04.03.2025 | 15:39
783
“NAJOT” GAZETASI
Muvaqqat hukumatning organi sifatida 1917-yilning mart oyidan haftasiga ikki martadan chiqa boshladi. O‘zidagi qaydga ko‘ra “…siyosiy, adabiy, Turkiston viloyatining g‘azetasi” (gazeta soni qo‘yilgandan so‘ng ruschada “47-yil nashri” degan yozuv berilgan. Bu uning “Turkiston viloyatining gazeti” davomchisi ekanini ta’kidlaganidir. Gazetaning 47 emas, 48-yil chiqishi bo‘lgan).

“Najot”ga qo‘sh muharrir – Munavvarqori Abdurashidxon o‘g‘li va V.Nalivkin tayinlandi. Shokirjon Rahimiy muharririyatning ijodiy xodimi sifatida yozib turdi (aksari hollarda Sh.R. imzosi ostida). “Shiori: “Musovot. Hurriyat. Adolat”. (“Najot” 11-soniga borib yana qaytadan 1-raqamdan boshlab chiqqan). Gazeta yangi hukumatning rasmiy organi bo‘lgani uchun unda Muvaqqat hukumatning, Turkiston komitetining, Davlat hamda Toshkent shahar dumalarining buyruq, farmoyish va qarorlari bosilib turdi. Ayni paytda, u “Sho‘roi islom”, umuman musulmonlar tashkilotlarining faoliyatini ham yoritdi. “Najot”da eski, chor hukumatining zulmi va adolatsizliklari ayovsiz tanqid qilindi. Yangi – Muvaqqat hukumat Rossiyaning barcha fuqarolarini teng ko‘rishi, adolatli siyosat yurgizishi, mamlakatning hamma a’zolariga hurriyat bag‘ishlashini keng targ‘ib etdi. Gazetada Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Bizga islohot kerak” sarlavhali maqolasi bu jihatdan xarakterlidir (1917-yil 17-aprel’ soni). Muallif eski – chor hukumati Turkistondagi mahalliy aholini qanday ezgani, xo‘rlagani to‘g‘risida yozgan. Mustabidlikkacha bo‘lgan zamonda qozi, mufti, imom, mudarris kabi lavozimlarga bilimi va salohiyatiga qarab qo‘yilardi. O‘lka Rossiyaga tobe bo‘lgach, Turkistonni boshqaruv yuzasidan “Polojeniya” (qonun)ga binoan ish yuritilib, missionerlar aralashuvi tufayli shunday qonun qabul qilindiki, “bu zakun bizg‘a savodsiz va ilmsiz qozilarni oqcha va rishva ila saylanmog‘ig‘a yordam etdi. Nodon va noahli (kompetentsiz) kishilarni qozi va mufti bo‘lushi uchun bu zakun zimnan yordam berar edi”. Madrasalarga mudarrislar tayinlashda ham xuddi shunday yo‘l tutildi. Ikki yoki uch mudarris bo‘lishi kerak bo‘lgan madrasaga bir nafar mudarris tayinlanadigan bo‘ldi. U ham noloyiq kishilardan tanlanardi. “Natijada ulamo ozaydi. Axloq buzuldi, ulamo masnadig‘a johil va xoinlar, sarf-savodsiz kishilar qozi bo‘ldi… Oh zolim hukumat va missiyunerlar bizg‘a nalar qildilar!” Rus-tuzem maktablari sohasida ham mahalliy aholining diniy va milliy qadriyatlari ildiziga bolta urish maqsadi qo‘yilgandi. Bu maktablarga musulmonchadan ta’lim berish uchun o‘qituvchiga 15 so‘mdan 25 so‘mgacha maosh belgilanardi. Odatda, bunchalik oz maoshga ishlaydigan salohiyatli o‘qituvchi topilmasdi. Shuning uchun zaif o‘qituvchilar olinaverardi. “Digar (ikkinchi) tarafdan, xufya prikazlari (yashirin buyruklari) ila bu maktablardagi musulmon bolalarini oz ta’lim bermoqg‘a va baqadri imkon umrini zoye’ va o‘zini hayvon qilmoqg‘a farmoyish qilardilar”. Xuddi shu tariqa eski hukumat usuli jadid maktablariga ham to‘sqinlik qilardi. Behbudiy hazratlari eski hukumat davrida ataylab shu holga tushirilgan mazkur sohalarni isloh etish zarurligini nazarda tutgan.
