Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


13.04.2024 | 15:21

img703

O‘ZBEKISTONNING “YUMSHOQ KUCH”I

2016-yil prezidentlik lavozimiga kelgan Shavkat Mirziyoyevning islohotlari natijasida tarixiy Turkiston jug‘rofiy mintaqasining yuragidan joy olgan O‘zbekiston nomi tez-tez tilga olinmoqda. Bu holat ushbu mamlakat o‘zining muazzam ta’sir imkoniyatlarini anglab yetgani va ularni namoyish eta boshlagani bilan izohlanadi. “Yangi O‘zbekiston” g‘oyasi bilan muhim yangilanish jarayonini boshlab bergan Shavkat Mirziyoyev siyosati allaqachon olimlarning tadqiqot mavzusiga aylanib ulgurdi. O‘zbekiston yetakchisining tashabbuslaridagi o‘rnak olinishi kerak bo‘lgan muhim jihatlardan biri “yumshoq kuch” siyosatidir.

Konstruktiv va muvozanatli tashqi siyosat olib borayotgan Prezidentning oqilona diplomatiyasi 7 yil avval mintaqada mavjud bo‘lgan keskin muhitni bartaraf etdi. O‘zbekiston nafaqat qo‘shni davlatlar bilan barcha sohalarda hamkor­likni rivojlantirdi, balki Turkiya, Ozarbayjon va Vengriya kabi olis qardoshlari bilan ham aloqalarini yuqori darajaga ko‘tarishga muvaffaq bo‘ldi. Qolaversa, Shavkat ­Mirziyoyev ma’muriyati rivojlangan davlatlar bilan ham namunali aloqalarni yo‘lga qo‘yib, muvozanatli siyosat olib borishga e’tibor qaratmoqda.

Bu jarayonda O‘zbekiston tomonidan “yumshoq kuch” elementlaridan foyda­langan holda ishlab chiqilgan siyosatning muvaffaqiyatlari yaqqol ko‘zga tashlanadi. Chunki yangicha boshqaruv davrida mamlakat barcha sohalar qatori ta­rix, madaniyat va turizm yo‘nalishlarida ham jiddiy rivojlanish jarayoniga qa­dam qo‘ydi. Natijada O‘zbekiston xalqaro jamoatchilik hurmatiga sazovor, sayyoh­lar, investorlar va tadqiqotchilar uchun jozibali hamda ta’sirchan mamlakatga aylanmoqda.

“YUMSHOQ KUCH”NING AHAMIYATI

O‘tgan asrning 80-yillari oxirida Harvard universiteti professori Jozef Nay tomonidan fanga kiritilgan “yumshoq kuch” tushunchasi biror mamlakatning o‘z siyosiy, iqtisodiy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish va boshqa mamlakatlarning muno­sabatiga ta’sir qilish uchun o‘zaro madaniy aloqa, jozibador qadriyatlar va diplomatik munosabatlardan keng foydala­nish qobiliyati sifatida ta’riflangan. Bugun “yumshoq kuch”ning muvaffaqiyatli amali­yotini butun dunyoda uchratish mumkin. Markaziy Osiyoda bu boradagi ilk namunali faoliyat O‘zbekistonda olib borilayotganini alohida ta’kidlash lozim. Mamlakatning boy merosi, kengayib borayotgan madaniy hamkorliklari, izchil va tinchliksevar tashqi siyosati allaqachon muhim jozibali unsur sifatida namoyon bo‘lmoqda. O‘zbekiston tarixiy shaxs­lar, cheksiz madaniy boyliklar, sayyohlik imkoniyatlari, ulkan iqtisodiy salohiyat, mehnatkash aholi va strategik joylashuvga ega. Ana shu omillardan o‘rinli foydalangan O‘zbekiston rahbariyati xalqaro jamoatchilik nazarida sezilarli yutuqlarga erishmoqda.

O‘ZBEKISTONNING BREND SHAHARLARI

Har bir qarich yerida tarix ufurib turgan O‘zbekistonning qadimiy shaharlari “yumshoq kuch” elementlarining eng muhim belgilaridan hisoblanadi. Bu shaharlar tarixda ham shoir va yozuvchilar ijodida tez-tez tilga olingan. Hofiz Sheroziyning “Agar ko‘nglimni shod etsa o‘shal Sheroz jononi, Qaro xoliga baxsh etgum Samarqand-u Buxoroni” misralari bundan roppa-rosa olti asr oldin yozilgan. O‘zbe­kis­tonda bu kabi she’r, qo‘shiq va dostonlarga mavzu bo‘lgan o‘nlab dong‘i ketgan shaharlar mavjud.

So‘nggi paytlarda Shavkat Mirziyoyevning tashabbus­lari bilan bu shaharlar qayta tiklanib, diplomatiya, turizm, ta’lim, festival va kongresslar markaziga aylantirilmoqda. Buxoroda qurilgan “Ko‘hna va boqiy Buxoro” obidasi, Namangandagi “Afsonalar vodiysi” madaniyat va istirohat bog‘i, poytaxtdagi “Toshkent city”, Samarqandda barpo etilgan “Boqiy shahar” majmuasi va qad rostlagan yangi mehmonxonalar fikrimizni tasdiqlaydi. Bugungi Samarqand ham ajoyib o‘tmishga, ham zamon talabla­ri­ni o‘zida mujassam etgan, yuksak saviyadagi tadbirlarni o‘tkazish uchun barcha zarur sharoit va infratuzilmaga ega noyob shahar sifatida yangi mavqe va nufuz kasb etdi. O‘zbekiston hukumati tomonidan ko‘plab xalqaro sammitlar va davlat tashriflari uchun aynan Samar­qand shahrining tanlanayotgani ham ana shu o‘zgarishlar samarasidir. Bularning barchasi davlatning “yumshoq kuch” siyosatining tarkibiy qismi deb aytishimiz mumkin.

