07.07.2024 | 17:06
452
O‘N OLTI YILLIK QARZ (hikoya)
U befarq edi. Atrofidagi tanish-notanishlarning g‘ala-g‘ovuri ham qulog‘iga kirmas edi. Hamma baqirib yig‘lardi. U esa bir tomchi ham ko‘z yosh to‘kmadi. Nima uchun, kim uchun yig‘lasin? Axir, shu odam emasmidi ularning bor-yo‘g‘ini shayton sharbatiga almashgan?

Shu inson emasmidi undan bolaligini tortib olgan, shirin damlarini kul qilgan? Shu inson emasmidi farishta onasiga yigirma yil zahar-zaqqum yuttirib, qirqqa to‘lmasidan go‘rga tiqqan?! O‘n olti ko‘klamni qarshilaguncha ne kunlarni ko‘rmadi bu sho‘rlikning boshi. Izg‘irin qishda tomdan tomchilagan tinimsiz chakkiga ham, qarzini so‘rab chiqqan qo‘shnilarning zardasiga ham, tengdoshlarining kamsitishlari-yu, qarindoshlarning ta’na-malomatlariga ham chidab keldi. O‘shanda o‘n yoshda edi. Shu yoshida u sochiga oq oralamay olamdan ko‘z yumgan volidasining o‘limiga ham chidadi… Chidayverdi! Axiyri, u hissiz bo‘lib qoldi. Bir zumda o‘n olti yillik umri ko‘z oldidan yoz yomg‘iridek yog‘ib o‘tdi. Atrofidagi odamlar hovlini boshlariga ko‘tarib, birdan faryod solishdi. Uylarida qayoqdan paydo bo‘ldi shuncha odam? Shuncha qarindoshlari bormidi ularning? Tirigida akasidan jirkangan “mehribon” singillar dod solib yig‘lardi. Nega jigarini tirigida yo‘qlab kelishmadi bu soxta qadrdonlar? Nega uni vaqtida yo‘lga solishmadi? Mittigina jiyanlarini-chi, nega sochlarini silashmadi, erkalashmadi hech?! Birdan ongiga o‘qdek kelib qadalgan fikr xayollarini chilparchin etdi. U hayotdagi so‘nggi yaqinidan, suyanolmasa-da, asli o‘zi jondan suygan tog‘idan ajralganini his etdi!
Tobut yerdan ko‘tarildi… Uning olti yildan beri yoshlanmagan qaroqlaridan yanoqlariga yosh tomchiladi. Biroq u faryod solmadi. Ko‘hna olamning azaliy, og‘ir sukunatini buzgisi kelmagandir balki. Orqa eshikdan chiqdi-yu, uning eng qadrdon kishisi tobutini yelkalab borayotgan insonlar ortidan asta ergashdi. Bolalikdagi singari entikib-entikib borardi u… Tobutni ko‘k peshtoqli eski masjid hovlisiga kiritishgach, yerga qo‘yishdi. U kuz shamolida to‘zg‘igan taqimini o‘pib turguvchi qop-qora mayin sochlari orasidan hovliga boqardi. Boshiga oppoq salla o‘ragan, ellik yoshlar chamasidagi imom-xatib og‘ir qadam bosib keldi. Janoza duosini boshlashdan oldin an’anaga ko‘ra xalqdan so‘radi: “Marhumning kimdandir qarzi bor edimi?” Xalq jim edi. Balkim tirigida uzolmagan qarzlarini jonsiz marhumdan so‘rashga or qilishgandir. Imom taomilga ko‘ra vazmin ohangda yana ikki marotaba savolni takrorladi. Shunda chinorlar orasidan vaziyatni unsiz kuzatib turgan bir juft ko‘z odamlar orasiga otilib chiqdi: “Mendan qarzi bor edi. Otamning mendan o‘n olti yil qarzi bor. O‘n olti yillik mehr qarzi bor otamning!”
Umida RAHMONOVA
Buxoro viloyati
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
83
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
598
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
596