“Najot” 8 (19)-sonida “Gosudarstvennuy dumadan” degan mamlakat fuqarolariga murojaatnomani e’lon qildi. Unda shunday deyiladi: “Ulug‘ Rusiya eski mustabid zolimlardan qutulub, hurriyat munosabati ila yangi yo‘l, yangi hayotga kirib, bugun Rusiyag‘a avlodi vatan bo‘lganlarg‘a shul yangi hayot va barobarlikni berdi… Emdilikda u zolimlarning o‘rnilarig‘a adolatlik yangi Muvaqqat hukumat o‘rnashdi. Yangi hukumat har holda Vatan bolalarining qilg‘on xizmatlarini(ng) taqdir qilur…” (Shunday iliq so‘zlardan so‘ng Davlat dumasi fuqarolardan Muvaqqat hukumat chiqargan davlat istiqrozi /zayomi/ni sotib olishni so‘raydi.)
Gazetaning mazkur sonida umum Turkiston musulmonlarining 1917-yil 16-21-aprel kunlari Toshkentda bo‘lib o‘ggan syezdining birinchi kungi majlislaridan hisobot berilgan (muallifi Sh.R.). Syezdga faxriy mehmon sifatida Muvaqqat hukumatning Turkiston komityetidan 5 kishi kelgandi. Komitet raisi N. Shchepkin syezdni tabriklarkan, shunday gaplarni aytgan: “Hozirgi Muvaqqat hukumat Turkistonni idora qilub turmak uchun rus va musulmonlardan iborat biz – sakkiz kishini tayin qildi. Musulmonlar to‘rt kishi bo‘lub Tinchboyev, Maqsudov, Davletshin va Bukayxonif afandilardir. Bu sakkiz kishidan iborat Komitetning raisi mandirman… Bizlarga hammadan ilgari Uchreditelnoy sobraniyaga odam hozirlamak va hukumat idorasini xalq tilagan ravishcha yuritmak vazifasi topshurilg‘on. Sizning syezdingiz prog‘rommasini ko‘zdan kechirdim. Hukumatning prog‘rommasiga muvofiq Siz bu yerda maslahatlashub prog‘romma yuzasidan bir qarorga kelarsiz. Biz ham sizni bo‘lak nimarsaga majbur qilmasdan, sizning bergan qaroringizga muvofiq mamlakatni idora qilub tururmiz. Hammadan ahamiyat beradirg‘on yeringiz uchreditelniy sobraniya bo‘lsun”. N.Shchepkinning bu “mehribonona” gaplarining zamirida turkistonliklarning hurriyat berilganidan foydalanib mustaqillikka intilishlarining oldini olish maqsadi yotgandi.
Turkiston o‘lka ijroiya qo‘mitasining raisi Kreps bundan ham ortiqroq shirinzabonlik qilgan. Uning gaplarini eshitgan musulmonlar o‘zida yo‘q sevinishlari tabiiy edi: “Musulmonlar! Siz butun yer yuzidagi musulmonlarning huri bo‘ldingiz! Aytadirlarki, jam’i rus xalqining tili va dili bir bo‘ldi. Bu so‘z nihoyatda to‘g‘ri so‘z. Eski hukumat ellik yildan beri Rusiya musulmonlariga shunday azob bergan ediki, ko‘z ochirgani qo‘yg‘on yo‘q edi. Eski hukumat tarafidan faqat siz musulmonlar emas, biz ham zulmlar ko‘rgan eduk. Eski hukumat siz ila so‘ylashkanda sabiy bola ila so‘ylashkandek so‘ylashar edi. Sizni hamisha bir yosh boladek ko‘rub o‘ksutar edi. Hozirgi hukumat o‘zining aziz farzandlaridek ko‘rub, sag‘ir bola emas, kabir kishi ila, qul emas, ozod kishi ila so‘ylashkandek so‘ylashur ham shunday muomala qilur”.
