Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 13°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


24.08.2026 | 15:56

img920

TERMILIB

Jonon borodur metro‘da Pro‘-Ayfonga termilib,
Beasos xursand manam mazkur jononga termilib.

Tilponin oyinasi magnit kabi tortur mani,
Bog‘li o‘rdak qolganiday obi ravonga termilib.

Ne balo sehr aylamishdir zehnin quti jilvosida?
Kangulda paykoni shubha qoshi kamonga termilib.

Do‘stlarim, ayb etmagaysiz, talpindi deb nomahrama,
Tobakay yotqay faqir eski javonga termilib?

Vahki, durust hamsoyaye yo‘q, kirdi-chiqdi qilsamiz,
Xom kallada xomxayollar bo‘lka nonga termilib.

Munda diqqat tortgim qistar jo‘yali gaplar otib
Ki, so‘qim qilgay nido sada rayhonga termilib.

Harakatda barakat deb, bir yo‘taldim ma’nili*,
Hadik ichra qotdi omma man tomonga termilib.

El bila nechpul ishim, voh, bosh ko‘tarmas bu kishim,
Bosh ko‘tarsa, qolg‘ay erdi mardi maydonga termilib.

Go‘yo vagon qalqqan misol, bir qadam odimladim,
Axir, chalpak yog‘mas aslo, kutsang osmonga termilib.

Boqsam, tilponda bir dayus jilpillayotir behayo,
Yo piray! O‘ltirg‘on erkan bezot shaytonga termilib!

Bilmadim, qandoq qilib urdim o‘zimni tashqari,
Sattor-o, qolding yana orqa vagonga termilib.

Sattor SUROB

* nuktadon tadqiqotchi manbashunoslar dalolaticha, bu tarixiy g‘azal tojdor-kovid mavsumida yozilgan bo‘lishi mumkin.

“Jadid” gazetasining 2026-yil 14-avgustdagi 33-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img33

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img119

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img311