21.05.2025 | 15:42
1022
“ZED”AVLODNI YAXSHI KUTIB OLING!
Bugun dunyo sahnasida yangi qahramonlar paydo bo‘ldi. Ular raqamli olamda tug‘ildi, internet bilan birga ulg‘aydi. Ular voyaga yetganda YouTube allaqachon mavjud edi.

Bu avlod boshqalar kabi telefonni faqatgina aloqa vositasi emas, balki shaxsiy yordamchisi, o‘z fikr va hissiyotlari, bilim va tajribasini ulashuvchi ijodiy maydon, vaqti-vaqti bilan terapevt, ko‘ngilochar, hatto daromad keltiruvchi vosita sifatida ham ko‘radi.
“Zed” avlod vakillari birdaniga bir nechta ilovadan foydalanib, ayni paytda “kontent” yaratishni, uni minglab, millionlab kishilarga namoyish etishni, qo‘lidagi telefon, o‘zi yuritadigan blog yordami bilan jamoatchilik fikriga ta’sir o‘tkazishni eplaydi.
Albatta, ularning qobiliyatini faqat texnologiyalar bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Bu avlod o‘tkir hissiyotli, tanqidiy fikrlovchi, erkinlikni hamma narsadan ko‘proq qadrlovchi va eng muhimi, o‘z ovozining baralla yangrashini, tinglanishini, inobatga olinishini istaydigan xilidan. Ular jim yashashni emas, qoliplar, stereotiplar nima uchun borligini bilishni istashadi, ularni buzishga intilishadi. Umumiylikdan, bir xillikdan qochib, o‘ziga xoslikka talpinishadi…
Balki shuning uchun ham boshqa avlod vakillariga ular g‘alatidek tuyular. Chunki bugunning bolalari hayotni ilgari bo‘lmagan shaklda his qilishmoqda. Ular atrofdagi muammolarga ko‘z yuma olmaydi, o‘zi yashayotgan jamiyatni, mamlakatni, jahonni, Yerni o‘zgartirish, bugungidan-da yaxshiroq qilishga harakat qiladi.
“Zed” avlod vakillarini eshitish, tushunish va eng muhimi – ishonish kerak. Ular kelajak emas, allaqachon bugunning o‘zida o‘zgarish boshlayotgan kuchdir. Katta hayotga qadam qo‘yishga, osmon-osmon orzularini amalga oshirishga intilayotgan bu o‘smirlarning ko‘ksidan itarish, kamsitish emas, qo‘llab-quvvatlash, himoya qilish, yo‘l ko‘rsatish – vazifamiz.
Abbos GʻULOMJON o‘g‘li
Facebook
“Jadid” gazetasining 2025-yil 16-maydagi 20-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
140
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
149
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
345



