Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


25.07.2024 | 17:09

img360

OTAXON KLINIKANING NAVQIRON AVLODI

Dunyoda yer kurrasidan-da og‘irroq bir yuk bor. U ham bo‘lsa – bemor norasidaning chekayotgan dardi. Yon-verimizda bola ingrog‘i eshitilar ekan, na ichgan choyimizdan, na yegan nonimizdan huzur tuyamiz. Bugun kelajagimiz davomchilari bo‘lgan farzandlarimizning salomatligini saqlash maqsadida sog‘liqni saqlash tizimida ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Yurtimizda shu sohada, xususan, bolalar xirurgiyasi yo‘nalishida samarali faoliyat ko‘rsatayotgan shifo maskanlari borligini ta’kidlash joiz. Samarqand davlat tibbiyot institutining 2-klinikasi qoshidagi bolalar xirurgiyasi markazi ana shunday manzillardan biridir.

Umrini shu sohaga tikkan taniqli bolalar jarrohi, professor Azamat Shamsiyev tashab­busi va sa’y-harakatlari bilan 1985-yilda tashkil etilgan ushbu shifo maskanining dovrug‘i qo‘shni mamlakatlarga ham yoyilgan. Biz u yerga kirib borganimizda eng avvalo, o‘ziga xos ozodalik, tartib-intizom diqqatimizni tortdi. Bir qarashda davlat kasalxonasi emas, xorijdagi xususiy tibbiyot muassasasini eslatadi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tibbiyot sohasini isloh qilishga qaratgan e’tibori bugun o‘z natijasini bera boshlagani ayni haqiqat. Soha rivojiga oid islohotlar mavjud klinik kasalxonalar­ning moddiy bazasini yaxshilash, zamonaviy tibbiy texnikalar, shuningdek, zarur dori-darmonlar bilan ta’minlash yo‘lida inqilob qildi, desak mubolag‘a bo‘lmasa kerak. Ana shu o‘zgarishlar samarasi o‘laroq, 200 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu jarrohlik markazi ham 2019-yilda kapital ta’mirdan chiqarilib, xorijdan eng zamonaviy asbob-uskunalar, diagnostik apparatlar keltirildi. Klinika binosi ikki blokka ajratilib, bemorlarni ortiqcha urintirmaslik maqsadida ma’muriyat, funksional diagnostika, laboratoriya bo‘limlari bir tomonga, bir-biriga yondosh xonalarga joylashtirildi.

Shuningdek, tibbiy muassasada uch yo‘nalish – davolash, ilmiy amaliyot va o‘quv ishlarini birgalikda olib borish konsepsiyasi ishlab chiqilib, amalga tatbiq etildi. Faoliyatining dastlabki yillaridanoq yo‘lga qo‘yilgan xalqaro hamkorlik­lar rivojlantirildi. Sobiq ittifoq davri va mustaqillik yillarida MDHga a’zo mamlakatlardagi ilmiy tekshirish institutlari bilan o‘rnatilgan uzviy aloqalar yanada mustahkamlandi. Malayziya, Janubiy Koreya, Singapur, Hindis­ton, Filippin, Yaponiya kabi davlatlar bilan ham yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Bemorlarga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatgani e’tirofi o‘laroq, 2021-yilda Xalqaro ISO sertifikatini qo‘lga kiritgani klinikaning nufuzi­ni yanada yuksaltirdi.

Mustaqillikning dastlabki yillaridan to hozirga qadar markazda bolalarda ko‘p uchraydigan o‘pka, yurak, jigar, siydik-tanosil a’zolari kasalliklarini davolash bo‘yicha 150 mingdan ziyod yuqori texnologiyali murakkab operatsiyalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilgani bu yerda olib borilayotgan ishlar ko‘lamidan dalolat beradi. Bundan tashqari, 2017-yildan buyon o‘tkazilayotgan endoxirurgik operatsiyalar dinamikasi yil sa­yin o‘sayotgani, klinika shifokorlarining o‘ttizdan oshig‘i Osiyo endoskopik va laparoskopik xirurg­lar uyushmasiga a’zo bo‘lgani markazda davo­lash amaliyoti bilan bir qatorda ilmiy va o‘quv ishlari ham jadal rivojlanayotganidan dalolat beradi.

