14.05.2025 | 16:50
946
BOR BO‘L, QOZOQ BOVURIM!
Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan X Xalqaro she’riyat va musiqa festivali turkiy tilli mamlakatlar adabiyot va san’at sohasi vakillarini o‘z bag‘riga chorladi.
Bu galgi festival tashkilotchilari Turkiyaning Chukurova adabiy uyushmasi, Qozog‘istonning “Muqali” xalqaro xayriya fondi va “AR” nashriyot uyi bo‘ldi.

Festivalda Turkiya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Tatariston, Boshqirdiston, Sharqiy Turkiston (XXR), Mo‘g‘uliston, Mojariston, Qorachoy, Dog‘iston, Oltoy, Yoqutiston, shuningdek, Iroq delegatsiyalari ishtiroki ko‘zda tutilganining o‘zi ham uning miqyosini ko‘rsatib turibdi.
Festivalning rasmiy ochilishi o‘zgacha bir shukuh va tantanavorlik kasb etdi. Mezbon qardoshlarimiz milliy kuy va qo‘shiqlar ohangi jo‘rligida bizni Qozog‘iston Milliy kutubxonasida kutib oldi.
So‘zga chiqqan har bir yurt vakili festival ishtirokchilarini o‘z ona tilida qutlar ekan, turkiy birligimiz, yakdilligimiz, kelgusida adabiyotimiz xazinasini boyitmoq, o‘zaro do‘stligimizni mustahkamlamoq yo‘lida hamkorlikda amalga oshirmog‘imiz lozim bo‘lgan rejalariga to‘xtaldi.
Festival kunlarida biz qozoq xalqining taniqli san’at ustalari ishtirokidagi konsertdan bahramand bo‘ldik, xalq cholg‘u sozlari muzeyini borib ko‘rdik. Tadbir tashkil etilgan Qozog‘iston Milliy kutubxonasidagi nodir kitoblar jamlanmasi bilan tanishib ma’naviy boyidik, o‘zimiz uchun katta ilmiy manba oldik.
Ma’lumki, Abay Qo‘nanboyev qozoq adabiyoti va qozoq tiliga asos solgan buyuk oqin. Shoirning she’r-u dostonlari, nasriy asarlari, tarjimalari qozoq xalqining milliy-ma’naviy iftixori sanaladi. Abay xalqlarni do‘stlik va birodarlikka, hamjihatlikka chaqirgan, tinchlik va osoyishtalikni, mehr-muhabbatni ulug‘lagan.
Festival davomida Abay tavalludining 180 yilligi ham keng nishonlandi. Xususan, qozoq adabiyoti va san’atining atoqli namoyandalari, olimlari ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazildi. Unda turk, o‘zbek, qirg‘iz, ozar ijodkorlari ham o‘z ijod namunalari bilan ishtirok etdi.
Quvonarli holat shuki: bizga tarjimonning keragi bo‘lmadi. Turkiy yurak bilan bir-birimizni angladik, turkiy ohanglar jon tomirlarimizgacha yetib bordi, turkiy birligimiz yo‘lida, kichik bo‘lsa-da, yana bir qadam qo‘ydik.
Adabiy tadbirlarning birida ismi menga yaqin tuyulgan asl ozar farzandi bo‘lgan Navoiy Metin (Nevai Metin) bilan suhbatlashganimda u shunday fikrlarni aytdi: “Otamning ulug‘ shoir Mir Alisher Navoiy hazratlarining ijodiga muhabbati baland bo‘lib, havas ila menga Navoiy deya ism qo‘ygan. Mening ham o‘zbek she’riyatiga, adabiyotiga mehrim cheksiz. Mumtoz adabiyotingizdan boshlab, Abdulla Orif, Erkin Vohidov va bugungi kun o‘zbek ijodkorlarigacha sevib mutolaa qilaman. Bugun ularning ko‘pi bilan do‘st-u qadrdon, og‘a-inimiz. Aslida ham biz turkiy tilli millatlar qadimdan bir xalqmiz. Tariximiz, tilimiz, urf-odatlarimiz, milliy qadriyatlarimiz uyg‘un. Bizni birlashtiradigan ana shu jihatlarni yanada yaqinlashtirib, kamol toptirmog‘imiz, yelkama-yelka turib, bir-birimizni qo‘llab-quvvatlamog‘imiz lozim”.
Olmaotaning diqqatga sazovor joylarini ziyorat qilarkanman, go‘zal va maftunkor tabiatga aholining munosabatiga havas qildim. Ko‘chalar ravon, nihoyatda ozoda, e’tiborsiz qoldirilgan hududni ko‘rmaysiz. Biz qardoshlarimizdan bu jihatdan o‘rnak olsak arziydi.
Bugungi alg‘ov-dalg‘ov, taloto‘p dunyoda atrofga boqib, ilkingni mustahkam tutguvchi bir do‘st qidirasan. Ayni shu dildoshni qadim ildizlaring, daryolaring tutash, tomiringdagi qoning bir bo‘lgan qondoshing, qardoshing, bovuring timsolida ko‘rish odamga behad kuch va quvonch bag‘ishlaydi. Adabiyot, she’riyat, san’at esa o‘z o‘rnida xalqlarimiz o‘rtasidagi azaliy va adabiy do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlash yo‘lida kamarbasta bo‘lib xizmat qiladi.
Zilola XO‘JANIYOZOVA,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi
“Jadid” gazetasining 2025-yil 9-maydagi 19-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
37
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
120
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
312



