Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


15.10.2026 | 14:05

img2256

ZAMIN “DARGʻA”SI

Yaqinda mo‘g‘ulistonlik hamkasblar bilan tashrif qog‘ozi almashdik. Qarasam, lavozimi degan joyiga “darga” deb yozilgan. Shunda: “Bu o‘zimizning “dorug‘a” emasmi?” deya so‘radim. Ular shunchaki yelka qisib, “председатель” deb qo‘ya qolishdi. Biroq bu javobdan qoniqmay, darrov “so‘zquvar”likka tushib ketdim.

“Aqlvoy”ning aytishicha, mazkur atama sof mo‘g‘ulcha bo‘lib, “daru-” fe’lidan olingan. Bu esa “bosmoq”, “ezmoq”, asosan “muhr bosmoq” degan ma’nolarni bildirarkan. O‘sha davr sharoitini hisobga olsak, “aholini ko‘tarilib ketishdan bosib turadigan” degan mazmun ham chiqar balki… Ushbu o‘zakka “-ga” qo‘shimchasi qo‘shilishi bilan “darug‘a” (ya’ni “muhr bosuvchi rahbar”, “o‘z hukmini o‘tkazuvchi”) so‘zi hosil bo‘lgan.

Bu ibora yurtimizga Chingizxon bilan kirib keldi. Amir Temur davrida va undan keyingi xonliklar zamonida uning vazifasi biroz o‘zgardi. Endi u katta viloyat hokimligidan “tushib”, “shahar egasi” yoki “mirshablar boshlig‘i”ga aylandi.

Mazkur termin hind va urdu tillarida ham uchraydi. U yerga qanday borganini sezgandirsiz? XVI asrda janub sori boburiylar birla yo‘lga chiqqan so‘z “bir dumalab”, “darog‘a”ga, ya’ni bojxona, zarbxona yoki mirshabxona rahbariga aylandi.

Bugungi adabiyotimizda ba’zan u “kapitan” ma’nosini beradi. Chunki Boburiylar imperiyasi davrida dengiz floti nazoratchisi “Dorug‘a-i bahr” deb yuritilgan. Ehtimol, Hind diyoriga ingliz qo‘shinlarining suv orqali kelganiga ham nozik ishoradir bu?

Mamluklar davridagi Misrda “shahar komendanti”, “qorovulboshi” va “qal’a nazoratchisi” ma’nolarida qo‘llangan. Oltin O‘rda saroylarida esa knyazliklardan o‘lpon yig‘ishni nazorat qiluvchi “xon noibi” ham shunday atalgan. Hozirgi rus tilidagi “даруга” so‘zi ham aynan shu tarixiy mazmunga ega.

Shahriyor SHAVKAT

“Jadid” gazetasining 2026-yil 9-oktyabrdagi 41-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img58

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img129

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img321