05.08.2024 | 10:29
550
5-AVGUST – ABDULLA SHER TUGʻILGAN KUN
Shoir, tarjimon va olim, Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi hamda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Abdulla Sher 1943-yil 5-avgustda Toshkent viloyati Chinoz tumanida tug‘ilgan.

U 1970-yilda Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetini, 1981-yilda Moskvada Oliy adabiyot kursini tamomlagan. Shoir „Yoshlik“ jurnalida masʼul kotib lavozimida oʻz faoliyatini boshlab, 1984-yildan Yozuvchilar uyushmasi birinchi kotibi oʻrinbosari, Yozuvchilar uyushmasining Toshkent viloyati boʻlimi masʼul kotibi lavozimlarida ishlaydi. 1989-yildan boshlab, 22 yil davomida Abdulla Sher Oʻzbekiston Milliy universitetida oʻqituvchi, dotsent, kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan.
1973-yilda shoirning ilk sheʼriy toʻplami „Koʻklam tabassumi“ nomi bilan nashr etilgan. Shundan keyin birin-ketin „Alyor“, „Atirgul soyasi“, „Roz“, „Kuz hiloli“, „Qadimgi kuy“, „Nuqtadan soʻng“, „Toqat“, „Yonayotgan yoʻl“, „Yomgʻirlar oralab“, „Sarbast qoʻshiqlar“, „Sevgi olmoshi“, „Sevilmagan mening sevgilim“, „Gul yillar, bulbul yillar“ kabi sheʼriy va „Asrlarning asraganlari“ nomli nasriy asarlari nashrdan chiqqan. Shoir tarjima sohasiga ham oʻz hissasini qoʻshgan. Jumladan, Bayronning „Don Juan“, Haynrix Haynening „Qoʻshiqlar kitobi“ asarlarini olmonchadan tarjima qilgan. Rus tilidan Pushkin, Lermontov, Nekrasov, Axmatova, Charents, Tvardovskiy kabi shoirlarning sheʼrlarini oʻzbek tiliga oʻgirgan. Shuningdek, u «Axloqshunoslik» va «Estetika» fanlaridan oʻquv qoʻllanmalar va darsliklar muallifi.
Abdulla Sher 2000-yilda Oliy ta’lim a’lochisi koʻkraknishoni bilan taqdirlangan. 2023-yilda unga Oʻzbekiston xalq shoiri unvoni berilgan.
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
139
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
107
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
149



