Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


17.03.2025 | 15:00

img540

XOTIN

“Xotin” deganda biz hozirda “turmushga chiqqan ayol” yoki “er” so‘zining ziddini tushunamiz, “er-xotin” deymiz, ya’ni turmushga chiqmagan qizga nisbatan xotin deyilmaydi.

Ayni paytda, “xotin” – juda qadimiy so‘z va u eng qadimgi turkiy yodgorliklarda ham ko‘p uchraydi, shunday obidalardan biri – VIII asrga oid Kultegin toshbitigi, undan bir jumla keltiramiz: “Otam Eltarish xoqon (matnda: “qag‘an”)ni va onam Elbilga qatunni Tangri yuksakligida tutib (el ustidan) yuqori ko‘tardi”.

Guvohi bo‘lganimizdek, bu so‘zning qadimiy ko‘rinishi – “qatun” va u hozirgiday ommaviy emas, balki faqat hukmdor oila ayollariga nisbatan ishlatilgan, ya’ni “xoqonning xotini” yoki “malika”, “hukmdor ayol” ma’nolaridagi unvon bo‘lgan. Unvon ma’nosida bu so‘z birinchi-ikkinchi Sharqiy-Gʻarbiy Turk xoqonliklarida qo‘llangan.

Ko‘kturklardan biroz keyin – Qoraxoniylar xoqonligi davriga (IX-XIII asrlar) oid manbalarda ham bu so‘z ayni shaklda uchraydi. Xususan, o‘sha davrda yashagan bobomiz Mahmud Koshg‘ariy “Devonu lug‘otit-turk”da uni shunday izohlaydi: “qatun – Afrosiyob qizlaridan bo‘lganlarning nomi. Maqolda shunday kelgan: xan ïshï bolsa, qatun ïshï qalïr – xoqonning ishi bo‘lsa, xotin ishi qoldirilar”. Ma’lumki, Qoraxoniylar o‘zlarini Afrosiyob yoki Alp Er To‘nga avlodlari deb bilganlar, Koshg‘ariyning “qatun” so‘ziga keltirgan mazkur izohi ham shu bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Yana bir qiziq jihat, qadimda “qatun” so‘zidan “qatunlandi” shaklida fe’l ham yasalgan ekan, ammo u aslo hozirgi tilimizdagi: “qiz xotinga aylandi” ma’nosida emas, xususan, “Devon”da unga shunday izoh beriladi: “Qatunlandï: urag‘ut qatunlandi – ayol qatunlarga o‘xshadi, ular darajasiga yetdi”. Bu yerda hozirgi tilimizdagi “xotin”, “ayol” ma’nosida – “urag‘ut” so‘zi ishlatilyapti, uning “qatunlanishi” esa – quyi tabaqaga mansub urag‘utning (ayolning) hukmdor tabaqaga mansub asilzoda ayolga – qatunga tenglashishi, muayyan ijtimoiy mavqega erishganini bildiradi.

Umuman, keyingi davrlarda ham “qatun” ismi barcha turkiy hukmron sulolalarda unvon sifatida qo‘llanganini tarixdan bilamiz. Xususan, Saljuqiylar davlatida barcha malikalar “turkan qatun”, “qatun” deb atalgan. Anushtegin-Xorazmshohlar sulolasidan Muhammad Xorazmshohning onasi ham Turkan Xotun edi. Bundan tashqari, Hindiston, Misr hududlarida hukmronlik qilgan mamluklar yoki turkiy sulolalarda ham bu an’ana saqlangan.

Shuningdek, usmonlilarda ham sultonlarning xotinlariga nisbatan “xotun” deb aytilganini bilamiz, ayni paytda, usmonli turkchasida “ayol” ma’nosida bu so‘zning “kadin” shakli ham saqlangan.

Abduvohid HAYIT

“Jadid” gazetasining 2025-yil 7-martdagi 10-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596