Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


18.05.2024 | 22:05

img442

Texnologlar maskanida “Ma’rifat ulashib”

Ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab barcha ta’lim muassasalarida yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ijodiy uchrashuvlar, davra suhbatlari bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu loyiha doirasida Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalari universitetida Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputati, O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo, Xalqaro oltin meros jamg‘armasi “Oltin medali”, “Mo‘’tabar ayol” va “Shuhrat” medallari sohibi, shoira Guljahon Mardonova hamda shoir Shavkat Do‘stmuhammad ishtirokida tadbir o‘tkazildi. Tadbirni universitet rektori Shavkat Mavlonov ochib berib, bugungi kunda kitobxonlikka, ma’naviyatga va aynan jadid bobolarimiz hayoti va ijodiga har qachongidan-da katta e’tibor qaratilayotgani haqida to‘xtalib o‘tdi. Ko‘proq badiiy adabiyotlarni mutolaa qilish ularning iqtidorini namoyon etib, salohiyatini oshirishini alohida ta’kidladi.

O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo jadid bobolarimizning ma’naviy merosi, ularning adabiyot, san’at, madaniyat va maorif sohalaridagi islohotlari haqida o‘z mulohazali fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, birinchi va ikkinchi renessans davri allomalarining jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida ham qimmatli fikrlarini ham bildirib o‘tdi. “Bobolarimiz har jabhada yetakchi bo‘lishgan. Tibbiyot sohasida Ibn Sinoni, harb ilmida Amir Temurni, falakiyotda Mirzo Ulug‘bekni, hadis ilmida Imom Buxoriy va Termiziyni butun dunyo olimlari yaxshi biladi, e’tirof etadi. Bu bizga faxr tuyg‘usi bilan birga o‘qish va izlanish ishtiyoqini ham berishi kerak”, dedi Iqbol Mirzo.

Guljahon Mardonova talabalarga inson kamolotida xalq og‘zaki ijodining, xususan, momolarimiz kuylab kelgan allalarning ahamiyati to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlarni aytib o‘tdi. Alla inson ruhiga ozuqa, kuch berishi, unda aytilayotgan tilaklar inson hayoti davomida o‘z aksini topishini hayotiy misollar bilan gapirib, faoliyati davomida xalqdan yozib olib, kitob holiga keltirgan alla matnlaridan talabalarga o‘qib berdi. Tadbir ishtirokchilari shoirani diqqat bilan tinglashdi va o‘z fikrlarini bildirishdi.

“Jadid” gazetasining Veb-nashr bo‘limi mudiri Shavkat Do‘stmuhammad jadidlarning texnika yo‘nalishida ham ilg‘or natijalar ko‘rsatib, bir qancha texnik atamalarga muqobil sof o‘zbekcha nomlar topishgani, ajdodlarimiz qadimdan har bir so‘zni o‘z o‘rnida qo‘llashgani xususida fikr bildirib, “Jadid-media.uz” sayti va ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilinayotgan maqolalar xususida to‘xtaldi.

Tadbir so‘ngida talabalar O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzoning she’rlarini mahorat bilan o‘qishdi. Ular o‘zlarini qiziqtirgan turli mavzudagi savollarga javob olishdi. “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalari universitetida bo‘lib o‘tgan tadbir ko‘tarinki kayfiyatda yakunlandi.

Quddus Asad


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img130

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img147

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img340