Ayni paytda bolalar xirurgiya markazida Samarqand davlat tibbiyot institutining bolalar xirur­giyasi, bolalar anistizologiyasi, revmotologiya va klinik laboratoriya kafedralari ham joylashgan. Shu bilan birga, klinika tarkibida katta o‘quv bazasi mavjud.

– O‘tgan yili Osiyo-Tinch okeani mintaqasida endoskopik xirurglarning katta obro‘ga ega Endoskopik va laporoskopik xirurglar jamiyati xalqaro federatsiyasi (ELSA)ning “Ipak yo‘li”da minimal invaziv xirurgiya” deb nomlangan birin­chi bahorgi kongressi bizning shifo maskanimizda bo‘lib o‘tdi, – deydi klinika rahbari Jamshid Shamsiyev. – Keyingi yillarda klinikamizning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanib, yuqori texnologik davolash metodlari qo‘llanilayotgani va o‘ta murakkab jarrohlik amaliyotlari o‘tkazilayotgani kongressning Samarqandda tashkil etilishiga zamin yaratdi. Eng ahamiyatlisi, kong­ress doirasida filippinlik xirurglar va o‘zimizning mutaxassislar hamkorligida ilk bor chov churrasi laporoskopik usuldagi operatsiyasi onlayn trans­lyatsiya qilindi. Ushbu jarrohlik amaliyoti shifokorlarimizga nafaqat bemorlarni zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda operat­siya qilish, balki xorijlik shifokorlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri tajriba almashish imkonini ham berdi.

Yuqorida aytganimizdek, el orasida nom qo­zongan Samarqand ko‘p tarmoqli ixtisoslashgan bolalar xirurgiyasi markazi faoliyati maqtasa arzigulik. Markazda bosh shifokor Jamshid Sham­siyev tashabbusi bilan akademik guruhlar tuzilgan bo‘lib, har qaysi guruh o‘z ixtisosi bo‘­yicha jarrohlik ishlarini amalga oshiradi. Bu yerda kuniga 35-40 ta rejali operatsiyalar va o‘nga yaqin, ba’zan undan ham ko‘proq shoshilinch operatsiyalar o‘tkaziladi. Tug‘ilganiga atigi bir soat ham bo‘lmagan chaqaloqlardan tortib, 18 yoshgacha bo‘lgan bemorlar turli kasalliklar tufayli jarrohlik stoliga yotqiziladi. Jumladan, torakal, ya’ni ko‘krak qafasidagi tug‘ma yoki orttirilgan kasalliklar, yiringli xirurgik xastalik, ichki a’zolardagi o‘smalar, yuz-jag‘lardagi tug‘ma nuqsonlar va ayniqsa, keyingi yillarda ko‘payib borayotgan har xil kislota va ishqorlarni ichib qo‘yish natijasida qizilo‘ngach va tomoq yo‘llarining torayib ketishi bilan bog‘liq kasalliklar kesish yoki toraskopik usulda bartaraf etiladi.

Klinikaga respublikaning deyarli barcha viloyatlaridan bemorlar hech qanday yo‘llanma yoki boshqa talablarsiz qabul qilinadi. Ularga o‘ndan oshiq professor, oltmishdan oshiq tajribali shifokor va 200 ga yaqin hamshira xizmat ko‘rsatadi. Bir yilda klinika 20 mingdan oshiq bemor bolalarni qabul qiladi. Ulardan 10 mingdan ziyodi yotib davolanadi, taxminan sakkiz ming nafar bola ope­ratsiya qilinadi. Hozirgi kunda operatsiyalarning 50 foizdan oshig‘i miniinvaziv endoskopik, lapo­roskopik, toraskopik usulda amalga oshirilmoqda.

