Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


13.04.2024 | 14:15

img642

“YANGI YO‘L”DAN “SAODAT”GACHA

Ma’lumki, o‘tgan asrning 20-yillarida yurtimizda “Yangi yo‘l” nomli jurnal nashr etila boshlangan. Bu jurnal dastlab gazeta shaklida bosilgan. Ziyo Said o‘zining “O‘zbek vaqtli matbuoti tarixiga materiallar (1870-1927)” risolasida bu haqda ma’lumot bergan va 1924-yil 1-yanvardan boshlab chop etilgan ushbu gazeta haqida “Turkiston Ishtirokiyun firqa markazqo‘mi qoshidagi xotinlar bo‘limining fikr tarqatg‘uchisi”, deb ma’lumot bergan. Demak, “Yangi yo‘l” o‘sha davrdayoq xotin-qizlar uchun alohida gazeta sifatida yuzaga kelgan, dastlab ikki haftada bir martadan, keyinchalik haftada bir marta chiqa boshlagan. Xotin-qizlar erkinligi ushbu nashrning asosiysi mavzu hisoblangan. Gazeta ilk kezlarda xotin-qizlarga tekin tarqatilgan. Adadi dastlab 500, keyinchalik 2000 taga yetadi.  “Yangi yo‘l” gazetasi Toshkent shah­rining Eski shahar mavzesidagi birinchi bosmaxonada bosilgan. Ziyo Said, shuningdek, “Xotinlar ichida yaxshi yozuvchilar bo‘lmaganidan, bunga ko‘pincha er muharrirlar qatnashdilar”, deb yozadi. Bu fikr, albatta, bahstalab. Dastlab taniqli shoir Elbek ushbu gazetani chiqarish, materiallarini tuzatish va tartibga solish bilan shug‘ullanadi. Lola Sayfullina, Sobira xonim kabi ayollar bir qancha vaqt muharrir bo‘lib ishlashadi. Gazeta jurnalga aylanguncha talaygina ijodkorlarni kashf etadi. Xosiyat Tilla­xon qizi, Zufar Nosiriy, Alimov, Mahbuba Rahim qizi, Ramz, Tosh­qin, Toji­xon Shodiyeva, Olim Bog‘bon qizi, Hojar Gʻulom qizi, Olmosxon, Saodat Shamsiddin, S.Burna­sheva, Oydin, Zarifa kabi qalamkash ayol­lar shular jumla­sidan. Taniqli adib Oybek “Yangi yo‘l”da bosilgan she’rlarni to‘plab, 1926-yilda “Erk kuylari” nomli bayoz tuzgan. O‘ttiz sahifalik bayoz­ning muqovasida “O‘zbek yosh shoiralarining she’rlaridan bir to‘p­lam” degan so‘zlar bitilgan. S.Lyubimova unga so‘zboshi yozgan. Oybekning fikrlari “Bir-ikki so‘z” sarlavhasi ostida keltirilgan. Bayozdan Xosiyat Tillaxon qizi, Oydin (Mashhura Sobirova), Hojar Gʻulom qizi, Erkchi (Mahbuba Rahim qizi), Saodat Shamsiddin, Sh.Burnasheva, Erk Chirchiq­boyeva, Zarifa, Halima Shoumar qizi va Xosiyat Musinaning she’rlari o‘rin olgan. “Yangi yo‘l” gazetasi 1925-yil dekabri­dan jurnalga aylantiriladi. Ziyo Said o‘z asarida mazkur jurnal haqida ham ma’lumot beradi: “Oyida ikki topqir chiqa boshladi. Maqsadi xotin-qizlarni yangi bilim qurollari bilan qurollantirib, madaniyat olamiga chiqarish, ularni paranjidan qutqazib, amaliy ravishda erlar bilan teng huquqli qilish, har turli hunarxona va artellarda yig‘ilib ishlash yo‘llarini ko‘rsatib… ularni tarbiyalashdan iborat”, deb yozadi. Jurnalning faoliyati yangi zamon mafkurasiga mos edi. “Yangi yo‘l” sahifalaridan 20-yillar adabiyotiga doir ma’lumotlarni topish mumkin. Ushbu jurnalga o‘sha davrga oid adabiy-madaniy hayotning o‘ziga xos ko‘zgusi sifatida yondashish foydadan xoli bo‘lmaydi. Ushbu nashrning adadi yildan-yilga ko‘payib borgani odamlar orasida unga qiziqish ortganidan dalolat beradi. Chunonchi, dastlab 1500–2000 nusxada chop etilgan jurnalning tiraji 1929-yilga kelib 7500 nusxaga yetadi. 1927-1936-yillarda jurnalga Tojixon Shodiyeva, Sobira Xoldorova, Xosiyat Tillaxonova, Saodat Shamsiyeva kabi ayollar muharrirlik qiladi. O‘sha kezlarda “Yangi yo‘l” xotin-qizlar hayotining barcha jabhalarini qamrab olishga harakat qilganini ko‘rish mumkin.  E’tiborli jihati, uning sahifalarida Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir, Gʻafur Gʻulom, Hamid Olimjon, Gʻayratiy, Elbek, Mirtemir kabi taniqli ijodkorlarning asarlari ham bosilganini ko‘rish mum­kin. “Yangi yo‘l” jurnali shu tariqa uzoq shakllanish yo‘lini bosib o‘tib, 1936-1950-yillarda “Yorqin turmush”, 1950-1965-yillarda “O‘zbekiston xotin-qizlari” va nihoyat, 1966-yildan “Saodat” nomi bilan chop qilina boshladi. Ushbu jurnal hozirgi kunda o‘zbek xotin-qizlarining hayotini faol yoritib kelayotgan yetakchi nashrlarimizdan biri hisoblanadi. O‘z davrida O‘zbekiston xalq shoirlari Zulfiya, Halima Xudoy­berdiyeva, Oydin Hojiyeva bosh muharrir sifatida uning obro‘si va nufuzini oshirish yo‘lida salmoqli ishlarni amalga oshirganini alohida ta’kidlash lozim. Ayni paytda O‘zbekistonda xiz­mat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, iste’dodli shoira Munavvara Usmonova rahbarlik qilayotgan “Saodat” jurnalining mazmun-mundarijasi yanada kengayib, ziyoli xotin-qizlarimizning sevimli minba­riga aylangan. 

Sitorabonu SHOMURODOVA, Xalqaro Nordik universiteti dotsenti

“Jadid” gazetasi 2024-yil 8-mart 11-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img93

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img607

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img605