13.04.2024 | 14:48
282
TABIATNING XATOSI

Yo‘q, isitmam yo‘q, do‘xtir. Qo‘ltig‘imga muzdey o‘lchagichingni tiqib, qitig‘imni qo‘zitib o‘tirma. Davleniyangiz bormi, deysanmi? Shunaqa tuzi past savollarga opoqdadam rahmatli: “Davleniya jonivor beva kirpidayam bo‘ladi. Faqat o‘lchashni yo‘lini qilsang bas”, deb qo‘yardi. Shu zamonda qon bosimi oshmaydigan odam borakanmi? To‘xta, xapdoringni qo‘yip tur. Oldin dardimni eshit. Ertaman yaxshi niyatda qo‘y bozorga ketyotuvdim. Ha-da, bugun Ultarmada juma bozor-u. Xullas, ikki ming so‘mlik marshrutkaga qo‘chqor sakrash qilib suqilib chiqvoldim. Meni bilasan, do‘xtir, yoshlikdan dong taratib, nom chiqazib qo‘yganimdan qayga borsam, irg‘ib turib joy bo‘shatishadi. O‘rnashib, manzaratli yigitchaga iyak qoqib, mundey qarasam oldingi o‘rindiqdagi bir po‘rimnusxa tilponida tomosha ko‘rib ketyapti. Nima balo ekan, desam, adras xalat kiygan bir oyimtilla bepardaroq gaplarni mo‘ychinak ko‘rmagan qizchalarga valdirab yotipti. Oldiniga, biror serial-perialdan shingil bo‘lsa kerak deb o‘ylappan. Sarap sop qarasam haligi xotin shiltalanib, paqas er-xotin ham gaplashmaydigan ishlarni “chaynamayshiming” qib yotipti. Gʻashim kegani – anovi oyimchalaram chala sumalakdey suyulip dingquloq eshityapti. Po‘rimnusxani chap yelkasiga nuqip, “bu nima, bu kim?”, degandey iyak irg‘itdim… Do‘xtir, suvingdan ellik gram quyvor, tomoq qaqrap ketdi. Xullas, ko‘rganim serial-kinomas, fayusbukmi-dayusbukmi deganni tamoshasiyakan. Nimaymish, qiz bola o‘zini asrashi shartmas, xohlagani bilan ko‘ngliga kelgan ishni qilaverishi kerakmish. Bizdagi qizlarni avaylab-asrab, nomahram ko‘zdan pana tutish qoloqlik, johillikmish. Xullas, qo‘ypodaga o‘xshab yashayverish kerakmish… Miyamga qon tepti. Haligidan so‘radim: “Bu tomoshani hamma ko‘rib, hamma eshitadimi?”
– Xohlagan odam eshitovradi, tog‘a.
– Maktap bollarammi?
– Maktap bollaram, tog‘a.
– Qiz-juvonlarammi?
– Qiz-juvonlaram, tog‘a.
“Xe, tomoshalaringa…”, deb boshladim-u yonimdagilarni menga “yalt” etip qaraganini ko‘rip taqqa to‘xtadim.
– Qizlar davrasida shunaqa gaplar aylanadigan bo‘p kettimi? – degan savolim yonimdagi hamrohimga bo‘ldi.
– Gapiryotgan adras ko‘ynakli xotinmas, erkak, – dedi u pichirlab.
– Nima?! Erkak?! Qanaqasiga?!
– Shunaqalar bor-da, aka, zamon shunaqa bo‘pketdi.
– Meni ahmoq qilyapsanmi? Hozir bitta qo‘yaman, anjirga ayri bo‘lasan!
– Meni nima aybim bor? Ko‘rganimni aytyappan.
Do‘xtir, menam ko‘rganimni aytay, tomosha oxirida haligi oyposhshani ikki dugonasi kelinchakdey yetaklap opchiqib ketti. Menimcha, posoxonada yer depsinib turgan birorta manglayi qora ayg‘irga kalla-pochasi bilan shoshilinch topshirvorishti-yov. Menam ko‘rdim, deysanmi? Erkak edi, deysanmi? Do‘xtir, senga dehqonchilik, balodan hazar, bir o‘zingni hamkasblaringga yaxshilap ko‘rsatvol. Ja, do‘xtirlaringga ishonmasang, Dilmurod chiltonga o‘qitib, dam-pam soldirvol. Men senga aytsam, gap zamondamas. “Menga qara, ey odam, zamonni yomonlama”, degan ashulani eshitgandirsan? Ha, balli, endi o‘zingga kelyapsan. Gap boshqa yoqda. Bizzi qishloqda agar sal maydaqadamroq, yumshoqta’broq, hebbimtabiat paydo bo‘lsa, yo qochib qutuladi, yo o‘lib. O‘g‘il bola degani jujuqligidan rangdor kiyim kiyish uyoqda tursin, qizg‘ish ipniyam ishtonbog‘iga aralashtirmaydi. Chunki erkak erkak bo‘lib, ayol ayol bo‘lib qolishi kerak. Agar chalkashsa, dunyoni dunyoligi qoladimi? Bunaqa hayot – harom! Nima deysan? Hali u nojinsni qo‘llaydigan toifasi ham bormi? Urdi Xudo! Lekin, do‘xtir, o‘shalar haqiqiy kasal. Boshqalarga yuqmasligi uchun ehtiyotini qilib, kerakli vaksinasini kerakli joyiga urish kerak. Yo ommaviy hashar qivoramizmi? Bilaman, bizni mo‘min, oriyatli, nomusi butun odamlarimizga bu illat illo-billo yaqin yo‘lamaydi. Omalekin, guruch kurmaksiz bo‘maganiday, tabiatni xatolariyam uchrab turadi-da. Ana o‘shalarni qahramon ko‘rsatib, reklom qiladigan nahs bosgan go‘sxo‘rlarni yoppa og‘ziga urish kerak. Davosi shu!
Mulla XUNOB
Husan SODIQOV chizgan rasm.
“Jadid” gazetasi 2024-yil 15 -mart 12-son
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
86
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
601
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
599

