Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


07.04.2026 | 16:06

img1300

“SENDAN VATAN DEGAN BOG‘ QOLSIN, EY DO‘ST”

Davlatimiz rahbarining tabiatni, ekologiyani muhofaza qilishga qaratilgan sa’y-harakatlari zamirida xalqimizni iqlim inqirozidan himoyalash maqsadi yotibdi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning kuni kecha “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbirida ishtirok etib, Milliy dendrologiya bog‘ini barpo etishga start berishi ortida ham ana shu ezgu maqsad mujassam.

Yashirishning hojati yo‘q, dunyoning ko‘plab hududlarida insonlar ziroat va chorvachilikda foydalanib kelgan yerlar yaroqsiz holga kelgan, ayniqsa, oxirgi yillarda sahrolashish oqibatlari yaqqol sezilyapti. Bu hududlar orasida, afsuski, O‘zbekiston ham bor. Mamlakatimiz jahonda keskin cho‘llashayotgan bir nechta mintaqadan biri. Yer sahrolashsa, na dehqonchilik, na chorvachilik qilib bo‘ladi. Yashash qiyinlashadi, oziq-ovqat qimmatlashadi, xalq kambag‘allashadi, mintaqalarda nizolar ehtimoli kuchayishi ham mumkin.

Olimlar Yer sayyorasida sahrolashishning asosiy sabablari sifatida aholi sonining ko‘payib borayotgani, o‘rmon va daraxtzorlar kesilayotgani, unumdor yerlar yaylov sifatida haddan ziyod ko‘p foydalanilayotgani, tuproq eroziyasi va iqlim o‘zgarishini tilga oladi. Buning eng samarali yechimlaridan biri – ko‘chat ekish. Qolaversa, an’anaviy energiyadan foydalanishni kamaytirish, aksincha, qayta tiklanadigan, muqobil energiya manbalarini keng joriy etish. O‘zbekistonda har ikkisi ham samarali tarzda amalga oshirilyapti. Chunki global iqlim isishi inson salomatligi, ekosistema barqarorligi va iqtisodiy rivojlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuning uchun, davlatlar va tashkilotlar iqlim o‘zgarishini kamaytirish va uning salbiy ta’sirlariga qarshi kurashish maqsadida yangi loyihalarni amalga oshirmoqda. O‘zbekistonda ham Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi shular jumlasidandir.

“Yashil makon” loyihasi, o‘z navbatida, mamlakatda yashillik darajasini oshirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiatni asrash va odamlarning salomatligini yaxshilashga qaratilgan. Loyiha doirasida har yili 200 million tup ko‘chat ekilayotgan bo‘lsa, 2 ming gektardan ziyod maydonda 942 ta yashil bog‘ va parklar, 47 ta massivda “Yangi O‘zbekiston” bog‘lari barpo etildi. Respublikamizning tog‘, cho‘l va adir hududlarida 256 ming gektar o‘rmon tashkil qilindi. Orolning qurigan tubida 2 million gektar maydonda yashil qoplamali himoya o‘rmonzorlari yaratildi. Shamol va qum-chang bo‘ronlarining zararli ta’sirini oldini olish maqsadida 33 ta tumanda 60 kilometrli “yashil belbog‘” hosil qilindi. Bu tadbirlar nafaqat ekologik muammolarni hal qilish, balki jamiyatning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishiga ham xizmat qilmoqda.

Mazkur tadbirlarning xayrli tomoni ko‘p, albatta. Ko‘chat ekish va yashil hududlarni kengaytirish orqali atmosferadagi uglerod dioksidini kamaytirish mumkin. Daraxtlar uglerodni so‘rgan holda havo sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini yaxshi bilamiz. Havoni tozalash, uglerod dioksidi so‘rilishini ta’minlash va biologik xilma-xillikni saqlashga yordam beradi. Yashil hududlar aholi salomatligini yaxshilaydi. Daraxtlar va yashil maydonlar stressni kamaytiradi, psixik salomatlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va jamoat joylarining estetik ko‘rinishini yaxshilaydi.

