tushunchasi markaziy o‘rin egallaydi. Bu jarayon ekologik siyosatdan ko‘ra, XXI asrning eng yirik iqtisodiy yangiliklaridan biri hisoblanadi.
Germaniya sanoati energiya manbalari, elektr transport vositalari, raqamli texnologiyalar va yuqori texnologik ishlab chiqarishga tobora ko‘proq tayanmoqda. Natijada strategik mineral resurslarga talab keskin oshyapti. Bu nuqtada O‘zbekistonning roli muhimdir.
Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar savdo raqamlari yoki investitsiyalar bilan chegaralanmaydi. Ularning haqiqiy salohiyati demografik omillarda, ta’lim va texnologiya sohasidagi hamkorlikda namoyon bo‘ladi. Kelajakda bu ikki davlatning iqtisodiy rivoji uchun muhim yo‘nalish bo‘lib xizmat qiladi. Demak, Germaniyaning O‘zbekistonga qiziqishi, faqat iqtisodiy manfaatlar bilan emas, balki strategik hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan dolzarb demografik omillar bilan ham bog‘liqdir.
Xalqaro munosabatlarda eng mustahkam sheriklik manfaat vaqtincha mos kelganda emas, balki taraqqiyot maqsadi bir-biriga yaqinlashganda shakllanadi. Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikning kelajagi aynan shunday umumiy maqsadlarga asoslanadi. Ikki davlatning iqtisodiy modernizatsiyasi va texnologik taraqqiyotining bir-biriga yaqinlashishi ularning strategik sherikligini mustahkamlaydi.
Iqbol MIRZO
“Jadid” gazetasining 2026-yil 19-iyundagi 25-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
103
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
139
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
331



