Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


26.09.2025 | 14:01

img11890

QACHON TO‘G‘RI YOZAMIZ?

Tanishlarimdan biri aytib qoldi: “O‘g‘lim sinf ishida “xarid” so‘zini “harid” tarzida yozgan ekan, ustozidan tanbeh eshitib, past baho olibdi. Men ham uni xato yozganlikda ayblabman. Lekin dehqon bozorida “Haridingiz uchun rahmat” degan yozuvni ko‘rganimdan keyin o‘g‘limni nohaq ranjitganimni tushundim”.

Avvallari “Bozor ko‘rgan echkidan qo‘rq” deyishardi. Bugun bozor-u do‘konlarni aylanib, tilimiz kelajagidan qo‘rquvga tusha boshladim. Xo‘p, “x” va “h” harflarini xato yozishdan imlo lug‘ati yordamida qutularmiz. Lekin matnlarda “oʻ”, “gʻ”, “q” harflarining “u”, “g”, “k” shaklida yozilishiga nima deymiz? Yana bir masala: “oʻ”, “gʻ” harflari tepasiga aynan (ʻ) belgisi qo‘yiladi, tutuq belgisi (’) emas. Bunday xatolarni sanab adog‘iga yetmaysan. Bozorlar, do‘konlar jamoat joyi sanaladi. Kattalar ham, yoshlar ham bu joylarga deyarli har kuni kiradi. Demakki, ulardagi har bir matn ong ostiga muhrlanib qoladi. Agar ularda imloviy xato ketsa, ko‘pgina iste’molchilar shu holicha qabul qiladi.

O‘ylanib qolasan kishi. Nahotki, “Davlat tili haqida”gi qonunning qabul qilinganiga 36 yil, 1993-yil 2-sentyabrdagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi qonunga 32 yil bo‘lsa-yu, tokay bunday xatoliklarga duch kelamiz?! Yanada g‘aroyibi, “avtomoyka”, “xoztovar”, “stroymaterial”, “knigi” qabilidagi so‘zlarni qaysi tilda o‘qish va tushunish kerak? Davlat tili qoidalariga rioya qilish degani faqat yangi imloda bexato yozish degani emas, axir, farosatni ham ishlatish kerak.

Davlat tilini rivojlantirish departamenti va uning hududlardagi bo‘limlari tomonidan ishchi guruhlar tuzilgan holda, “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi qonunlar ijrosi yuzasidan joylarda o‘rganishlar olib borilmoqda. Natijaga erishish uchun jamoatchilik ham “bir yoqadan bosh chiqarib” harakat qilmog‘i kerak. Barcha ishni hokimlik, korxona, tashkilot va muassasalardagi rahbarlarning davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilari yoxud shu masala bo‘yicha mas’ul xodimlarga yuklab qo‘yish yaramaydi.

E’tibor qilsak, aksariyat shior va peshlavhalarda bir xil xatoliklarni ko‘ramiz. Bundan xulosa shuki, ushbu yozuvlarni buyurtmachilarga yetkazib berayotgan bosmaxonalar faoliyatini qayta ko‘rib chiqish va bunday xatoga yo‘l qo‘ygan tashkilotlarga qat’iy choralar ko‘rish lozim. Ularda savodli xodimni ishga olish yoxud buyurtmalar bexato yozilgandan keyingina bosishga ruxsat berish zarurligini belgilab qo‘yish maqsadga muvofiqdir. Shundagina yuzaga kelayotgan muammoni bartaraf etish mumkin.

Abduvali BO‘RIYEV

“Jadid” gazetasining 2025-yil 19-sentyabrdagi 38-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img99

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img136

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img328