Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


13.04.2024 | 14:59

img351

VAQT MUSRIFLARI

Bolalaligimizdan “Nonni isrof qilma!”, degan pandni deyarli har kuni eshitganmiz va u qon-qonimizga singib ketgan. Yerga tushib yotgan urvoqni ko‘rsak, bir chetga olib qo‘ymasdan o‘tib ketolmaymiz. Lekin nondan boshqa narsalarning uvoliga ko‘pda e’tibor qilmaymiz. Ayniqsa, Vaqtning. Afsuski, dunyoda eng ko‘p isrof bo‘layotgan narsa bu Vaqtdir.  Vaqt nomoddiy, uni qo‘l bilan ushlab, ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi. Shu bois Vaqtni qanday isrof qilayotganimizni his etmaymiz. Ammo u shamshir kabi bizning imkonlari­mizni qiymalab boraveradi. Modomiki gap nonni isrof qilmaslik haqida ketar ekan, uning mohiyati rizqqa borib bog‘lanadi. Agar non deb emas, rizqni isrof qilma deyilganida, ehtimol, uvoldan shunchalik qo‘rqmagan bo‘larmidik… Har holda non kundalik zaruratki, uni iste’mol qilmay yashay olmaymiz. Lekin, taassuflar bo‘lsinki, vaqtimizning uvolidan qo‘rqmaymiz. Ba’zan ko‘cha-ko‘yda behuda sandiroqlab yurgan yoshlarni yoki mahalladagi taxta o‘tirg‘ich(skameyka)da vaqtini o‘tirib o‘tkazadigan ayollarni ko‘rsam, nahotki ular o‘zlariga berilgan umrning qadriga yetmasalar, degan xayolga boraman. Bir inson erishishi mumkin bo‘lgan imkonlarning zoye ketganiga achinmaydimi ular? Orzulari-chi? Orzularining necha foizi amalga osharkan bu o‘tirishda? Isrof qiluvchilar dinda musriflar, deyiladi. Musrif arabcha “isrof” so‘zidan olingan bo‘lib, Alloh bergan ne’matlarni ishlatishda haddan oshganlar, degan ma’noni bildiradi. Demak, vaqtni isrof qilguvchilar vaqt musriflaridir. Vaqt – Qodir zot dunyoga taqdim qilgan eng arzon, shu bilan birga, eng bebaho boylik. Biz esa, ana shu boylikdan ulush olgan mulkdorlarmiz. Agarki, o‘z mulkimizni o‘zimiz talon-toroj qilmasak, hayotning bizga atalgan jami saodatiga sohib bo‘lmog‘imiz bor. Ammo har kimning baxti ham, baxtsizligi ham o‘z bo‘ynidadir.

Muhayyo RUSTAM qizi

“Jadid” gazetasi 2024-yil 15-mart 12-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img76

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img592

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img590