Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


13.04.2024 | 19:32

img457

TURKISTONDAN RUHIY MADAD OLGAN JADID

Jadidlik harakati tarixi haqida so‘z borganda beixtiyor qrimlik Ismoil Gʻasprali tilga olinadi. Ta’kidlash lozimki, Turkistonning uyg‘onish yo‘liga chiqishida Ismoil Gʻas­prali tashkil etgan “Tarjimon” (1883-yil 10-aprelda chiqa boshlagan) gazetasining o‘rni katta bo‘ldi. Uning o‘zi 1893 va 1908-yillarda ikki marta Turkistonga sayohat qildi.

Ismoil Gʻasprali va uning “Tarjimon” gazetasi Turkiston jadidlari, umuman, butun o‘lkada jadidlik harakatining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etdi. XIX asrning oxiriga kelib Gʻasprali nafaqat Rossiya imperiyasida, balki Qohiradan Bombeygacha bo‘lgan hududlarda jadidlik g‘oyalarining yoyilishiga katta ta’sir o‘tkazgan shaxsga aylangan edi. U Turkiston jadidlarining barcha ishlarida ma’naviy ustoz vazifasini bajardi. Chunonchi, “Tarjimon”da Turkistonga alohida e’tibor qaratdi. Dastlab gazetada faqat rasmiy nashrlardan olingan xabar va ularga o‘zi yozgan sharhlar bilan chegaralangan bo‘lsa, keyinchalik bu ishga bevosita turkis­tonliklarni jalb qilishga kirishdi. Gazetaning 1885-yilgi sonlarida Turkiston harbiy kampaniyasida ishtirok etgan general A.Kuropatkinning (1848-1925) o‘lkani zabt etilishi bilan bog‘liq xotiralarini chop etdi va alohida kitobcha shaklida nashrdan chiqardi. Gʻasprali Turkistonga safari oldi­dan “Tarjimon”da o‘lka hayoti, tarixi va geografiyasiga oid turkum maqolalar beradi. Ayniqsa, uning Buxoro amirligi haqidagi maqolalari ma’lumotlarga boy edi. Muallif Buxoroning buyuk o‘tmishi, madrasalari va hukmdorlari borasida qiziqarli faktlarni keltiradi. 1893-yilning fevral oyida Buxoro amiri Abdulahad­xon Sankt-Peterburg safaridan qaytishda Bog‘chasaroyga keladi. Yuqori martabali mehmonni kutib oluvchilar qatorida Ismoil Gʻasprali ham bor edi. Bu ikki shaxs 1883-yildan e’tiboran g‘oyibona tanish edilar. O‘sha paytda valiahd bo‘lgan Abdulahadxon Gʻaspraliga “Tarjimon” gazetasiga obuna bo‘lish istagi bitilgan telegramma yo‘llagan edi. Oradan o‘n yil o‘tib, ular yuzma-yuz ko‘rishdilar. Abdul­ahadxon uni rasman Buxoroga taklif qildi. Keyinchalik bu taklif Ismoilbey ancha vaqtdan beri rejalashtirib kelayotgan safariga katta turtki berganini yozadi. Atoqli ma’riftaparvar Turkis­tonga birin­chi sayohatini 1893-yil may oyi­da boshlaydi. Bu safardan ko‘zlangan maqsad, Gʻaspralining yozishicha, Turkistonning haqiqiy tarixi va o‘sha davrdagi ahvoli bilan yaqindan tanishish bo‘lgan. Safar davomida u mahalliy musulmon ziyolilari orasidan o‘ziga maslakdoshlar topish, “Tarjimon”ni o‘lkada keng targ‘ib qilish va yangi obunachilarga ega bo‘lish hamda yangi usuldagi maktab ochishni ham rejalashtiradi. Safardan so‘ng “Tarjimon” sahifalarida e’lon qilingan sayohatnomalarida Gʻasprali Turkistondagi uchrashuv­lari, suhbatlari haqida batafsil ma’lumot bermaydi va buni gazeta imkoniyatlari cheklanganligi bilan izohlaydi. Shunday bo‘lsa-da, aytish joizki, uning Turkistonga safaridan ko‘zlagan asosiy maqsadi rus va mahalliy amaldorlarni yangi usul maktabi ishiga jalb qilish bo‘lgan. Gʻasprali Buxoroda dastlab Ros­siya siyosiy agentligi ma’murlari bilan uchrashib, tashrifining maqsadini bildiradi. Mehmonning rasmiy tashrif bilan kelgani haqida darhol Buxoro amiri devonxonasiga xabar qilinadi. Shundan so‘ng u Qushbegi bilan ko‘rishadi va yuqori martabali mehmonlarga hozirlangan qarorgohga joylashtiriladi. Amir Abdulahadxon bu payt Shahrisabzda edi, shu bois Gʻasprali u bilan ko‘risha olmaydi. Sayohatining yakunida Shahri­sabzga tashrif buyuradi va u yerda amir bilan ko‘rishadi. Qushbegi yordamida Buxoroning boshqa yuqori martabali amaldorlari: