Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


07.03.2025 | 10:40

img558

XAYRIYA QUTILARI QANDAY QO‘YILADI?

Xayriya qutilari faqat nodavlat-notijorat tashkilotlar yoki yuridik shaxslar tomonidan belgilangan tartibda qo‘yilishi mumkin.

Bunda xayriya qutisi shaffof idish bo‘ladi, joylashtiriladigan manzil oldindan e’lon qilinadi, uni ochishda guvohlar qatnashadi va bu jarayon videotasvirga olinib, jamoatchilikka e’lon qilinadi. Ya’ni, xayriya mablag‘i haqiqiy muhtoj odamga “pati yulinmay” yetib borishi jamoatchilik nazorati ostida, shaffof bo‘lishi kerak.

NNTlar naqd pul shaklida xayriya yig‘a oladimi?

Albatta, yig‘a oladi. Faqat xayriya qutilari orqali. Ya’ni, har bir kupyura yoki tanga, albatta, belgilangan tartibda o‘rnatilgan shaffof xayriya qutisiga tushib, ko‘pchilik ishtirokida hisoblanib, hujjatlari qilinib, hisoboti o‘z vaqtida berib boriladigan bo‘lishi kerak.

Homiylik xayriyasini olganlarga boshqa yordam va imtiyozlar berilmaydimi?

Unday emas. Qonunning 14-moddasi quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilmoqda:

“Homiylik oluvchilar tomonidan homiylik xayriyalarining olinishi ularga qonunchilikda belgilangan boshqa yordam turlaridan, to‘lovlardan yoki imtiyozlardan foydalanishini cheklash yoki to‘xtatish uchun asos bo‘lmaydi”.

Mol-mulk shaklidagi xayriyalar-chi? Ular qanday qilinadi?

Xayriyalar mol-mulk shaklida yig‘ilgan taqdirda, NNT yoki yuridik shaxs tomonidan qabul qilib olinib, mol-mulk ro‘yxati shakllantirilib, uning turi, miqdori (hajmi) ko‘rsatilgan holda dalolatnoma tuziladi.

Shahnoza SOATOVA
Facebook

“Jadid” gazetasining 2025-yil 28-fevraldagi 9-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img111

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img143

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img333