Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


12.05.2025 | 09:39

img569

“KUTIB OL, DUNYO…”

O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi muassisligida 2024-yildan buyon chop etib kelinayotgan “Vatan” ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-ma’rifiy jurnali qisqa fursatda keng jamoatchilikning diqqat-e’tiborini qozondi. Bugungi kunda ushbu nashr nafaqat yurtimizda, balki xalqaro intellektual doiralarda ham katta qiziqish bilan qarshi olinmoqda.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, Yangi O‘zbekistondagi yangilanish jarayonlari, Vatanimiz tarixi va bugungi rivojlanish holati haqidagi tahliliy maqolalar jurnal sahifalaridan keng o‘rin olgan. Nashrda yetakchi siyosatshunoslar, ziyolilar, tadqiqotchi, yozuvchi va jurnalistlarning eng sara maqolalari muntazam e’lon qilib boriladi.

Xususan, jurnalning 5-sonida ko‘tarilgan dolzarb mavzudagi materiallar, mualliflar tomonidan fikrchan chiqishlar dizayn uyg‘unligida nashrning o‘ziga xos uslubga ega ekanini ko‘rsatadi.

“Vatan” sahifalarida mamlakatimizning barcha sohalardagi muvaffaqiyatlari, milliy qadriyatlarimiz, ilm-fan va madaniyat yangiliklari, qardosh xalqlar ziyolilarining fikr-mulohazalari hamda tarixiy manzaralar chuqur tahlil qilingan holda yoritilgan.

Nashrda Qudratilla Rafiqov, Rahmatilla Sheraliyev, Serik Belgibayev, Yuliy Yusupov, Tolibjon Nizom, Rustam Aziziy kabi o‘z sohasining yetakchi mutaxassislari tomonidan siyosiy, tarixiy va ilmiy tahlillarga asoslangan maqolalar o‘rin olgan. Ularning fikr-mulohazalari jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Jurnal o‘z oldiga yurtning ma’naviy va madaniy merosini targ‘ib qilish, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi muhim voqealarni tahlil qilish, vatanparvarlik g‘oyalarini mustahkamlash va yosh avlod qalbida milliy g‘urur hamda Vatanga muhabbat tuyg‘ularini shakllantirishni maqsad qilib qo‘ygan.

“Vatan” bugungi axborot va ma’naviy targ‘ibot makonida barcha sohalarni qamrab olgan holda mamlakatimizning ma’naviy taraqqiyotini atroflicha yoritib berayotgan muhim nashrga aylanib bormoqda.

Jurnal chet ellik mualliflarning fikr-mulohazalarini taqdim etib borishi bilan ham ahamiyatlidir. Ular yurtimizda kechayotgan jarayonlarga munosabat bildirib, xalqaro hamkorlik, o‘zaro hamjihatlik va islohotlarga ochiq munosabat orqali jamoatchilik  fikrini  shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.

Qisqacha aytganda, “Vatan” tarix va taraqqiyot o‘rtasida mustahkam ko‘prik vazifasini o‘tayotgan, ma’naviy yetuklikka chorlovchi manbaga aylanib ulgurdi. Jurnalning joriy yildagi yangi sonida chop etilgan “Kutib ol, dunyo”, “Sadoqat, matonat va vafo timsoli”, “Vatan muhabbati ila yurtlar obod bo‘lur”, “Turkiston qayg‘usi”, “Markaziy Osiyo: kecha va bugun” kabi maqolalar bugungi kun shiddatini kechagi kun bilan uyg‘unlashtirib aks ettiradi.

Yangi zamon nafasi ufurib turgan jurnalning yangi sonini kutib oling, muhtaram o‘quvchi!

Zarnigor IBROHIMOVA

“Jadid” gazetasining 2025-yil 9-maydagi 19-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img82

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img132

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img324