Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


13.11.2026 | 16:16

img183

YANGI ÖZBEKISTONNING YANGI MILLIY KUTUBXONASI

Mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlar markazida inson qadri, uning ma’naviy va intellektual kamoloti mujassam. Bu jarayonda kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş va uni umummilliy harakatga aylantiriş masalasi strategik ahamiyat kasb etmoqda.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 15 yanvardagi PQ-9-son qarori bilan 2026–2030 yillarda aholining kitobxonlik darajasini (bir kişi öqiydigan kitob sonini) yiliga örtaça 10 ta kitobga yetkaziş vazifasi davlat siyosati darajasiga kötarildi.

Uşbu tizimli islohotlarning uzviy davomi sifatida, 2026 yil 22 may kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan mamlakatimizda kitobxonlikni rivojlantiriş böyiça umummilliy harakatga rasman start berildi. Mazkur taşabbus mutolaani keng ommalaştiriş, ayniqsa, yoş avlodning kitobga bölgan iştiyoqini oşiriş hamda mutolaa madaniyatini jamiyat hayotining ajralmas qismiga aylantirişdek ezgu maqsadlarni özida jamlagan.

Eng muhimi, bugun kitob öqiş şunçaki böş vaqtni ötkaziş vositasi emas, balki zamonaviy insonning intellektual ehtiyoji, ma’naviy kamoloti va hayotiy muvaffaqiyatining muhim şartiga aylandi. Jamiyatda mutolaaga bölgan intilişning kuçayişi hamda kitobxonlikning yuksak ijtimoiy qadriyat sifatida qaror topişi Yangi Özbekistonda keçayotgan ma’rifiy islohotlarning amaliy natijasidir.

Mustaqilligimizning 35 yillik şonli sanasi arafasida Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev özining tantanali nutqida ta’kidlaganidek: “Xalq va davlat yagona maqsad yölida birlaşib, astoydil harakat qilsa, zabt etib bölmaydigan marraning özi yöq”. Uşbu da’vat zamirida ajdodlarimizning davlatçilik an’analari, boy ma’naviy merosi va sobitqadam taraqqiyot yölimiz mujassamdir.

Muhim ma’rifiy islohotlarning amaliy ifodasi sifatida Yangi Toşkentda barpo etilgan Milliy kutubxonaning yangi binosi Uçinçi Renessans poydevorini mustahkamlovçi muhtaşam ziyo maskaniga aylandi. Zotan, tarixga nazar taşlasak, har bir yuksaliş va Renessans davri zamirida, avvalo, qutluğ kutubxonalar hamda ma’rifat markazlari turganini köramiz.

Ajdodlarimiz, buyuk hukmdorlar qay manzilda ilm dargohlarini barpo etgan bölsa, öşa yerda ma’naviyat gurkiragan, dunyoni hayratga solgan ilm-fan va bilimlar inkişofi böy körsatgan. Sohibqiron Amir Temur bobomizning: “Qudratimizga şubha qilsangiz, biz qurdirgan imoratlarga boqing”, degan hikmatli sözlari barçamizga yod. Qad rostlagan uşbu muazzam koşona ham ana şu azaliy da’vatning bugungi zamonaviy ifodasidir. Bu dargoh yurtimizda kitobga, ilmga va ma’rifatga qaratilayotgan yuksak e’tiborning yana bir yorqin ifodasi böldi.

Yangi Toşkentdagi 30 ming kvadrat metr maydonni egallagan Milliy kutubxonaning yangi binosi hududning intellektual markaziga aylandi. Mazkur muazzam koşona bir vaqtning özida 1 420 nafar kitobxonga xizmat körsatiş hamda 1,5 million nusxa adabiyotdan iborat boy fondni xavfsiz saqlaş imkoniyatiga ega.