Prezidentimizning tadbirdagi nutqida yodga olingan har bir hududda “Yashil” texnikumlarning tashkil etilishi dual ta’lim asosida har yili ekologiya sohasida 10 ming nafardan mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi. Ushbu texnikumlarda olingan bilimlar talabalarga ekologiya va agronomiya sohasidagi zamonaviy metodlarni o‘rganish imkonini beradi.

Botanika va dendrologiya bog‘lari ushbu texnikum o‘quvchilari uchun amaliyot bazasi bo‘lib, ilmiy tadqiqotlarni olib borish uchun ham muhim maydon hisoblanadi.

Loyiha doirasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning takliflari aholini yanada faol ishtirok etishga undamoqda. Yashil bog‘lar yaratish, jamoat parklari tashkil etish va ekologik ta’lim berish borasidagi yangi tashabbuslar mamlakatimizda yashil iqtisodiyotni rivojlantirishga, aholining salomatligini yaxshilashga va ekologik madaniyatni oshirishga xizmat qiladi. Endi “Mening bog‘im” dasturi doirasida har bir loyiha uchun ajratilgan byudjet mablag‘i 250 million so‘mdan 400 million so‘mga oshirildi. Bu, o‘z navbatida, aholining yashil bog‘lar yaratish bo‘yicha faolligini yanada oshirishga xizmat qiladi. Aholi o‘zlari tanlagan yerlarda, yashash hududlariga yaqin va suv ta’minoti mavjud joylarda 1 gektargacha yer ajratilishi, jamoatchilikning loyihalarda ishtirokini ta’minlaydi.

Qolaversa, bu yilgi mavsumdan boshlab, Qonunchilik palatasining har bir deputatiga o‘z okrugida yashil hudud va bog‘ yaratishi uchun 412 million so‘mdan mablag‘ beriladi. Bu chora-tadbirlar deputatlarning o‘z jamoalari bilan yaqindan ishlashini va ekologik inqilobni amalga oshirishda faol ishtirok etishini ta’minlaydi.

Prezidentimiz xalqimizdagi “Yaxshidan bog‘ qoladi”, “Bir ko‘chat – ming baraka”, “Farzand ko‘rsang, to‘y qilsang, daraxt ek” kabi hikmatli so‘zlarning ahamiyatini ta’kidladi. Bu qadriyatlar ekosistemani muhofaza qilish, yashillikni ko‘paytirish va jamiyatda ekologik madaniyatni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Mahalla raislari, otaxon va onaxonlar, xotin-qizlar vakillari hamda barcha faollar joylarda milliy urf-odatlar, an’ana va qadriyatlarni kengroq targ‘ib qilishga chaqirildi.

Ming afsuski, dunyoning hamma davlati ham xalqini, uning salomatligi yo‘lida ekologiyani asrashga O‘zbekiston Prezidentichalik e’tibor qaratayotgani yo‘q. Dunyo miqyosida oladigan bo‘lsak, oxirgi 20 yil ichida 4,5 milliardga yaqin odam yirik tabiiy ofatlar ko‘rinishidagi iqlim o‘zgarishi ta’siridan aziyat chekdi, 1,2 million kishi halok bo‘ldi, iqtisodiy zarar esa qariyb 3 trillion dollarni tashkil etdi. Mutaxassislarning fikricha, Markaziy Osiyo mamlakatlari ham geografik joylashuv xususiyatlaridan kelib chiqib, iqlim keltirib chiqaradigan oqibatlarga ko‘proq moyil.

Prezidentning daraxt ekish va yashil makonlarni tashkil etish bo‘yicha tashabbuslari xalqimizdagi ekologiyani muhofaza qilish, tabiat bilan uyg‘un yashash va milliy qadriyatlarni davom ettirishga xizmat qiladi. Bu esa jamiyatda ekologik madaniyatni shakllantirishga yordam beradi. Tabiatni muhofaza qilish va yashil iqtisodiyotga o‘tish – bu kelajak avlod uchun toza, sog‘lom va barqaror muhit yaratishning muhim omilidir.

Iqbol MIRZO,
O‘zbekiston xalq shoiri

“Jadid” gazetasining 2026-yil 3-apreldagi 14-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img80

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img596

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img594