Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


14.05.2026 | 14:45

img2440

UNUTILMAS DARD

“Tarixda insoniyat boshiga tushgan kulfatlarning hisobi yo‘q. Biroq yigirmanchi asrda yuz bergan Ikkinchi Jahon urushi g‘am-u kulfatlarning eng dahshatlisi bo‘ldi.

Minglab qishloq va shaharlar yer bilan yakson qilindi. Insoniyat necha o‘n millionlab qurbon berdi. Taqdir taqozosi bilan men ham ana shu urush qatnashchisi bo‘ldim. Aql bovar qilmaydigan ko‘rgiliklarga duch keldim, mudhish jinoyatlarga guvoh bo‘ldim, yovuz dunyo bilan yuzlashdim. O‘sha qop-qora kunlar qalbimga og‘riq berib, xayolimdan birma-bir o‘taveradi…”

Atoqli adib va adabiyotshunos olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi va yana ko‘plab davlat mukofotlari sohibi, akademik Matyoqub Qo‘shjonovning “Yurak dardi” nomli kitobi shunday so‘zlar bilan boshlanadi. Darhaqiqat, kitobga so‘zboshi yozgan muallifning farzandi Qudrat Qo‘shjonov ham ushbu mavzu otasi uchun juda og‘riqli bo‘lganini ta’kidlaydi.

Asardagi mana bu parcha urushning hech kim o‘ylamagan yangi qirrasini ochib beradi:

“– Umuman, g‘alaba yaradorlarga bog‘liq.

U yana gapdan to‘xtadi. Nima demoqchi ekanini tushunmaganimdan gapning davomini kutardim. U hamon qo‘limni oddiy bir buyum singari u yoq-bu yoqqa ag‘darayotgandek edi… 

– Har qirq-ellik yaradorga o‘nta o‘lim to‘g‘ri keladi. Qolganlari davolanib, jang maydoniga qaytishadi. Endi u o‘q yegan askar hisoblanadi. O‘z ishini bilib qiladigan bo‘ladi, o‘zini dushman o‘qidan ham asray oladi”.

 “Jangchi do‘stlarimizdan biri – Volodya buyum xaltalari yonida tartibsiz yotgan avtomatlardan biriga istar-istamas qo‘l cho‘zdi. Ikki-uch qadam nariroqda turgan ikkinchi bir jangchi do‘stimiz Tyurinning sabr kosasi to‘ldi, shekilli, tezlik bilan avtomatni yerdan olib kiyikchaga to‘g‘rilayotgan ham ediki, kiyikcha yashin tezligidagi harakat bilan o‘zini yon tomonga otdi-da, ko‘rinmay ketdi.

Tyurin Volodyaga qarab:

– Anqov, og‘zidagi oshini oldiradigan lavangi deb sendaqalarni aytadilar! – dedi va boloxonador qilib so‘kina ketdi. Volodya qilt etmas, karaxt holda turar, Tyurinning gap-so‘zlarini eshitmayotgan ham edi.

– Otmadim, to‘g‘ri qildim, – dedi u anchadan so‘ng”.

Mana, urushda qon kechib yurib ham o‘zligini yo‘qotmagan inson qiyofasi. U dushmanni o‘ldirishni ham xohlamagan edi, qachonki, dushman o‘zi qasd qilmaguncha. Asarda o‘quvchi qalbiga ta’sir qiluvchi bunday hayotiy misollar ko‘p.

Sharif Xolmurodov tomonidan yozilgan so‘ngso‘zda bir jumla bor – kitob muallifi Matyoqub Qo‘shjonovga tegishli: “Urushda merganlik qilganim bekorga emas. Men o‘zi tug‘ma mergan bo‘lsam kerak”. Ma’lum bo‘lishicha, u bolaligidan ko‘zi o‘tkir bo‘lgan, kuppa-kunduz kuni ko‘zni qamashtiradigan quyosh nurlari ostida osmondagi yulduzlarni tomosha qilib huzurlangan, qorong‘i tunlarda ham atrofni xuddi kunduz kabi ravon ko‘rib, yo‘lida aslo qoqilmagan. Yana bir e’tiborli jihat: “o‘zaro suhbatlarda ham, yuksak minbarlarda ham u kishining nutqi ortiqcha jarangdorlikdan xoli, oddiy, samimiy, mayin, yoqimli, eng muhimi – merganlarcha to‘g‘ri nishonga yo‘naltirilgan bo‘lardi”.

Men bu fidoyi olim bilan bir marta suhbatlashish baxtiga muyassar bo‘lganman. Buni suhbat ham deb bo‘lmaydi. Bir kuni tahririyatdagi xonamga Matyoqub domla kirib kelgan, keksaygan chog‘lari edi, ozroq o‘tirgan, kimnidir so‘ragan, so‘ng derazaga boqib turib bir gapni aytgan va xayrlashib chiqib ketgan edi. Men olimning o‘sha paytda aytgan o‘sha bir jumla gapini kitoblarida ko‘rmaganman, chamamda, fikr kelgan-u u kishi aytgan-qo‘ygan: “Derazadan uzoqqa qarasangiz – oynadagi dog‘lar ko‘rinmaydi, oynadagi dog‘larga qarasangiz – uzoqni ko‘rmaysiz. Badiiy asar mana shu oynaday gap. Adabiyotshunos oynadagi dog‘larni ham, oyna orqasidagi manzarani ham ko‘ra bilishi kerak”. Shu so‘zlar xotiramda qolgan.

“Yurak dardi” nomli ushbu roman-xotira O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi homiyligida nashr etilgan. Kitob nomiga “Buyuk G‘alabaga hissa qo‘shgan o‘zbek mergani” degan tagsarlavha ilova qilingan: to‘g‘ri va o‘rinli eslatma.

Ikrom ISKANDAR

“Jadid” gazetasining 2026-yil 8-maydagi 19-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img82

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img132

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img324