Bugungi kunda an’anaviy mutolaa madaniyatini raqamli imkoniyatlar bilan uyğunlaştiriş intellektual taraqqiyotning muhim şartiga aylandi. Raqamlaştiriş jarayonida kutubxonalar yuqori texnologiyalar hamda avtomatlaştirilgan tizimlarga tayanadigan intellektual markazlar maqomini olmoqda. Keng imkoniyatlar va ilğor infratuzilmaga ega uşbu maskanda “Library 4.0” konsepsiyasining tatbiq etilişi aynan ana şunday zamonaviy axborot muhitini qaror toptirişga xizmat qiladi.

Loyihaning afzalligi faqatgina zamonaviy uskunalarni örnatişda emas, balki butun xizmat körsatiş zanjirini yagona raqamli ekotizimga birlaştirganidadir. Foydalanuvçi kutubxona ostonasiga qadam qöyişidan tortib, adabiyotni tanlaş, oliş va qaytarişigaça bölgan barça bosqiçlar töliq raqamlaştiriladi. One ID, QR-kod, Face ID va NFC tizimlari asosida kitobxonlarni identifikatsiya qiliş va jarayonlarni avtomatik boşqariş yölga qöyiladi. Natijada ortiqça byurokratiya va kutişlar bartaraf etilib, kitobxonga mustaqil va tezkor xizmat körsatiş imkoni yaratiladi.

Majmuaning eng muhim innovatsion yeçimlaridan biri – kitob fondi logistikasini töliq avtomatlaştirişdir. Xususan, zamonaviy Telelift tizimi orqali buyurtma qilingan adabiyotlarni saqlaş joyidan tegişli qavatlar va xizmat körsatiş hududlariga avtomatik yetkazib beriş, şuningdek, qaytarilgan kitoblarni qabul qiliş va saralaş jarayonlari inson omilisiz, tezkor amalga oşiriladi.

Kitob fondlarini asrab-avaylaş va boşqarişda Xitoydan keltirilgan va xalqaro standartlarga javob beradigan maxsus aqlli stellajlar tizimi alohida örin tutadi. Mazkur qurilmalarni qölda va kompyuter orqali boşqariş yoki töliq avtomatlaştirilgan tizimga ötkaziş közda tutilgan. Bu saqlovxona maydonlaridan oqilona foydalaniş va adabiyotlarni yetkazib beriş zanjiriga oson integratsiya qiliş imkonini beradi. RFID texnologiyalari, aqlli javonlar va robotlaştirilgan inventarizatsiya tizimi esa fond tarkibini nazorat qilişni bir neça barobar tezlaştiradi. Natijada xodimlarning kundalik jismoniy yuklamasi yengillaşib, ularning vaqti va salohiyati bevosita kitobxonlar bilan işlaşga yönaltiriladi.

Loyihaning yana bir muhim yönalişi sun’iy intellekt imkoniyatlarini kutubxona xizmatlariga keng tatbiq etişdir. “AI Librarian”, interaktiv ekranlar va raqamli yordamçilar orqali kitobxonlarga axborot izlaş, zarur adabiyotlarni topiş hamda muayyan qiziqişlarga mos individual tavsiyalar oliş şaroiti yaratildi. OCR texnologiyasi bosma manbalarni raqamlaştiriş va yangi adabiyotlar haqidagi ma’lumotlarni tezkorlik bilan elektron katalogga kiritişni ta’minlasa, bulutli infratuzilma yirik hajmdagi elektron resurslarni betalafot saqlaş va ulardan foydalaniş kölamini kengaytiradi. Şu bilan birga, sun’iy intellekt vositasida foydalanuvçilarning intellektual ehtiyojlarini tahlil qiliş xizmat körsatiş sifatini yangi bosqiçga olib çiqadi.

Yangi binoda kutubxonaning an’anaviy funksiyalaridan taşqari, innovatsion ta’lim va ijodiy faoliyat uçun ham maxsus muhit şakllantirildi. VR/AR texnologiyalari, 3D printerlar, 3D skanerlar va robototexnika töplamlari bilan jihozlangan laboratoriyalar yoşlarning muhandislik, dasturlaş va kreativ fikrlaş könikmalarini kelgusida rivojlantirişga xizmat qiladi. Bolalar kutubxonasi, multimedia hududlari, noyob naşrlar va kitob tarixiga bağişlangan interaktiv muzeylar esa kutubxonani bilim oliş, madaniyat va innovatsiyalarni birlaştiruvçi köp funksiyali makonga aylantirdi.