Gazeta syezd kun tartibini e’lon qilgan. Unda mahalliy xalq uchun o‘sha davrda nihoyatda muhim bo‘lgan 12 masala bor edi: “Yangi hukumatga nazar; Rusiyaning kelajakda usuli idorasi qanday bo‘lur; Tashkilot majlislari “uchreditel’niy sobraniya”g‘a xalqni hozirlamaq; Turkistonning kelajakdagi usuli idorasi; Ahliy idoralar: qonun yasaydirg‘on, ijro qiladirg‘on va hukm qiladirg‘on mahkamalar; Shar’iy idoralar. Madrasa va avqof (vaqflar) masalalari; Moliya mas’alasi; Maorif, milliy va madaniy mas’alalar. Chunonchi ibtidoiy, o‘rta va oliy maktablar, hunar maktablari, maktabgacha ham maktabdan tashqari tarbiyalar va har xil ilmiy, milliy va madaniy muassasalar; Ahliy va ruhoniy idoralarg‘a saylov tartiblari; Eski idora muassasalari va ma’murlarini o‘zgartuv haqinda muvaqqat choralar; Butun Turkiston musulmonlari ustidan qaraydirgon bir idorai islomiya va mulkiya mahkamasi ochmak; Turkistonda yer, suv va muhojirat mas’alalari; Oziq mas’alalari; Urush va urush sabab Turkistondan ketkan mardikorlar masa’lasi; Hozirgi ahvolni aholiga tushundirmak choralari; Butun Turkiston uchun bir Sho‘roi islom markazi yasamaq; Sho‘roi islomning hozirda davom etib turgon boshqa komitetlarg‘a munosabati; Umumiy musulmon syezdig‘a vakillar yuborub ishtirok qilmak; A’zolarning majlis tarafidan zaruriy ko‘rilgan boshqa xil doqladlari”.
Syezdda mazkur masalalar yuzasidan qizg‘in muhokamalar bo‘lgan. Anjuman ishtirokchilari Buxoro amirining mamlakatda islohot o‘tkazmoq yuzasidan 7-aprelda manifest e’lon qilishi munosabati bilan u yerda bo‘lib o‘tgan xunrezlik voqealariga munosabat bildirib, “Turkiston musulmonlarining viloyat syezdi Buxoro musulmonlari kabi Rusiya davlatidagi hurriyat, musovot va adolatdan foyda qilmoqlarini talab qiladir. Ham Buxoro taraqqiyparvarlarini siqadirg‘onlarga protest e’lon qiladir” degan telegramma matnini Buxoro hukumatiga yo‘llashni syezd hay’atiga topshirgan.
“Najot” gazetasida Sho‘roi islomning majlislarida qabul qilingan qarorlar ham ancha mufassal yoritib borilgan. Gazetada asosan siyosiy jo‘shqinlik aks etgan voqealar o‘z ifodasini topgan. Jumladan, “Talabalar jamiyati” tuzilgani, 18-aprelda Toshkent aholisining namoyish uyushtirgani, unda mashhur taraqqiyparvar firqalar: “Turon” to‘dasi, “Ittifoqi muslimiyn” jamiyati, “Talabalar jamiyati” va maktablar jamoalarining qizil bayroq ko‘tarishib “Ozodlik uyi” (“Dom svobodы) oldida yig‘ilib nutqlar so‘zlangani to‘g‘risida material bosilgan. O‘lkaning turli viloyatlarida ham tashkilotlar, jamiyatlar tuzilayotgani haqidagi xabarlar chop etib turilgan.
