Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


20.11.2024 | 11:48

img415

UYATSIZLARDAN UYAT!

Nafaqaga chiqqaningdan keyin ermaging “zangori ekran” bo‘lib qolar ekan. Qolaversa, kechki ovqat payti oilaviy televizor tomosha qilishning gashti boshqacha. Bir paytlar “Bahor qaytmaydi”, “Dunyoning ishlari”, “Navoiy”, “Yulduzli tunlar” seriallarini butun oila jamuljam bo‘lib ko‘rganmiz, o‘zaro mulohaza yuritganmiz.

Lekin keyingi paytlarda odam televizor murvatini burashga ham qo‘rqib qoldi. Qo‘yasan, bolalaring, ayniqsa, kelinlaring oldida uyalib qolasan. Shu seriallarni yozgan, sahnalashtirgan “ijodkor”larning o‘zlari ham oila davrasida ko‘ra olisharmikin o‘z mahsulotlarini yo o‘zi yemagan oshni boshqaga ulasharmikin? Telekanal rahbarlari-chi? Shu betayin, maza-matrasiz joylarini bemalol tomosha qila olarmikin? O‘ylashimcha, unday lavozimlarda o‘tiradiganlarning saviyasi, didi menday oddiy o‘qituvchilikdan nafaqaga chiqqan tomoshabinnikidan ancha baland bo‘lishi kerak.

Xullas, ko‘rib bo‘lmay qoldi televizorni. Nabiralardan uyat. Lekin nima qilaylik? Kech bo‘lganda birovnikiga chiqolmasang gaplashib o‘tiraman deb. Televideniyega talabimiz bor: tartibga olsin! Nazorat o‘rnatsin! Badiiy kengashlari bor bo‘lib, uxlab-puxlab qolgan bo‘lsa, uyg‘otsin! Yo‘q bo‘lsa, tuzsin! Qancha farosatli, jonkuyar ziyolilarimiz bor, efirga chiqarishdan oldin bir ko‘rsatib olishsa, ana o‘shalar tasdiqlab bergan seriallarni chiqarishsa, biz keksalarni bola-chaqamizning oldida o‘sal bo‘lib o‘tirishdan qutqarishar edi. Tarbiyaviy, tarixiy seriallar ishlasin rejissyorlarimiz ko‘proq. Ko‘rib, e, padaringga qusur, demaylik. Madaniy hordiq olaylik.

Bahrom NURMUHAMEDOV,
Mehnat faxriysi
Toshkent shahri

“Jadid” gazetasining 2024-yil 15-noyabrdagi 47-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img87

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img600