24.10.2024 | 15:41
901
UNUTILGAN SO‘ZLAR
Qadimgi lug‘atlarni titib o‘tirib, bir narsaga ichim kuyadi. Ko‘pgina so‘zlarimiz “o‘lib ketgan”. To‘g‘ri, bugun shu so‘zlar o‘rnida ma’no tashuvchi so‘zlar bor. Lekin o‘sha qadimiy so‘zlar ham, hozirgi so‘zlar ham butun yursa, tilimizning boyligi ortardi. Bir ma’noni bir qancha so‘zlarda ifodalay olardik. Bu til uchun muhim. Alisher Navoiy “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida turkiy tildagi shu boylik bilan faxrlangan va bu tilning kuchini shu bilan ko‘rsatgan.

Deylik, polizdagi qo‘rig‘ichni ko‘pchiligimiz qo‘rig‘ich ham demay, chuchelo deymiz. Mahmud Koshg‘ariyda ko‘z tegmasin uchun bog‘cha va polizlarga qo‘yilgan bunday qo‘riqchi abaqi deyilgan. “At-tuhfa” lug‘atida esa shalu deyilgan. Yana bu lug‘atda so‘lag‘ay – chapaqay, talvir – urg‘ochi kaklik, temӓn – juvoldiz, sag‘im – sarob, saqs – loydan yasalgan idish, chimdivuch – mo‘ychinak kabi talay g‘aroyib so‘zlar berilganki, ular saqlanishga arzigulik, yashashga haqli so‘zlardir. Hozir tilimizdagi qo‘riqchi so‘zining yonida abaqi va shalu so‘zlari turgani yaxshi emasmidi? Til ham ona. Onalar farzandlari bilan “O‘nta bo‘lsa, o‘rni, qirqta bo‘lsa qilig‘i boshqa”, deb quvonadilar.
Odam organizmidagi parazitlar ma’nosini ifoda qiladigan gijja so‘zini hammamiz bilamiz. Lekin tilimiz tarixida uning sinonimlari ham bo‘lgan. Mahmud Koshg‘ariyda sovushg‘an, “At-tuhfa”da qurvali so‘zi gijjani bildirgan. Yoki pivo – sira, gazak – sharaz so‘zi bilan ifodalangan. Tandirni o‘to‘rni, metallomni pas, taxta biti, klapani iyaz, pandemiyani o‘lat, chorvadagi o‘latni ham alohida nom bilan yut deyishgan. Bunday so‘zlarni juda ko‘p keltirish mumkin. Qarangki bugungi tilimizda metallomni ham, klapani ham ifodalaydigan yaxlit turkiy so‘zimiz yo‘q. Men bu yerda bir necha misollar bilan cheklandim, xolos. Holbuki, milliy tafakkur darajasi milliy tildagi so‘zlarning saqlanishi va himoyalanishi bilan ham belgilanadi.
Eshqobil SHUKUR
“Jadid” gazetasining 2024-yil 18-oktyabrdagi 43-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
77
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
593
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
591



