Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


18.06.2026 | 09:00

img2947

TAN OLISH VA TAN BERISH

Bir narsaga qoyil qolsak, tan berdim deymiz. Birovning kuchini e’tirof etish ham tan berish yoki tan olish so‘zlari bilan ifodalanadi. Men shu paytgacha tan berishni “tanini berish” ma’nosida bo‘lsa kerak deb tushunganman.

Chunki qadimda janglarda yengilib, taslim bo‘lganlar g‘oliblarga xizmat qilishgan, bir so‘z bilan aytganda, tanini topshirib asir tushganlar. Qadimgilarning o‘g‘lini ustaga shogirdlikka topshirayotganda “Eti sizniki, suyagi bizniki” degan gapi ham shu ma’noga yaqinroq. Men shoir Shodmonqul Salomdan tan berishning ildizini qanday tushunishi haqida so‘raganimda u ham “tanini berish” ma’nosida bo‘lsa kerak dedi. Biroq men G‘ani Abdurahmonov va Alibek Rustamovning “Qadimgi turkiy til” kitobida qadimgi tilimizda tan so‘zi “hayrat” ma’nosini anglatgan degan ma’lumotga duch keldim va tan berish birikmasining tub ildizini ilg‘aganday bo‘ldim. Tan berish – qoyil qolish, tan olish – qoyil bo‘lish mazmunida keladi va bunda lol qilish ma’nosi ham bor. “Tan” so‘zining “hayrat” ma’nosi hozirgi tilimizda ham saqlanib qolgan. Masalan, tilimizda faol qo‘llanadigan tansiq so‘zi ajoyib, kamyob ma’nosini bildiradi. Ajoyib va kamyob narsa esa hayratlanarli bo‘ladi. Tansiq so‘zining ildizi hayrat ma’nosidagi tan so‘zidir, unga -suq qo‘shimchasi qo‘shilgan. Tan berish birikmasi ham “hayratlanish, qoyil qolish” ma’nosidagi tan so‘zidan paydo bo‘lgan.

Tilimizda tong (taң) qoldi iborasi ham “hayron qoldi”, “lol qoldi” ma’nosida keladi. Tong (taң) so‘zi  “mo‘jiza, hayrat, ajoyib” ma’nolarini anglatishi haqida aytib o‘tgan edik.

Yusuf Xos Hojib “o‘zim hayratda qoldim” degan gapni ѳzүm taңladim shaklida ifodalagan.

Eshqobil SHUKUR

“Jadid” gazetasining 2026-yil 12-iyundagi 24-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img99

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img136

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img328