Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


22.08.2024 | 12:30

img548

SUVRATLAR TARIXDAN SO‘ZLAR

Jahon afkor ommasini dunyoga mashhur san’at asarlari, ularning ayni kun­dagi bahosi bilan birga muallif tomonidan chizilgan suvratga prototip sifatida kim tanlangani ham qiziqtirib keladi. Birgina misol: nomi tillarda doston “Mona Liza” asari­ning prototipi kimligi haqidagi savol nafaqat san’atshunos­larga, balki ushbu suvratning dovrug‘ini eshitgan barchaga birdek qiziqligi aniq.

 Ayni savol zamirida tarix mujassamdir. Tarix – bu saboq. Shu­ning uchun ham moziyga qaytib ish ko‘rmoq xayrli (Abdulla Qodiriy), deydilar. Tarixiy haqiqatlar, vaqtning shafqatsiz qa’rida ko‘­milib yotgan sirlarga ilm-u tadqiq ishlari ochqich bo‘lib xizmat qiladi. Shu kunlarda arxiv­larning deyarli barchasida qizg‘in ish jarayonlari ketayotir. Siyosiy qatag‘onga uchragan yurt­dosh­larimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish, ularning xotirasi­ni abadiylashtirish borasida belgilangan vazifalar ijrosi ja­dal tus oldi.

Ana shunday qizg‘in jarayonlar ichra kechayotgan tadqiqot ishlari chog‘ida tasviriy san’at tarixiga oid qiziqarli ma’lumotga duch keldik. Ma’rifatparvar jadidlar bilan yaqin aloqada bo‘lgan, prokuror, xattot va tarjimon sifatida faoliyat olib borgan Mirzo Qo‘qonboy Abdu­xoliqov (Abdu­xoliqzoda)ga taalluqli hujjatlar orasida O‘z­bekis­ton rangtasviri­ning yetak­chi vakillaridan biri Pavel Ben­kov tomonidan ishlangan kartina yurtimiz­dagi muzeylardan birida saqlanayotgani to‘g‘risidagi ma’lumot uchradi.

Darhol ishga kirishib, yurtimiz muzeylari fondidagi elektron bazalardan rangtas­vir asarini izlashni boshladik. Natijada O‘zbekiston davlat san’at muzeyi­dagi asarlar orasidan uzoq qidirilgan suvratni topishga muvaffaq bo‘ldik. Topilma O‘zbe­kis­tonda xiz­mat ko‘rsatgan san’at arbobi Pavel Petrovich Benkov qalamiga mansub, muzey oltin fondida saqlanayotgan noyob san’at asari edi. Ushbu qadimiy va qimmatli suvrat 1966-yilda muzey fondiga qabul qilib olingani haqidagi ma’lumotlar asar pasportida aks etgan. Shuningdek, asar muzeyning kirim kitoblariga to‘liq hujjatlashtirib, qayd etib olinganligi haqida ham ma’lumotlar bor ekan.

Shu o‘rinda ushbu asar va uning prototipi haqida qisqacha to‘xtalib o‘tmoq joizdir. Mashhur rassom Pavel Benkov 1929-yilda yurtimizga qilgan ikkinchi tashrifida O‘zbekis­tonda butunlay qolishga qaror qiladi va Samarqandda yashay bosh­laydi. Taqdir taqozosi bilan o‘z davri­ning taniqli ziyolisi Mirzo Qo‘qonboy Abdu­xoli­qov bilan qo‘shni bo‘lib qolishadi. O‘sha kezlarda rassom yashaydigan mahallada rus tilini puxta biladigan, ilm-u san’atdan suhbat quradigan odam­­lar sanoqli edi. Moskva va Sankt-Peterburgda yasha­gan, ta’­­lim olgan samarqandlik Mirzo Qo‘­qon­­boy bilan Pavel Benkov­ning gapi chiqishib, ular uzoq suh­­bat­lashadigan, turli soha­lar bo‘yi­cha fikrlashadigan dara­ja­­da ulfatga aylanishadi. Ana shun­day kunlarning birida rassom suh­batdoshining qiyofasini tarix­ga muhr­lash maqsadida uning obraz­li portretini qalam bilan oddiy qog‘oz­ga chizib oladi. Ke­yinchalik musav­vir bu tas­virni to‘liq portret janri­dagi rangtasvir asariga aylan­tiradi va unga “Oqsoqol portreti” deb nom beradi.

Rassom o‘z ijodiy asarida Qo‘qonboyning keksalik chog‘ini tasvirlagan. 1940-yilda chizilgan ushbu asar Benkovning real tasvirlash uslubida yaratilgan bo‘lib, unda keraksiz detallar deyarli yo‘q. Rassom 72 yoshli Mirzo Qo‘qonboy Abduxoliqovni ulug‘ yoshdagi ziyoli, qo‘lida kitob ushlagan holatda tasvirlagan. Muallif uni ana shunday obrazda ko‘rgan.

Portretdagi qahramon haqida­gi arxiv hujjatlaridan ma’lum bo‘li­­shi­­cha, Mirzo Qo‘qonboy Abdu­­xoliqov jadidlar bilan yaqin bo‘l­­gan. Toshkent jadid ma’ri­fat­­par­­varla­ri­­dan Munavvar qori Abdura­shidxonovning 1927-yilda Samar­qandga borishi muno­sa­bati bilan mahalliy ziyolilar Mirzo Qo‘qon­boyning uyida uning shara­figa ziyofat berganligi va shu ziyo­fatda Cho‘lpon ham ishtirok etgani, keyinchalik u Qo‘qon­boyning xona­donida bir necha muddat yasha­ganligi aniq­lan­gan.

Mahmudxo‘ja Behbudiy bilan “Oyina” jurnalida faoliyat olib borgan noshir Mirzo Qo‘qonboy Abduxoliqov badiiy ijod bilan ham shug‘ullangan. Uning “Jizzax qo‘zg‘oloni”, “Qamchisidan qon tomadi”, “Istadjon”, “Tog‘ qizi” asarlari o‘zining tarixiy, maishiy mavzu­larni chuqur yoritgani, o‘t­mish­dagi voqeliklarning kelib chi­­­qish sabab­lari tahlil qilingani, azaliy maishiy muammolardan chi­qish yo‘llari va yechimlari be­ril­­gani bilan ahamiyatlidir.

Yana bir qimmatli ma’lumot: adolatparvar, mohir tarjimon Mirzo Qo‘qonboy Jizzax qo‘zg‘oloni ishti­rok­chilari ustida bo‘lgan sudda ular­ning 30 nafarini o‘lim jazosidan saq­lab qolishga erishgan ekan.

Ana shunday shonli hayot va murakkab taqdir egalari hayo­tidan so‘zlovchi tarixiy rangtas­vir asarlari bilan bog‘liq fakt va hujjatlarga asoslangan ma’lumotlar o‘z soha­sida jadidlik harakatlarini olib bor­gan insonlar­ning bugungi avlod­lari, qolaversa, ­ilmiy jamoat­chilik uchun ham birdek qiziq va qadr­lidir.

Vasila FAYZIYEVA,

O‘zbekiston davlat san’at muzeyi direktori

Gulra’no ORIFJONOVA,

Kamoliddin Behzod nomidagi

Milliy rassomlik va dizayn instituti doktoranti


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img78

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img595

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img593