22.04.2025 | 17:10
807
XAYRLI ISHNI VATANIMIZDAN BOSHLAYLIK
Ijtimoiy tarmoqlarda “Madina shahrida xurmo ekib, savob oling” mazmunidagi pul evaziga biror bir shaxs nomidan ko‘chat ekish va’da qilinayotgan videolar aylanmoqda. Ayrim fuqarolarimiz tomonidan pul o‘tkazilgani va ularning nomidan xurmo ko‘chatlari ekilayotgani ham tasvirlangan.

Islom dinida ham “Yaxshilikni avval yaqinlaringga qil” degan gap bor. Endi savol tug‘iladi, nima uchun o‘z mablag‘imizni o‘zga yurtning obod bo‘lishi, begona odamlarning qulay sharoitda yashashiga sarflashimiz kerak?
Daraxt ekish ezgu amal, bunga hech bir e’tiroz yo‘q. Ammo shu ishni vatanimizda, ota-onamiz, yaqinlarimiz, qolaversa, kelajak avlodlarimizga nafi tegadigan joyda qilish to‘g‘ri emasmi?! Eng yomoni, bunday paytda firibgarlar ham “otini qamchilaydi”. Madinada daraxt ekish bahonasida yig‘ilgan pullar firibgarlar qo‘lida yo‘q bo‘lib ketish ehtimoli ham katta.
Mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilmoqda. Har yili yurtni obod qilish, cho‘llanishga qarshi kurashish maqsadida 200 millionlab ko‘chat ekilmoqda. Ammo fuqarolarimizning faolligi, jonkuyarligi bo‘lmas ekan, bu maqsadga erishish oson kechmaydi.
Bu Vatan hammamizniki. Shunday ekan, xayrli va savobli ishlarimizni o‘z yurtimizda qilaylik. Zero, ertaga bu yerda siz-u bizning farzandlarimiz, kelajak avlodlarimiz yashaydi.
Abdushukur HAMZAYEV
Facebook
“Jadid” gazetasining 2025-yil 18-apreldagi 16-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
144
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
149
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
345



