Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


12.04.2024 | 20:15

img315

SERIALLARNI KIMLAR KO‘RADI?

Televideniyening deyarli barcha kanallarida namoyish etilayotgan seriallarni muntazam kuzatib boraman, desam yolg‘on bo‘ladi. Lekin o‘zimizda va xorijda tasvirga olingan, televizorda ko‘rsatilayotgan seriallarning mazmun-mundarijasidan xabardorman, kasbim nuqtai nazaridan vaqt topib, bir-bir ko‘zdan kechirib turaman. Yana bu masalada tahririyatimizga kelayotgan maktublar ham seriallar borasida ko‘p holatlarni namoyon qiladi. Dastlabki muhim xulosa shuki, so‘nggi yillarda yurtimiz studiyalarida suratga olinayotgan seriallarning aksariyatida milliy mentalitetimizga, urf-odatlarimiz, qadriyatlarimizga to‘g‘ri kelmaydigan, hatto ba’zan turmush tarzimizga mutlaqo yot bo‘lgan voqea-hodisalar ko‘payib bormoqda.

Qizig‘i shundaki, biz bugun tarbiyamizga zid holatlar, tuturiqsiz, yalang‘och voqealar aks etgan seriallardan farzandlarimizni, yoshlarni himoya qilmoqchi bo‘lyapmiz. Vaho­lanki, bugungi kunda ular televizor ko‘rmaydi, telefonda ham serial tomosha qilmaydi. Aksariyati telefon, kompyuterda o‘yinlarni, turli axloqsiz voqeliklarni tomosha qilish, o‘zlari ham shu jara­yonda ishtirok etishga berilib ketgan. Bizni tashvishga solayotgan asosiy masala tarbiya bilan shug‘ullanishi lozim bo‘lgan ayollarning, onalarning seriallarni kan­da qilmay ko‘rayotganidir. Albatta, hamma ayollar serialga “sho‘ng‘ib” ketgan, degan fikrdan yiroq­miz. Lekin farzand tarbiyasiga mas’ul asosiy shaxslar – aksariyat ota-onalar, ayniqsa, onalar farzandini butunlay telefonga bog‘lanib qolishdan asrash, undan foydalanganda kerakni nokerakdan, foydalini foydasizdan ajratish, qalbiga milliy qadriyatlarni singdirish o‘rniga, o‘zi seriallarga o‘ta berilib ketayotgani nihoyatda afsuslanarli hol.

Tabiiyki, serial ko‘rayotgan kishi, o‘zi istamagan holda, namo­yish etila­yotgan tomosha ta’siriga tushadi. Voqealar esa, shubhasiz, uning ruhiyatiga, qarashlari­ga, xohish-istaklariga daxl qiladi. Ayni serial ko‘rayotgan vaqtda tomoshaga berilib ketib, atrofni, oila, bola-chaqani unutadi: farzandlar nazoratsiz qoladi, ularda istagan ishni qi­lish imkoni paydo bo‘ladi. Xullas, farzand tarbiyalovchining o‘zi tarbiyasizlikka yo‘l qo‘ygan oilada, albatta, bolaning ahvoli nima bo‘lishi ma’lum. Ko‘ryapmizki, ota-ona­lar bir yonda, farzandlar bir yonda… Xo‘sh bunday vaziyatda qanday yo‘l tutish kerak? Texnika rivoj­langan, barcha millatlar emin-erkin muloqot qilish imkoniga ega bo‘lgan bir zamonda cheklovlar o‘rnatish insonning haq-huquqlariga daxl qilish, deb baholanishi turgan gap. Lekin milliy mentalitet, milliy o‘ziga xoslik, milliy ta’lim-tarbiya, degan tushunchalar bor. Agar shu nuqtai nazarda qaraydigan bo‘lsak, o‘zbek millatining qadriyatlariga, urf-odat, udumlariga, tarbiyaviy tutumlariga to‘g‘ri kelmaydigan seriallarning ssenariylarini kimlar yozayapti, ularni kimlar suratga olayapti va kimlar rol o‘ynayapti, degan haqli savollar tug‘ilishi tabiiy. Albatta, o‘zimizning mualliflar, o‘zimizning rejissyorlar va aktyorlar. Shu gaplarni yozayotib hamkasblarimning bir serial ustidagi suhbati yodimga tushdi. Emish­ki, “Milliy” telekanal orqali namoyish etilayot­gan “Yig‘lagan qizlar” nomli serialda oiladagi uchta qizdan bittasi qimorboz bo‘lib ketgan emish. Otasi qamalib ketib, 20 yildan so‘ng qamoqdan chiqib, qimorbozlarga qo‘shilib olarkan. Bir qimor o‘yinida qizi ham qatnashib, otasiga yutqazib qo‘yarkan. Ota o‘zi tanimaydigan qizini xotinlikka olishni xohlab qolarkan. Lekin onaning hunarlari ham bundan kam emas. Serialning davo­mi­ni qo‘ya turib, shu voqealarni tasavvur qilgandayoq odamning tepa sochi tikka bo‘lib ketadi. Xo‘p, shunday oila bor ham deylik. Bema’ni, betayin odamlardan iborat bu oilaning sharmandali hayot tarzini butun respublika, hatto boshqa yurtlarga doston qilishdan nima naf?! Ehtimol, faqat yaxshilikni ko‘rsatib, kamchiliklarni xaspo‘shlash noto‘g‘ri yo‘l, deydiganlar bordir. Lekin millatning ayollarini bu qadar jirkanch, pastkash ishlar orqali dunyoga sharmanda qilish qanchalar to‘g‘ri?! Balki shunday otalar, onalar, qizlar bordir. Nisbatan kamchilikni tashkil etuvchi bu kabi kimsalarni millionlar auditoriyasiga namo­yish etib, nimaga erishamiz?! Ehtimol, ba’zilar chet ellarda ishlangan bu kabi seriallarni ham ko‘rishayaptiku, deya e’tiroz bildirishlari mumkin. To‘g‘ri, lekin odamlar buni chet elning seriali, bular boshqa odamlar, deb qabul qiladi.

Kezi kelganda aytish joizki, biz fikr bildirayotgan seriallar, asosan, xususiy studiyalarda suratga olinib, xususiy kanallarda namo­yish etilyapti. Xo‘sh, ular bizning yurtimizda yashamaydimi, milliy o‘zligimiz, qadriyatlarimiz, odob-axloq me’yorlarimizning ularga daxli yo‘qmi?!

Gulchehra UMAROVA

2024-yil 9 -fevral 7-soni


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img77

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img594

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img592