Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


04.09.2025 | 16:50

img668

“YOZARLAR ANI AHKOMIDAN AHKOM…”

Zahmatkash olim, pedagogika fanlari doktori, professor Ulug‘bek Dolimovning “O‘zbekiston maktablari tarixi” kitobi “Muharrir” nashriyotining “Asliyat” ruknida chop etildi. Muallif bu mavzuni bejiz tanlamagan. O‘zi ustozlar sulolasidan, jadid pedagogikasi bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasi yoqlagan, qariyb oltmish yil oliy ta’lim dargohlarida dars bergan.

O‘tgan asrning 70-yillarida Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) o‘zbek filologiyasi fakultetida salohiyatli ilmiy-pedagogik muhit shakllangan edi. G‘ulom Karimov, Ozod Sharafiddinov kabi ustozlar XX asr boshidagi milliy adabiyotimizga bo‘lgan qarashlarni yangiladi. Dastlab Behbudiy, Fitrat, Abdulla Qodiriy, Is’hoqxon Ibrat, Cho‘lpon, Siddiqiy-Ajziy, Abdulla Avloniy, Kamiy, Vadud Mahmud kabi adiblar ijodiga e’tibor qaratildi. Begali Qosimov jadidlik harakati negizidagi adabiyot muammolarini izchil va tizimli o‘rganishga kirishdi. Sharif Yusupov Furqat va ma’rifatchilik adabiyotini, Ulug‘bek Dolimov jadid pedagogikasini, Boybo‘ta Do‘stqorayev jadid matbuotini, Shuhrat Rizayev jadid dramaturgiyasini, Bahodir Karimov jadid tanqidchiligini tadqiq etdi.

Begali Qosimov tashkil etgan “Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti” kafedrasi bu ishlar ko‘lamini yanada kengaytirdi. Natijada, shu nomdagi darslik yaratildi.

Qizg‘in va mashaqqatli jarayonda Ulug‘bek Dolimov munosib hissasini qo‘shdi. Xususan, Is’hoqxon Ibrat adabiy merosining xalqimizga qaytarilishi va targ‘iboti bevosita olimning ilmiy-ijodiy faoliyati bilan bog‘liq.

Kimki jadidlar hayoti va ijodi tadqiqiga xolis yondashsa, o‘zi ham ularning millatparvarlik va ma’rifatparvarlik “dardi”ni yuqtirib olardi. Bu dard ilmni ulug‘laydi, qalbni poklaydi, shaxsni kamolot sari yetaklaydi. Ulug‘bek domlaning “dardmand” bo‘lganiga ham yarim asrdan oshdi. Ustozimizning asl olimlarga xos kamtarligi va ilm olamidagi viqori bizni haligacha hayron qoldirib keladi.

Aslida, bu fazilatlar faqat kasb taqozosiga ko‘ra shakllanmagan, balki qondan ham o‘tgan ekan-da. Ustozning “Ahli irfon’’ (Dolimovlar sulolasi) avtobiografik memuarini o‘qigach, tarbiyaning ma’naviy-tarixiy asoslari haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘ldim. Kitobdagi ayrim epizodlarni sizga ham ilindim.

Ulug‘bek domlaning katta bobolaridan bo‘lgan Xaytabek Amir Umarxon davrida Qo‘qon madaniy-ma’rifiy muhitini yaratishda ishtirok etgan. Davr bo‘ronlarida Toshkentga kelib qolgan bek va uning avlodlari bu yerda ham ilm-u ijod bilan mashg‘ul bo‘ladi, ziyolilarni moddiy qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. Keyinchalik mustamlakachilarga qarshi kurashda halok bo‘lgan shahidlar, qatag‘on etilgan fidoyilar orasida Xaytabek avlodlarining ismlarini ham ko‘rish mumkin.

Bu sulola vakillari sovetlarga qarshi oshkora kurashish imkonsizligini anglab, jadidlardan o‘rnak oladi va ma’rifat targ‘ibotiga kirishadi. Bor kuchini xalq farzandlarini ilmli qilishga, ularning jismoniy va ruhiy dardlariga shifo topishga sarflaydi. Bu beiz ketmadi, albatta. Adabiyotshunos Subutoy Dolimov, akademik To‘rabek Dolimov va tibbiyot bo‘yicha qator professorlar qoldirgan ilmiy meros xalq mulkiga aylandi.

