Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 13°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


09.09.2026 | 15:54

img3036

YANGI KITOBLAR

NAQSHSIMON

O‘zbekiston xalq shoiri Shukrullo ijodi o‘zbek zamonaviy adabiyotida alohida o‘rin tutadi. Shoir bir she’rida shunday yozgan:

Ko‘zguga o‘yilgan go‘zal naqshsimon
Ilk sevgi qalbingdan aslo ko‘chmaydi.
Bezak, ko‘rki bo‘lib yashaydi har on,
Ko‘zgu sinmaguncha u ham o‘chmaydi.

Qalbdan aslo ko‘chmaslik va o‘chmaslik tavsifini xotiralarga naqshsimon muhrlanguvchi she’rlarga-da, tatbiq etmoq mumkin.

Shu ma’noda, Shukrulloning yaqinda nashrdan chiqqan “Tanlangan asarlar”i adabiyot ixlosmandlari uchun qiziqarli bo‘lishi, shubhasiz. Kitobga adibning turli yillarda yozilgan she’r va tarjimalari bilan bir qatorda, “Javohirlar sandig‘i” nomli adabiy o‘ylarga monand essesi hamda “Kafansiz ko‘milganlar” nomli avtobiografik ezgin qissasi ham kiritilgan.

SIRLI SADOLAR

Zamonaviy adabiyotimizning ilk fantast yozuvchilaridan biri Hojiakbar Shayxov asarlari – “Rene jumbog‘i”, “Yettinchi operatsiya”, “Gʻaroyib ko‘lanka”, “Olmos jilosi” yo “Yonar daryo”, “Sehrli qiz”, “Tutash olamlar”, “Jodugarning eri” yoki “Ikki jahon ovorasi” singari kitoblari bo‘ladimi, barchasida sirli olamlardan sado yangrab turganday.

“Hojiakbar asarlarida hozirgi fantastik adabiyotning hamma zarur belgilari mavjud, – deb yozgan edi atoqli munaqqid Ozod Sharafiddinov, – ya’ni, ulardagi voqealar Yerdagina emas, butun Koinotda, qo‘shni Galaktikalarda sodir bo‘ladi… Biroq voqealar silsilasi qanchalik g‘ayritabiiy kechmasin, qahramonlar qanchalik g‘aroyib bo‘lmasin, ular, oxir-oqibatda, qay bir tomonlari bilan Yerdagi odamlarning bugungi hayotiga, bugungi tashvishlariga bog‘lanib ketadi. Adib bir-biridan qiziq, maroqli sarguzashtlar to‘qib, kitobxon xayolini band qilishni emas, balki insonning mangu muammolarini o‘rtaga tashlab, inson vijdoniga murojaat qilib, uni g‘aflat uyqusidan uyg‘otish va barkamolroq qilishni o‘ylaydi”. Bu fikrlarning isbotini adibning yaqinda chop etilgan “Tanlangan asarlar”iga kiritilgan mashhur romanlari, fantastik hikoya va qissalari misolida yaqqol ko‘rish mumkin.

Bu ikki salmoqli kitob O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi homiyligida nashr etilgan.

Nigina ISKANDAROVA

“Jadid” gazetasining 2026-yil 4-sentyabrdagi 36-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img33

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img119

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img311