Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


05.07.2024 | 19:55

img269

ZOMIN TOG‘LARIDA ILHOM JILVASI

“Adabiyot – xalqning yuragi, elning ma’naviyati ko‘zgusi. Bugungi murakkab zamonda odamlar qalbiga yo‘l topish, ularni ezgu maqsadlarga ilhomlantirishda adabiyotning ta’sirchan kuchidan foydalanish kerak. Ajdodlar merosini o‘rganish, boy ma’naviyatimizga munosib buyuk adabiyot yaratish uchun hamma sharoitlarni hozirlaymiz”.
Shavkat MIRZIYOYEV

– Adabiyotga muhabbatli yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yosh yigit-qiz­larimizga yaxshi ma’lumki, har yili O‘zbekiston Yozuvchilar uyush­masi, Jizzax viloyati hokimligi, “Do‘stlar klubi” doirasida aksiya­dorlik tijorat Xalq banki hamda bir qator vazirlik va idoralar hamkor­ligida Respublika yosh ijodkorlari­ning an’anaviy Zomin seminari o‘tkazib kelinadi.

Mamlakatimizda adabiyotga, xu­susan, yosh ijodkorlarga bo‘la­yot­gan e’tiborlarning sama­rasi o‘laroq, yildan yilga yoshlarning badiiy ijodga qiziqishi oshib, semi­narning qamrovi ham kengayib bormoqda. Talab va istak­larga muvofiq anjuman ahamiyatini yanada oshirish maq­sadida tashkiliy masalalarda ham yondashuv tubdan o‘zgarmoqda. Prezidentimiz qaroriga binoan bu yilgi anjumanda yurtimizdagi atoqli adiblar nomi bilan ataluvchi ijod maktablari­ning har biridan besh nafardan iqtidorli o‘quvchilar hamda bir nafardan kuzatuv­chi ustozlar ishtiroki ham ko‘zda tutilgan. Shu bois, hududiy bosqichlarda qatnashib, Zomin semi­narining Respublika bosqichiga yo‘llanma olgan sakson olti nafar yoshlarga ijod maktablarining ijodkor o‘quvchilari ham qo‘shildi.

Anjumanning bu galgi rasmiy qismi ham odatdagiday poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonidan, buyuk bobokalonimiz hazrat Ali­sher Navoiy haykali poyiga gullar qo‘yish bilan boshlandi. Bir guruh ustoz adiblar, adabiyotshunos olim­lar hamda yuz nafardan ziyod yoshlar o‘zbek adabiyoti pirining g‘oyibona duolari bilan Zominga yo‘l olishdi. U yog‘i katta taassurotlarga boy, hech qachon unutilmaydigan, uch kuni uch asrga arzirli O‘rik­lisoyning muazzam ba­g‘ri.

Anjumanda nazm, nasr, pub­­lit­sistika, bolalar adabiyoti, badiiy tarjima, dramaturgiya va adabiy tanqid yo‘nalishlarida mash­g‘u­lotlar bo‘lib o‘tdi. O‘zbek adabiyotining zabardast vakillari O‘zbekis­ton Qahramoni Ibrohim Gʻafurov, O‘zbekiston xalq shoirlari Sirojiddin Sayyid, Usmon Azim, Mahmud Toir, Kengesbay Karimov, adabiyotshunos olimlar Qozoqboy Yo‘ldoshev, Suvon Meli, Nurboy Jabborov, shoirlar Nikolay Ilin, Esh­qobil Shukur, Kavsar Turdiyeva, Aziz Said kabi ustoz­lar uch kun mobaynida yoshlarning ijodi bilan yaqindan tanishib, kerakli maslahatlar berishdi. An’anaga ko‘ra, ustozlar e’tirofiga sazovor bo‘lgan iqtidorli yoshlar­ning ijodiy ishlari “Birinchi kitobim” lo­yihasida bir necha ming nusxada chop etiladi.

Yakunda yoshlarga anju­man­da­gi ishtiroklarini tasdiqlovchi ser­ti­fi­kat, seminarning maxsus statuetkasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyush­masi hamda hamkorlarning qim­mat­baho esdalik sovg‘alari top­shirildi.

Botirjon ERGASHEV,

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img92

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img604

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img602