Devonbegi va Qozikalon bilan uchrashadi. Bu paytda Buxoroning barcha ta’lim muassasalari Qozikalon tasarrufida edi. Gʻasprali imkoniyatdan foydalanib, Qozikalonni ta’limning yangi usuli bilan batafsil tanishtiradi va o‘zi­ning “Xojayi sibyon” (Bolalar o‘qituvchisi) darsligini taqdim qiladi. Qozikalon yangi ta’lim usuli juda samarali va foydali ekanini ma’qullaydi. Buxoroda maktab va madrasalar bilan tanishgan Gʻasprali o‘quvchi va talabalar bilan suhbatlashadi va to‘rt kun Buxoroda bo‘lgach, Samarqandga yo‘l oladi. Samarqandda ham birinchi galda, rus ma’muriyati bilan uchrashadi. Uni Samarqand harbiy gubernatori graf Rostovsev qabul qiladi. Gubernator bilan bo‘lgan yarim soatlik uchrashuv chog‘ida o‘zini qiziqtirgan barcha masalalarda suhbatlashib ulguradi. Suhbatdan ta’sirlangan gubernator “Tarjimon”ga obuna bo‘lish istagini bildiradi va unga maktablar haqida batafsil ma’lumot olish uchun shahardagi rus-tuzem maktabi o‘qituvchisi bilan uchrashishni maslahat beradi. Maktablarda yozgi ta’til bo‘lgani sababli gubernator aytgan muallimni topa olmaydi. To‘rt kun davomida Samarqandning ruslar va mahalliy aholi yashaydigan qismlari bilan tanishadi va Samarqand safaridan ko‘zlangan aso­siy maqsadlardan biri – yangi maktab ochishga muvaffaq bo‘ladi. Turkiston musulmonlari uchun ochilgan bu birinchi jadid maktabi, norasmiy tarzda ochilganiga qaramay, tez orada xalq e’tiborini qozonadi. Samarqanddan so‘ng Gʻasprali Tur_kis­tonning bosh shahri – Toshkentga tashrif buyuradi. Buxoro va Samar­qand­dan farqli o‘laroq, bu shaharga kelishi bilan rus ma’murlari huzuriga bormaydi. Uni Toshkentda mahalliy ziyolilar kutayotgan edi. Gʻaspralini Toshkentning mashhur qozilaridan Muhyiddinxo‘ja kutib oladi va uyiga taklif qiladi. O‘sha kuni Muhyiddinxo‘ja xonadoniga Toshkentning ko‘zga ko‘ringan musulmon ziyolilarini yig‘ib, mehmon sharafiga ziyofat beradi. Gʻasprali Toshkentda shunday bir ziyoli jamoani ko‘radiki, bu uning Turkiston haqidagi tasavvurlarini tubdan o‘zgartirib yuboradi va rus matbuotda turkis­tonliklarni “savodsiz va johil”, deya bong urayotgan xabar va ma’lumotlar asossizligiga amin bo‘ladi. Shu bois u Toshkentda olti kun qolib ketadi. Toshkentda Gʻasprali Turkiston ge­neral-gubernatori baron A.Vrevskiy ham­­da o‘lka ta’lim tizimiga mas’ul shaxs­lardan biri N.Ostroumov bilan uchrashadi. Bu uchrashuvlar tafsiloti bizga noma’lum. Shunday bo‘lsa-da, Gʻaspralini birinchi navbatda 1892-yili Turkiston general-gubernatoriga ta’lim sohasida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan islohotlar haqida fikrlarini bayon qilgan maktubining taqdiri qiziqtirgani shubhasiz. Bu masala N.Ostroumov bilan muhokama qilingani ehtimoli ko‘proq. U Ostroumovni 1880-yillardayoq tani­gan va o‘lka ta’lim tizimiga katta ta’sir o‘tkazadigan shaxsligini yaxshi bilar edi. Ostroumov bilan yangi usul maktablari borasida suhbatlashib, Samarqandda ochilgan maktabning rasman ro‘yxatdan o‘tkazilishiga yordam berishini iltimos qiladi. Lekin Ostroumov va’dalari ustidan chiqmagan. Gʻasprali Toshkentdan yana Samar­qandga qaytadi. Samarqandda uni Shahrisabzga olib borish uchun amir yuborgan odamlar kutib turgan edi. Ayni shu paytda Samarqandga yetib kelgan taniqli pedagog, bokulik Majid Gʻanizoda unga hamroh bo‘ladi. Majid Gʻanizoda Gʻaspralining iltimosiga binoan Samarqandda 40 kun qolib, yangi ochilgan usuli jadid maktabida dars berish bilan birga, mahalliy muallimga yangi metodika asoslarini ham o‘rgatadi. Gʻasprali Shahrisabzga Qurbon ha­yiti arafasida yetib keladi va Abdul­ahadxon bilan bayram namozidan so‘ng ko‘ri­shishga muvaffaq bo‘ladi. Ularning ko‘ri­shishi rasmiy tarzda bo‘lib, 15 daqiqagina davom etadi. O‘sha kuni tushdan keyin ular