03.06.2025 | 16:32
517
TILDOSH-U DILDOSH QARDOSHIMIZ
Taniqli qrimtatar jurnalisti, Qrimdagi “Nenkajan” jurnali bosh muharriri Zera Bekirovaning qrimtatar tilida “Bekir Cho‘banzoda izlaridan” nomli kitobi chop etildi. XX asrning 20–30-yillarida sobiq Ittifoq bo‘ylab juda keng ko‘lamli ilmiy-adabiy faoliyat bilan mashg‘ul bo‘lgan qrimtatar ziyolisi Bekir Cho‘banzoda (1893–1937) hayoti va ijodining bir qirrasi O‘zbekiston bilan ham bog‘liq. Muallif o‘z kitobida olim, shoir, jamoat arbobi Bekir Cho‘banzodaning Ozarbayjon, Turkiya, Mojariston, Qrim hamda O‘zbekistonga taalluqli jihatlarini maxsus suhbatlar asosida batafsil yoritadi.

Bekir Cho‘banzodaning bir qator maqolalari o‘z vaqtida “Alanga” jurnali, “Qizil O‘zbekiston” gazetasida bosilgan edi. 1926-yili Bokuda o‘tkazilgan Turkiyot qurultoyi tashkilotchilaridan biri bo‘lgan Bekir Cho‘banzoda, ayni anjuman kunlarida Alisher Navoiy tavalludining 500 yillik yubileyini o‘tkazish hay’ati a’zosi sifatida ish boshida turgan. U “Navoiy tilchi” nomli maxsus maqola ham yozadi. O‘sha anjuman kunlari bosilgan Alisher Navoiyning “Vaqfiya” asariga hamda Husayn Boyqaroning “Devon”iga maxsus so‘zboshi bitadi.
Bekir Cho‘banzoda o‘z vaqtida Farg‘ona shahrida tashkil qilingan Pedagogika institutida 1930–1935-yillari (hozirgi Farg‘ona davlat universiteti) “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasining mudiri bo‘lib ishlagan edi.
1926-yili Bokudagi Turkiyot qurultoyiga O‘zbekistondan Elbek, Ismoil Sadriy, Ashurali Zohiriy, Rahim Inomov, Shokirjon Rahimiy, Nazir To‘raqulov vakil bo‘lib boradi. Alamli jihati shundaki, ayni anjumanda qatnashgan barcha ziyolilar qatag‘on bo‘hroniga duch keladi, qatl qilinadi. Bekir Cho‘banzoda manglayiga ham shu bitik muhri bosilgan edi.
“Bekir Cho‘banzoda izlaridan” kitobi muallifi olim faoliyatining turli jihatlarini o‘rganish jarayonida qrimtatar, ozarbayjon, mojar tadqiqotchi-ziyolilari qatorida o‘zbek adabiyotshunoslari bilan ham suhbatlashadi. Kitobda berilgan yangi ma’lumotlar ma’rifatparvar qardoshimiz adabiy-ilmiy qiyofasini teranroq tasavvur qilishga yordam beradi. Yana bir qo‘shimcha shuki, “O‘zbek adabiyoti tarixi” kitobi muallifi adabiyotshunos olim Vohid Abdullayev o‘zining “Cho‘banzoda mening ham ustozim” maqolasida 30-yillari Samarqand universitetida Bekir Cho‘banzodadan bir necha marta ma’ruzalar eshitganini ham yodga olganidan xabarim bor.
Kirish so‘zida muallif yozgan kitobi xususida “Bu ish men uchun ham burch, ham sharaf hamda buyukdan buyuk mas’uliyatdir”, deb ta’kidlaydi. Darhaqiqat, “Bekir Cho‘banzoda izlaridan” kitobida o‘zbek jadid adiblariga oid sahifalar ham bor. Jadidlik harakatini xalqaro miqyosda atroflicha tadqiq etishda, tabiiyki, Zera Bekirova yozgan kitob ham o‘z qiymatiga ega. Muallif o‘zbek tilini juda yaxshi biladi. Nazarimda mazkur kitobning o‘zbekcha nusxasi hozirlanib, mutaxassislar va shu sohaga qiziquvchi o‘quvchilarga taqdim etilsa, foydali bo‘lar edi.
Bahodir KARIM,
filologiya fanlari doktori, professor
“Jadid” gazetasining 2025-yil 30-maydagi 22-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
96
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
135
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
328

