22.10.2025 | 16:36
5398
TANASI BOSHQA…
“Jadid” gazetasining shu yil 40-sonida Jamoliddin Badalovning “Xufiyona qotillik qissasi” maqolasini o‘qigach, tibbiy madaniyatimizni oshirish yo‘lida hali ko‘p ishlar qilinishi zarurligiga amin bo‘ldim. Muallifning fikrlariga qo‘shimcha ravishda, turmushda tez-tez uchrab turadigan yana bir og‘riqli holatga e’tibor qaratmoqchiman.

Choyxonada qadrdonlar bilan o‘tirgandik. Bir sherigimiz tishi qattiq og‘riyotganini aytib qoldi. Boshqa do‘stimiz ertagayoq stomatologga borishni tavsiya berdi. Boshqasi esa cho‘ntagidan dori chiqardi-da, “Tez yaxshi qiladi, ichib yubor”, dedi. O‘n-o‘n besh daqiqadan so‘ng tishi og‘rigan do‘stimiz: “Haqiqatda zo‘r dori ekan. Uyda xotinim bergan dori ta’sir qilmagandi. Endi doim shuni ichib yuraman”, deb qoldi. Birinchi do‘stimiz: “Bu senga uzum emas, bog‘ini so‘ramay yeb ketadigan. Bu dori, allergiya bersa nima qilasan? Balki, senga mumkin emasdir. Bir joyingga foyda bo‘lsa, boshqasiga zarar berishi mumkin. Saqlash muddati o‘tmaganmi, qanaqa sharoitda saqlangan? Qarab ichmaysanmi?” deya dakki berdi.
Yana bir safar avtobusda yo‘lovchi qiz hushini yo‘qotdi. Kimdir yelpidi, kimdir yuziga suv sepdi, kimdir o‘ziga kelgan qizga dori ichkizdi…
Dori bilib ichganga davo, ko‘r-ko‘rona yutganga zahar. Dori sotib olganda qadoq ichidagi uzundan uzoq yo‘riqnomani o‘qish kerak. Bu ko‘rgazma uchun yozilmaydi.
Ko‘pincha bemorlar tekshiruv va tahlillarning ko‘pligidan noliydi. Aslida bu tekshiruvlar kamroq dori iste’moli uchun qilinayotgandir. Qaysi shifokor kam tekshirib, ko‘p dori yozib bersa, o‘sha yaxshi tuyuladi. To‘g‘ri, u ham bilim va malakasidan kelib chiqib harakat qilayotgandir. Lekin bemor obdon tekshirilib, dorilarning qaysi turi va miqdori to‘g‘ri kelishini aniqlash o‘ta muhim.
Bir kuni dorixonaga kirdim. Bir ayolning buyragidan tuz ko‘chib, xuruj bilan kelib dori so‘radi. Shunda dorixona mudiri “Tez yordam” chaqirdi va hech qanaqa dori bermadi. Bemor burchakda qunishib olib, “Tez yordam” kutdi va og‘riq qoldiruvchi biror nima so‘rayverdi. Rad javobi olgach, yana ingray boshladi. Bu holda dorixona mudiri to‘g‘ri yo‘l tutdi. U qimmatroq og‘riq qoldiruvchi dorini pullashi ham mumkin edi. Ammo bemorning hozirgi holatidan keyingi hayoti muhim, o‘ta muhim.
E’tibor qilsak, ayrimlar doim dori ichib yuradi. Yonida biror dori bilan yuradiganlar ko‘p. Bu dorilarni shifokor faqat shu bemorga tavsiya qilgan. Men shundan tuzaldim, deb boshqalarga o‘z dorisini berish yoki tavsiya qilish tibbiy savodsizlikdan boshqa narsa emas. Dorixona sotuvchisi ham birovga o‘z bilganicha dori berishi mumkin emas. To‘g‘ri, retseptsiz sotiladigan dorilar ham bor. Ammo har ishning o‘z ustasi bo‘lganidek, sog‘liq uchun muhim bo‘lgan dori-darmonni ham faqat shifokor tavsiyasi bilan olgan ma’qul.
Yana bir gap, uy sharoitida yoki boshqa hollarda o‘zboshimchalik bilan odamlarga ukol va osma dori qo‘yish taqiqlanadi. Bu ham inson salomatligiga jiddiy xavf tug‘diradi.
Shuning uchun ham, agar shifokor bo‘lmasangiz, hech kimga ko‘r-ko‘rona dori bermang. Yaqinlaringizni vaqtincha og‘riqni qoldiraman, deb bir umrlik dardga duchor qilib qo‘yishdan saqlaning.
Muhiddin TINIBEKOV,
Fuqaro muhofazasi instituti o‘qituvchisi
“Jadid” gazetasining 2025-yil 17-oktyabrdagi 42-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
74
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
131
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
323