Gazetaning “Doxiliy xabarlar”, “Toshkand xabarlari”, “Idoraga maktublar” ruknlarida ham o‘lkada kechgan jo‘shqin ijtimoiy-siyosiy hayot o‘z aksini topgan.
Ayrim materiallarda o‘lkada, umuman mamlakatda hukm surayotgan siyosiy-ijtimoiy voqelikni tahlil etish, ularga munosabat bildirish xususiyati ustuvorlik qiladi. Jumladan, Mirmuhsin Shermuhamedovning “Hurriyatdan nechuk foydalanamiz?” sarlavhali maqolasi shunday xususiyatga ega (“Najot”, 1917-yil, 17, 21-aprel). Muallif monarxiya ag‘darilganini favqulodda bir hodisa sifatida tasvirlaydi: “…uch yuz yildan beri Romanuf sulolasiga mansub zolim qora kuchlarni butun mazlumlar yoqasig‘a uzatilgon qonli va zaharli panjalarining maalumlar yoqasindan olub tashlab, olarni ozod etarg‘a kuchimiz yetmas, degon bir fikr hurriyat qahramonlarining ko‘ngliga o‘rnashqon edi. Bu fikr tabiiy edi. Lekin ish tamomila boshqa bo‘lub chiqdi. Ul zolim, qora kuchlarni sof, ilohiy bir pok kuch yiqitdi, ya’ni jahannam ostiga yubordi”. Zolim monarxiya tuzumi o‘rniga “xalq jumhuriyati” bo‘lsin degan bir to‘xtamga kelinmoqda. Shunday ekan, musulmonlar ham berilgan hurriyatdan foydalanishlari kerak. “Hurriyatdan nechuk foydalanamiz?” degan suolimni yo‘llarin ko‘rsatub o‘taman..”
Eng avvalo, Turkiston musulmonlari boshqalar bilan teng huquqli bo‘lgan holda hurriyatdan foydalanishlari kerak. Hurriyatdan foydalanish uchun hamma “hurriyat ruhi ila sug‘orilub” hurriyatning nima ekanini anglamoqlari lozim. Hurriyat, hurriyat deb sevinib yurish vaqti o‘tdi. “Keldi ish vaqti. Keldi ish zamoni… Hurriyatni qo‘ldan bermas uchun biz – umumturkistonning ulamosini, ziyolisini, boyiii, faqirini, mirzosini, ishchisini bir fikrg‘a, bir maslakka yig‘ayluk. Bularg‘a siyosiy tarbiya ila hurriyat ruhin taratayluk… “Idorai jumhuriya” degan idoraning usuli ila siyosiy maslakin onglamag‘on qora xalqlarimizg‘a onglatayluk!.. Hozirgi ahvol ila xalqni tanishdirub, mas’alani olarg‘a tushundirayluk… Hurriyatdan foydalanub, bir maqsadg‘a yetushmak uchun m-utlaq hammani fikrda, dilda, maslaqda, tovishda bir bo‘luvi kerak… Maqsadimizga xizmat etadirg‘on kishilarni birlashdirayluk: ko‘bayturayluk!.. Hozirgi oling‘on hurriyatda quvvat aytub biturmaslik darajada juda ko‘b. Ammo fikr, bir negiz hammaga taralub yetmagan”. Qorong‘i qishloqlarimizgacha mana shu fikrni, negizni yetkazaylik. “Yo‘q esa, yo‘q narsalar ila boshimizni og‘ritub, umrimizni o‘gkazsak, ajabo!”
Mirmuhsinning maqolasi Turkistonning mahalliy aholisi oldida turgan masalalar keskin tarzda qo‘yilganligi bilan xaraktyerlidir.
“Najot” gazetasi 20 son atrofida chiqqandan so‘ng Muvaqqat hukumat unga mablag‘ topishda qiynalgani uchun to‘xtagan.
Boybo‘ta Do‘stqorayevning “O‘zbekiston jurnalistikasi tarixi” kitobidan
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
83
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
598
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
596