batafsil suhbatlashish imkoniga ega bo‘ladilar. Suhbat chog‘ida Gʻasprali Buxoroda yangi usul maktabi ochish masalasini o‘rtaga qo‘yadi. Chunki Abdul­ahadxon u bilan Bog‘chasaroyda ko‘rishgan vaqtida Buxoroda yangi usul maktabi ochishga va’da bergan edi. Ammo amir va’dasining ustidan chiqmaydi. Abdulahadxonning jur’atsizligi va qat’iyatsizligidan Gʻasprali ranjib, ertasigayoq Qrimga jo‘nab ketgan bo‘lsa-da, amirga munosabatini o‘zgartirmadi. Ular 1910-yilgacha, ya’ni Abdulahadxonning vafotiga qadar deyarli har yili Bog‘chasaroy va Yaltada ko‘rishib turishgan. Amir yilda bir marta dam olish va davolanish uchun Qrimdagi qarorgohiga borar edi. Gʻaspralining Turkistonga ikkinchi sayohati 1908-yilga to‘g‘ri keldi. Bu galgi safar oldingisidan butunlay farq qiladi. Masalaning mohiyatini yaxshiroq anglash uchun mavzudan biroz chetlashishimizga to‘g‘ri keladi. 1905-yil oktyabrda oq podshoh tomonidan e’lon qilingan Manifestdan so‘ng Rossiyadagi musulmon jamiyatida yangi yo‘lboshchilar, yangi g‘oyalar va oqimlar paydo bo‘ldi. Ayni shu vaqtga kelib liberal pozitsiyada turuvchi Gʻaspralining mavqei biroz e’tibordan tusha boshladi. Chunki yangi yo‘lboshchilar chor hukumati­ning oldiga aniq siyosiy talablar qo‘yish, Manifest bilan berilgan erkinliklardan ko‘proq manfaatga ega bo‘lishga da’vat qila boshladilar. Gʻas­prali bu kabi tezkor harakatlarni umuman ma’qullama­di va birdan katta siyosiy talablar bilan chiqishga u qarshi edi. Bu esa, o‘z navbatida, uning siyo­siy mavqeiga ta’sir etmay qolmadi. Abdurashid Ibrohimov boshchiligidagi federalchi musulmonlar yashay­digan hududlarga muxtoriyat maqomi berilishi tarafdorlari sifatida o‘rtaga chiqdi. Gʻasprali va Ibrohimov o‘rtasida katta siyosiy kelishmovchilik paydo bo‘ldi va ular bir-biriga qarshi hara­kat qila boshladilar. Musulmon jamoasi orasida siyosiy bo‘linish yuz berdi. Shundan so‘ng, Gʻaspralining o‘zi yozi­shicha, musulmonlar orasida bo‘layot­gan barcha narsalardan ko‘ngli “sovigan”. 1908-yil avvalida u yangidan, 1905 – 1907-yillar oralig‘ida bo‘lib o‘tgan siyosiy jarayonlardan keskin farq qiladigan siyosiy ish boshlash harakatiga tushdi. Ayni shu vaqt u o‘zining uzoq yillar davom etgan pedagog sifatidagi faoliyati tugaganini va faoliyatining ikkinchi, yanada shiddatli, kuchli siyosiy davri boshlanganini e’lon qiladi. Yangi siyosiy faoliyatga kirishar ekan, “Tarjimon”ni ham sof siyosiy dastakka aylantirish fikriga keladi. Gʻasprali bu ishlarni amalga oshirish uchun madad qidiradi va Rossiyaning musulmonlar yashaydigan hududlariga ikki oylik safar uyushtirishni rejalashtiradi. 1908-yilgi Turkiston sayohatidan ham u ko‘mak izlashni maqsad qilgan edi. Ikkinchi sayohati birinchisidan aynan shu jihati bilan farq qiladi. Buxoro amiri bilan bo‘lgan uchrashuvi juda qisqa bo‘lib, rasmiyatchilikdan nariga o‘tmagani bois Gʻasprali Abdul­ahadxonning biron narsani amalga oshirishiga umid ham qilmay qo‘ygan edi. O‘z yozuvlarida u Buxoro hukumatining ichki siyosatini qattiq tanqid ostiga oladi: “Agar ish shu tariqa davom etsa, shak-shubhasiz Buxoro yaqin orada Turkiston general-gubernatorligining bir viloyatiga aylantiriladi”. O‘zbek jadid ziyolilari Ismoil Gʻas­prali g‘oyalaridan ilhom olgani, uni ustoz sana­gani, xususan, Bog‘chasaroyda nashr etilgan “Tarjimon” gazetasini doi­miy ra­vishda o‘qib, o‘zlarining turmush tarziga nazar tashlaganlari tarixiy haqiqat. U zamonlarda Bog‘chasaroy barcha turkiy xalqlar talpinadigan, fikr va g‘oya oladigan tabarruk tafakkur maskani bo‘lgani rost.

Zaynobidin ABDIRASHIDOV, filologiya fanlari doktori,

Anqaradagi Hoji Bayram Vali universiteti professori

“Jadid” gazetasi 2024-yil 22 -mart 13-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596