Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 9°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


22.04.2025 | 14:54

img2041

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR MONOLOGI

Menkim, Zahiriddin Muhammad Bobur, Umarshayx Mirzoning o‘g‘li, yetti iqlim hukmdori ulug‘ Temurbekning zurriyodi, Tangri taoloning inoyati bilan Andijon shahrida tavallud topdim.

Bu charxi falak boshimga qanday kunlarni solmasin, qaysi diyor va o‘lkalarda umrguzaronlik qilish nasib etmasin,
Andijon latofati, Andijon muhabbati bir soniya xayolimni tark etmadi.
Andijon!..
Andijon eli turkiydur. Shahr va bozorida turkiy bilmas kishi yo‘qtur. Elining lafzi qalam bila rosttur.
Ani uchunkim, Mir Alisher Navoiyning musannafoti bovujudkim Hirida nash’u namo topibtur, bu til biladur.
Shahar ahli savdogar va hunarmand xalqdur.
Elining orasida san’atkorlari ko‘p.
Bu yerdagi ishlar Tangri taoloning ko‘magi bilan doimo saranjom bo‘lur.

Ota mulkim Andijonni, butun Movarounnahr o‘lkasini tinch-osoyishta, obod va ma’mur ko‘rmoq, bu yerda odil siyosat yurgizmoq butun hayotimning a’moli erdi.

Taqdir ekan, bu orzu menga armon bo‘lib qoldi.
Lekin tasalli shuki, siz avlodlarim, ahli O‘zbekiston, baland himmatlig‘, azm-u shijoatlig‘ rahnamo tegrasida yakqalam bo‘lib, bizning orzularimizni ro‘yobga chiqarmoqdasiz.

Buning uchun Yaratgan Parvardigorga har qancha shukrona aytmoq farzdur.
Bundoq dorilomon kunlarning qadriga yetmoq, bunday zafarlarni mustahkam etmoq sizlarning, shu jannat yurtda yashayotgan har bir sof niyatli insonning muqaddas burchidur.

Ahbob, yig‘ilmoqni farog‘at tutungiz,
Ja’miyatingiz borini davlat tutungiz,
Chun gardishi charx budurur, Tengri uchun,
Bir-birni necha kun g‘animat tutungiz.
Siz avlodlarga yana bir o‘gitim:
Bori elga yaxshilig‘ qilg‘ilki, mundin yaxshi yo‘q –
Kim, degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig‘!

O‘zbekiston davlat drama teatri aktyori Ilhom BERDIYEV ijro etgan.

“Jadid” gazetasining 2025-yil 18-apreldagi 16-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img139

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img149

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img345