– Bizda ish ertalabki klinik konferensiya bilan boshlanadi. Bu ko‘pchilik tasavvuridagi “pyati­minutka” yoki “planyorka” emas, unda ordinatorlar, vrachlar va talabalar qatnashadi, – dey­di Samarqand davlat tibbiyot instituti bolalar xirurgiyasi kafedra mudiri Shuhrat Yusupov. – Ertalab soat sakkizdan boshlab darsga kelgan talabalar operatsiya stoliga yotadigan bemorlarning holati­ni video prezentatsiya orqali izohlab, jarayonga tayyorlash hamda davolash uslublarining yangi variantlariga oid ma’lumotlar beradi. Har xil xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ertalabki klinik konferensiyada deyarli barcha kasalliklar yuzasidan eslatmalar aytib o‘tiladi.

Klinika 24 soatlik ish faoliyatiga ixtisos­lash­gan bo‘lib, uch xirurg, bir anesteziolog, bir UZI muta­xassisi va tashxis bo‘limning tungi nav­batchiligi yo‘lga qo‘yilgan. Bemorlardagi barcha kasalliklar klinikaning o‘zida tekshiriladi. “U yoqqa bor, bu yoqqa borib aniqlatib kel”, deb ovoragarchilikka yo‘l qo‘yilmaydi. Kasalxonaga yotqizilgan bemorga choyshab-yostiqlar kraxmallanib, qadoqlangan holatda beriladi. Bemorlar yotadigan xonalar boshqa kasalxonalardan farqli o‘laroq bir kunda besh mahal tozalanadi. Klinikadagi tartib-intizomning shaxsan bosh shifokorning qat’iy kuzatuvida turishi bemorlarda ham tozalikka rioya qi­lish ko‘nikmasini hosil qiladi.

Biz davolanishda bo‘lgan bemorlar bilan suh­bat­­lashib, shunga amin bo‘ldik.

Husnora ISOQULOVA, Jizzax viloyati, Jizzax shahridan kelgan bemorning onasi:

– O‘g‘limiz 26 aprel kuni ehtiyotsizlik tufayli mashinani yuvish uchun ishlatiladigan shampunni ichib qo‘ygan. Uni yigirma kun Jizzaxda – markaziy kasalxonada davolashdi. Bolani butunlay tuzaldi, deb javob berishdi. Ammo uyga borishimiz bilan dardi qaytalab, suv ham icholmay qoldi. Shundan so‘ng uni Samarqandga olib keldik. Shifoxonada bizga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsa­tishdi. Hozir, mana, o‘g‘lim bemalol ovqat yeyapti. Shifokorlardan minnatdor bo‘lib, ularni duo qilib o‘tiribmiz. Bu yerda barcha xizmatlar tekin ekan. Oshxona-yu palata­larning pokiza, sarishtaligini aytmaysizmi…

Sohiba NURIDDINOVA, Samarqand viloyati, Pax­ta­chi tumanidan kelgan bemorning onasi:

– Qizim uch yoshda. Ehtiyotsizlik qilibmiz, qozon yuvadigan “azelit” ichib qo‘yibdi. Jonholat­da Toshkentga olib bordik. Bir xirurg “20 million xarajat qilasiz”, dedi. Bizda buncha pul yo‘q edi. Keyin tanishlarning maslahatiga ko‘ra bu yerga keldik. Darrov davolashga tushishdi. Qizimning ahvoli judayam og‘ir edi. Tez o‘nglanyapti, Xudoga shukur. Hech qanday xarajatga hojat bo‘lmadi. Shunday sharoitlarni yaratib qo‘ygan davlatimizga rahmat, Prezidentimizga tashakkur. Shifokorlardan minnat­dormiz.

Temurbek TEMIROV, Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridan kelgan bemor:

– O‘pkamda exinokok bor ekan. Yarim litr­dan ko‘p­roq deyishdi pufakda yig‘ilgan suyuqlikni. Endos­kopik apparat bilan olib tashlashdi. Badanim­ning uchtagina joyida sezilar-sezilmas teshikcha bor xolos, tig‘ izi yo‘q. Ahvolim yaxshi hozir. Juda yaxshi qarashyapti. Ertalabki muolajalarim sababli nonushtaga ulgurmayman. Yegu­lik­larni olib, o‘rab qo‘yishadi. Hamma-hammasi yaxshi bu yerda.