“O‘zbekiston maktablari tarixi” kitobi bugungi ta’lim tizimining mustahkam ildizlari qay davrlarga borib taqalishini ko‘rsatadi. Tarixning qaysi davrida maorif oqsadi, bunga nimalar sabab bo‘ldi, maorif yuksalgan davrlarda qanday yangiliklar sodir bo‘lgani hayotiy misollar bilan dalillanadi.

Tasavvurimizdagi maktablar mintaqamizda bevosita Ismoil G‘aspralining Turkistonga bo‘lgan tashriflaridan keyin yuzaga kelgan. Jadidlar yangi usul maktablarini ocha boshladi. Bunga xonlar, vazirlar va zodagonlar ham xayrixohlik bildirdi. Xususan, Xiva xoni Muhammad Rahimxon hamda vazir Islomxo‘ja qo‘llovi bilan Xorazmda 1891-yildayoq dastlabki jadid maktabi ochildi. Shahzoda Isfandiyor ta’limni shu maktabdan boshlagan.

G‘asprali tomonidan ilgari surilgan madrasalar islohoti o‘rta asrlar an’analari bilan qotib qolgan ta’lim siyosatini yangi bosqichga olib chiqdi. Ammo o‘quv yilini olti oydan to‘qqiz oyga uzaytirish, bir martalik imtihon, mudarris, oshpaz, xizmatchilarga tizimli maosh tayinlash, dunyoviy fanlar ulushini oshirish, o‘quvchilarni gazeta va teatrga oshno qilish chor hukumatiga ma’qul bo‘lmadi. Chor Rossiyasi mustamlakachilik siyosatiga zid jadid maktablarini yopa boshladi.

Sovetlar davrida ham ish silliq ko‘chgani yo‘q. Garchi biroz erkinlik berilgan bo‘lsa ham bu vaqtincha edi. Tez orada jadidlar boshida qora bulut to‘plandi va ularning ta’lim siyosati keskin tanqid ostiga olindi. Kitobda ana shu davr haqida ham qimmatli ma’lumotlar berilgan. Ulug‘bek Dolimov har bir masalaga xolis yondashishga, hissiyotga berilmaslikka, olim ko‘zi bilan qarashga harakat qiladi va buni uddalaydi ham. Masalan, sovet ta’lim siyosatining ijobiy va salbiy tomonlari, bu tizimning milliy maorif an’analariga zid jihatlarini ham ko‘rsatib beradi.

Kitobning so‘nggi qismida Mustaqillik davri ta’lim siyosatida amalga oshirilgan islohotlar tahlil qilinadi. “O‘zbekistonda maktablar tarixi” kitobi o‘zbek maktablari tarixining vujudga kelish omillari, shakllanishi, ta’lim metodologiyasi haqida o‘quvchida yorqin tasavvur va aniq tushunchalarni shakllantiradi. Shu paytgacha nashr bo‘lgan ta’lim xrestomatiyasi va ta’lim metodlari tarixiga oid darsliklardan farqli ravishda kitobga ijodiy yondashilgan, matn keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan.

Ushbu kitob maorifshunosligimiz uchun fundamental asarlardan biri sifatida kelgusi tadqiqotlarga ishonchli va boy manba bo‘lib xizmat qiladi. Yosh olimlar bu asar orqali yo‘lni boshidan bosib o‘tishga majbur bo‘lmaydi, ular kelgan joyidan rivojlantiradi. Navoiy hazrat Ulug‘bek “Zij”i haqida “yozarlar ani ahkomidan ahkom” deb yozgandi. Maorifshunoslarimiz uchun ham Ulug‘bek Dolimov kitobi mayoq vazifasini o‘tasa, ne ajab.

85 yoshini qarshilayotgan Ulug‘bek Dolimov hamon o‘zbek maorifi tarixi, ta’lim uslublarini o‘rganish va tadqiq etishdan to‘xtagani yo‘q. Bu ham bo‘lsa jadid ustozlarining imkon bor ekan, Vatanga va xalqqa xizmat qilish kerak, degan saboqlari mahsulidir. So‘z yakunida Ulug‘bek domlaga sihat-salomatlik, yangi ilmiy izlanishlarida kuch-quvvat, kitobxonlar va ilmsevarlarga esa ustoz kitoblaridan ko‘pdan ko‘p manfaatlar yetishini tilab qolamiz.

Ulug‘bek SULTON,
filologiya fanlari nomzodi

“Jadid” gazetasining 2025-yil 29-avgustdagi 35-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img82

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img132

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img324