Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 9°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


27.07.2024 | 17:56

img669

“Hindlarning Zahiriddin Muhammad Boburga atab film suratga olayotgani haqiqatdan yiroq” – Otabek Hasanov

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Otabek Hasanov hindlar Zahiriddin Muhammad Boburga atab film suratga olayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Uning soʻzlariga koʻra, film haqidagi xabarlar haqiqatdan yiroq va bunga oydinlik ham kiritilmoqda.

“Buyuk bobokalonimiz bilan bogʻliq tarix haqida dunyo ahlini chalgʻitish kabi bu holat mamlakatimiz jamoatchiligini, ziyolilarni tashvishga solib, keskin munosabatlarga sabab boʻldi. Shu qatori meni ham bu holat qattiq tashvishga soldi va tegishli davlat tashkilotlari, elchixonalar bilan vaziyat yuzasidan maʼlumot olish uchun bogʻlandim. Aytish lozimki, film haqidagi xabarlar haqiqatdan yiroq va bunga oydinlik ham kiritilmoqda. Albatta, bu masalaga yana aniqlik kiritib, qoʻshimcha xabar beriladi”, deydi u.

Shuningdek, Hasanov mazkur masala yuzasidan Kinematografiya milliy agentligi bilan ham suhbatlashganini aytadi:

“Kinematografiya milliy agentligi bilan ham suhbatlashdik. Xabaringiz bor, Oʻzbekistonda eng qadimgi oʻtmishdan to yaqin tarixgacha boʻlgan davrni oʻz ichiga olgan “Tirik tarix” loyihasi doirasida sarkardalarimiz, allomalar haqida turkum filmlar yaratilmoqda. Bu loyiha ham tez orada oʻz samarasini berib, milliy oʻzligimiz bilan bogʻliq tariximiz ekranlarda gavdalanadi. Lekin shu oʻrinda meni xursand qilgani, milliy gʻurur, vatanparvarlik shunchaki kitoblar-u, quruq soʻzlarda emas, xalqimiz ong-u shuurida yashamoqda, keng jamoatchilik esa bu kabi holatlarga aslo befarq emas”.

Otabek Hasanov buyuk ajdodlarimiz tarixiga befarq boʻlmagan ziyolilarga, keng jamoatchilikka markaz minnatdorchilik bildirishini ham taʼkidlaydi.

“Oʻz navbatida, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi keng jamoatchilikka, ziyolilarga befarq boʻlmagani, ajdodlarimiz bilan bogʻliq tariximizni targʻib qilish haqidagi fikrlari uchun minnatdorchilik bildiradi. Biz millat masʼuliyati yoʻlida hamfikr boʻlsak, birlashsak, bu kabi qadriyatimiz, tariximiz, oʻzligimizga qaratilgan tahdidlarga qarshi tura olamiz”, deya soʻzlarini yakunlaydi Otabek Hasanov.

Bundan oldin hindlarning “Bobur – Mo’g’ul imperatori” nomli film suratga olishayotgani haqida xabar bergandik.


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img167

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img157

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img361