02.10.2025 | 16:05
1756
USTOZIMNI QUTLAGANI BORAMAN
Insho yozishni o‘quvchi-talabalar har xil qabul qiladi. Kimdir ensasini qotiradi, kimdir “mendan ketguncha…” qabilida topshiradi. O‘zining aqlini ko‘rsatish uchun hafsala bilan yozadiganlar ham yo‘q emas. Ana shu insho yozilgan uch-to‘rt varaq hayotimni mutlaqo o‘zgartirib yuborgan.

…Maktabni tugatib, institutga kirolmadim. Xayolimda chetga ketish fikri aylanardi. Istanbulda tanish akalar ishlayotgani uchun mo‘ljalni Turkiyaga qarab oldim. Begona yurtda qiynalib qolmay deb, turk tili darslariga qatnay boshladim.
Bir kuni Dilafro‘z opa “Bo‘sh vaqtimni qanday o‘tkazaman?” mavzusida insho yozdirdi. Gapga usta emasman, borini – onam qo‘li shirin oshpazligini, menga ham har xil ovqatlar tayyorlashni o‘rgatganini yozdim. Keyingi dars oxirida ustozim yoniga chaqirib, Toshkentdagi turk restoranlaridan biri turkchani biladigan yigitlarni ishga olayotganini aytdi. Rahbari bilan gaplashib, ijobiy xarakteristika berdi. Bordim.
Avvaliga ofitsiantlik qilib yurdim, bir-ikki marta taomlar haqida fikr bildirganimni eshitgan bosh oshpaz meni ham sinab ko‘rdi. Pishirgan ovqatimdan qoniqdi shekilli, sekin-asta o‘choq boshiga yaqinlashtira boshladi. Orada koyiganday bo‘lib xatolarimni tuzatib turdi. Xullas, ikki yilda binoyidek oshpazga aylandim. Orada restoranning Piterda ham filiali ochiladigan bo‘lib, meni ham olib ketishdi. Shu yerda o‘qidim. Besh yildan keyin Toshkentdagi restoran direktori Anqaradagi yangi ishiga meni mas’ul qilib tayinladi. Keyin u kishining duosi bilan o‘z oshxona biznesimni boshladim. Shukur, hozir ishlar yaxshi ketyapti, faoliyatimni kengaytiryapman.
O‘tgan yillarda turk tili ustozimning raqamlarini yo‘qotib qo‘ydim. Ish joyi o‘zgarib ketibdi. Yaqinda topdim manzilini.
O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida O‘zbekistonga borib, Dilafro‘z opani tabriklab kelmoqchiman. Agar u kishi til o‘rgatmaganida, inshomni shunchaki o‘qib o‘tib ketganda, hayotim qanday bo‘lardi, bilmadim.
Keldiyor MURODOV
Facebook
“Jadid” gazetasining 2025-yil 26-sentyabrdagi 39-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
79
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
132
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
324
