Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


14.10.2025 | 15:49

img2138

TAYYORLANISHI YENGIL, ASORATI OGʻIR

Hatto suv ham me’yoridan ortiq ichilsa buyrak, yurak va o‘pkaga zarar keltiradi. Endi boshqa barcha yegulik va ichimliklarning o‘lchovini unutish nimalarga olib kelishini tasavvur qiling.

Bugun odamlar yurib emas, “uchib” yuribdi, ayniqsa, yoshlar. Shunday sharoitda tez tayyor bo‘ladigan ovqat – “fast food” (fastfud) ko‘pchilikning doimiy tanloviga aylandi. XX asr boshida amerikalik ishchilar va talabalar mehrini qozongan fastfudlar bugun milliardlab xo‘randaga ega. So‘nggi yillarda yurtimizda ham bu tarmoq keng rivojlandi. Avvallari poytaxt va yirik shaharlardagina fastfud shoxobchalariga ko‘zimiz tushardi. Endi chekka qishloqlarda ham ularni bemalol topishingiz mumkin. Talab va taklif ham shunga yarasha.

An’anaviy o‘zbek oshxonasidan butkul farq qiladigan mahsulotlar – gamburger, sendvich, xot-dog, pitsa, shaurma va boshqalardan bahramand bo‘lish yaxshi, albatta. Yangi ta’mni sinab ko‘rish ham odamga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishlaydi. Lekin me’yorni unutib qo‘ysak, tez tayyor bo‘ladigan taomlar uzoq vaqt davom etadigan kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Tadqiqotlarda fastfud tarkibidagi yog‘, tuz va shakar vaqt o‘tib, ortiqcha vazn, yurak-qon tomir kasalliklari, diabet chaqiradi.

Bizni ko‘pincha ularning reklamasi o‘ziga jalb qiladi. Yorqin bannerlar, qulay qadoq, tezkor yetkazib berish, shuningdek, kafelarning noodatiy arxitekturasi va dizayni odamlarni beixtiyor o‘ziga jalb etadi. Ayniqsa, bolalar bunday reklamaning asosiy ishtiyoqmandi hisoblanadi. Afsuski, fastfudlar o‘sayotgan yosh organizm talab qiladigan quvvatni bera olmaydi.

“Fastfuddan voz kechish kerakmi?!” Yo‘q, albatta. Masalani bunday uzil-kesil qo‘yish kerak emas. Tezpishar taomlarni kunlik emas, haftalik menyuga kiritish tavsiya qilinadi.

Ayol sifatida bir masalani eslab o‘tmoqchiman. Oilani birlashtiradigan, bir-biriga mehr-muhabbatni ziyoda qiladigan omil – kechki ovqat dasturxoni. Bu dasturxon faqat buyurtma fastfudlar, yarim tayyor mahsulotlar bilan to‘ldirilmay, onalik mehri, yor sevgisi, jigarlik g‘amxo‘rligi qo‘shilgan ovqatlar bilan bezatilsa, nur ustiga nur bo‘ladi. Odam jismi yegan taomlari hisobidan o‘sib, rivojlanadi. Begona qo‘llar tayyorlagan taomlarning doimiy iste’moli yaqinlaringizni ham begonalashtirib qo‘yadi.

Bu masalaga har bir ota-ona mas’ul!

Feruza RAHMATOVA
Facebook

“Jadid” gazetasining 2025-yil 10-oktyabrdagi 41-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img83

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img132

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img324