Mazkur yeçimlarning samaradorligi ularning yagona integratsiyalaşgan boşqaruv platformasi orqali özaro boğlanişi bilan belgilanadi. Bunda RFID va Telelift modullari, fondagi avtomatik saralaş, foydalanuvçilar identifikatsiyasi, tavsiya algoritmlari hamda sun’iy intellekt xizmatlari mustaqil tizimlar sifatida emas, balki yagona raqamli kutubxona platformasining funksional elementlari sifatida harakatlanadi.

Xulosa örnida ta’kidlaş joizki, Yangi Toşkentdagi Milliy kutubxonaning öziga xos jihati – zamonaviy texnologiyalarni şunçaki bir binoda jamlaş emas, balki ularni yagona boşqaruv, avtomatlaştirilgan logistika, intellektual xizmatlar va innovatsion ta’lim muhitiga birlaştirişga qaratilgan kompleks yondaşuvdir. Aynan şu jihat yangi kutubxonani an’anaviy kutubxona modelidan farqlab, Library 4.0 tamoyillari asosida rivojlanayotgan zamonaviy kutubxonalar orasida öziga xos konseptual va texnologik mavqega ega bölişiga dastlabki qadamdir.

Şu bilan birga, kutubxonaning barça operatsion jarayonlariga sun’iy intellekt texnologiyalari tatbiq etilgan. Maşinali örganiş modellari kitobxonlar talabini tahlil qilib, adabiyotlarni xarid qiliş va joylaştiriş böyiça maqbul qarorlar qabul qilişga yordam beradi. Bino böylab harakatlanuvçi robot-kutubxonaçilar hamda infokiosk-botlar kitobxonlarning savollariga real vaqt rejimida javob qaytarib, zallar böyiça aniq navigatsiyani ta’minlaydi.

Şuningdek, fondlarni tizimlaştiriş va kataloglaştirişda sun’iy intellekt vositalaridan foydalaniş kutubxonaçilarning bibliografik tavsif tuzişga sarflaydigan vaqtini bir neça barobar qisqartiriş, inson omili bilan boğliq xatolarning oldini oliş imkonini beradi. Foydalanuvçilar uçun esa elektron kataloglarda ovozli sörovlarni matnga aylantiriş hamda kitobxonlarning qiziqişlari va ehtiyojlari tahliliga asoslangan şaxsiy tavsiya tizimlarini joriy etiş muhim ahamiyatga ega. Mazkur texnologiyalar ilmiy işlar va dissertatsiyalar bazalarida ham qöllanilib, axborotni saralaş va tahlil qiliş jarayonlarini sezilarli darajada tezlaştirmoqda.

Kutubxona faoliyatida sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalaniş muallif, naşriyot, kutubxona va kitobxon örtasidagi munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqadi. Axborot resurslariga bölgan real ehtiyojni çuqur tahlil qiliş orqali fondlarni eng ommabop va zarur adabiyotlar bilan boyitiş, öz navbatida, naşriyotlar faoliyatini ham kitobxonlar talabiga muvofiq yönaltiriş imkonini beradi.

Muassasani kompleks raqamlaştiriş va unga sun’iy intellekt texnologiyalarini çuqur tatbiq etiş şunçaki texnik yangilaniş emas, balki mamlakatimiz intellektual salohiyatini oşirişga qaratilgan uzoq muddatli strategik qadamdir. Muxtasar aytganda, uşbu muazzam kutubxona Yangi Özbekistonning zamonaviy va ilmiy qiyofasini yorqin namoyon etmoqda.

Umida TEŞABAYEVA,
Özbekiston Milliy kutubxonasi direktori


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img119

ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img98

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img145