Ha, Konstitutsiyamizda o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan bolalarga tibbiy xizmatlar bepul deb belgilab qo‘yilgan. Ammo davlat byudjetidan kasallar uchun ajratilgan yetarli miqdordagi mablag‘lar hamma kasalxonalarda ham to‘g‘ri taqsimlangan deb bo‘l­maydi. Klinikada shu jihatlarga jiddiy e’tibor qaratilishi tahsinga loyiq. Qolaversa, o‘z kasbiga vijdonan yondashib, bemor sihatini yaxshilashni bosh maqsad sanaydigan shifokorlar bu qutlug‘ an’anani klinika tashkilotchisi, fidoyi inson Azamat Shamsiyevdan o‘rganishganini aytishadi.

Shu o‘rinda Azamat Shamsiyev haqida ikki og‘iz gap: u kishi klinikani tashkil qilib, yigirma uch yil boshqardi, o‘n olti yil Samarqand davlat tibbiyot institutiga rektor bo‘ldi. Bolalar xirurgiyasi bo‘yicha 40 dan oshiq fan nomzodiga ustozlik qildi. 30 dan oshiq monografiya, 1150 o‘quv qo‘llanma, darsliklar, maqolalar yozdi. Viloyatda birinchi bo‘lib yurak operatsiyasini amalga oshirdi. Murakkab operatsiya hisoblangan ko‘k­rak qafasi tug‘ma girdobsimon deformatsiyasini kam invaziv (kamshikast) usulda plastinka qo‘yish yo‘li bilan davolashni tatbiq etdi. Farzandlari orasidan munosib voris tarbiyaladi. Bugun ota izidan borib, jarrohlik ilmini o‘rgangan o‘g‘li Jamshid Shamsiyev klinikani u kishi joriy qilgan mezonlar asosida halol va adolatli bosh­qarmoqda.

Klinika xalq dardiga darmon bo‘lib, respub­likaning eng yaxshi bolalar kasalxonasi degan maqomini saqlab kelmoqda. Viloyatning ko‘plab tumanlarida sayyor xirurgik tekshiruvlar tashkil qilinib, kasalliklarni bemor shikoyatidan oldinroq aniqlash ishlari ham yo‘lga qo‘yilgan. Ayni kunlarda Pastdarg‘om, Oqdaryo tumanlaridagi o‘quvchi bolalar to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgani o‘rnak qilib ko‘rsatsa arzigulik ko‘rsatkich.

Klinika shifokorlaridan muammolar haqida so‘ra­ganimizda, ular ota-onalar farzandi sog‘­lig‘iga mas’ul bo‘lishlari uchun targ‘ibot ishlarini kuchaytirish kerakligini aytishdi. Har qancha taj­riba orttirib, diydasi toshdek qotgan odam uchun ham murg‘ak bolaning tanasiga tig‘ tekkizish oson emas. Yana bir dolzarb masala shuki, har xil ishqoriy tozalamalar paydo bo‘lgan bugungi kun yosh onalar uchun xavf ko‘paygan. Avvalo, ular bu maishiy “og‘u”larni bolalarning qo‘li yetmas, ko‘zdan nari joylarda saqlamog‘i shart. Mabodo, farzandi bilmasdan kislota yoki ishqor ichib qo‘ysa, har bir daqiqa g‘animat ekanini bilishlari zarurligi­ni shifokorlar kuyunib gapirishdi. Sizlar gazetada ham shu haqda ko‘proq yozinglar, aholini boxabar qilinglar, deb iltimos qilishdi. Shifokorlarimiz o‘z muammolaridan bolalarning salomatligini ustun qo‘yayotganidan quvondik. Garchi tibbiyot rivoj­lanib, kasallikni aniqlash osonlashyapti, biroq shu bilan birga jamiyat sog‘lomligiga raxna soluvchi xastaliklar ham kam emas: loqaydlik, befarqlik, tamagirlik, ko‘zbo‘yamachilik… Klinika ahli ana shu “yuqumli kasallik”lardan ihotalangani sababli bu dargoh el-yurt ishonchini qozonib borayotgandir ehtimol.

Muhayyo PIRNAFASOVA


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img93

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img607

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img605