Samarqandning 2023-yilda Jahon sayyohlik poytaxti sifatida tanlangani va YUNESKO o‘zining Bosh konferensiyasi sessiyasini so‘nggi 40 yil davomida birinchi marta xorijda, aynan Samarqandda o‘tkazishga qaror qilgani bejiz emas. Ayni paytda O‘zbekiston Buxoro, Xiva, Qo‘qon, Shahrisabz kabi brend shaharlarini ham xuddi shu yo‘nalishda rivojlantirish orqali o‘zining “yumshoq kuch”ini boyitib bormoqda. Afg‘oniston bilan chegaradagi Termiz shahri ham tarixiy vazifani bajaryapti. Bu kent Afg‘onistonda ta’lim olish imkoniyatini topa olmagan yigit va qiz talabalar uchun ziyo markaziga aylandi. Bu kabi o‘zgarishlar natijasida Yangi O‘zbekiston tez orada Buyuk Ipak Yo‘lining eng yorqin marvaridlarini namoyish etuvchi noyob manzilga aylanishi shubhasiz.

O‘ZBEKISTONNING MADANIY QADRIYATLARI

“Yumshoq kuch”ni tashkil etuvchi yana bir muhim omil bu – madaniyatdir. Mamlakatning tili, adabiyoti, san’ati, sporti, gastronomiyasi, tabiati va boshqa madaniy unsurlari uning xalqaro doiradagi jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi. O‘zbekistondagi o‘zgarishlar jarayonida madaniy qadriyatlarni namoyish etuvchi xalqaro festivallar va tadbirlar soni ko‘paygani e’tiborga molik. Bunday tadbirlar madaniyat va san’atni targ‘ib qilish bilan birga, sayyohlarga o‘zbek sivilizatsiyasi durdonalarini yaqindan kuzatish imkonini ham beradi. O‘zbekistonda o‘tkazila­yotgan xalqaro festivallarda maqom va baxshichilik, raqs an’analari, hunarmandchilik, gulchilik, gastro­nomiya, kino, ipakchilik kabi qadriyatlar keng tarannum etil­moqda. Ularning bevosita hukumat rag‘bati va ko‘magida o‘tkazilayotgani esa O‘zbekiston “yumshoq kuch”ining madaniy asoslarini rivojlantirishga qat’iy qaror qilgani­dan dalolatdir. Prezidentning 2023-yil iyuldagi qarori bilan o‘zbek askiya va milliy qiziqchilik san’atini targ‘ib qilish maqsadida har ikki yilda bir marta o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Tabassum” xalqaro kulgi festivali bu yo‘nalishdagi so‘nggi muhim yangiliklardan biri bo‘ldi.  

TABASSUM DIPLOMATIYASI

Yangi O‘zbekistonning obro‘-e’tiborini tobora yuksalti­rib borayotgan muhim xususiyatlardan yana biri bu mamlakatning murosa va yechimga asoslangan tinchliksevar tashqi siyosatidir. Prezident Shavkat Mirziyoyevning chet elga tashriflari va xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlarida e’tiborga sazovor bo‘lgan jihat – u kishining yuzidan aslo arimaydigan tabassumdir. Zero, bir o‘zbek maqoli­da aytilganidek, “Ochiq chehra – boldan shirin”. Xorijiy davlat rahbarlarining O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida diplomatik nazokatni eng yuqori darajada aks ettiruvchi kutib olish dasturlari ham e’tiborga molik. Rasmiy dasturlardan tashqari, O‘zbekistonning boy qadriyatlarini aks ettiruvchi madaniy chiqishlar barchani hayratga soladi. Xitoy, Fransiya va Qatar yetakchilarining Samarqandga tashriflari chog‘ida, shuningdek, Ozarbayjon va Turkiya Prezidentlarining tarixiy Xiva shahrida kutib olinishida namoyish etilgan tantanali madaniy dasturlar xalqaro ommaviy axborot vositalari tomonidan havas bilan kuzatilgani rost.

YANGI O‘ZBEKISTONNING INSONPARVARLIK DIPLOMATIYASI

 2023-yil 6-fevral kuni Turkiyaning Qahramonmarash shahrida sodir bo‘lgan va 11 viloyatni larzaga solgan mud­hish zilziladan so‘ng Yangi O‘zbekistonning insonparvarlik diplomatiyasi yaqqol namoyon bo‘ldi. Zarur resurslar safarbar etilib, o‘zbek qutqaruvchilari Toshkentdan uchib bordi. Xatayning Ovakent mahallasidagi jabrdiydalarga ko‘mak ko‘rsatilib, yaradorlarni davolash, oziq-ovqat bilan ta’minlash, issiq ki­yim-kechak, dori-darmon tarqa­tish kabi insonparvarlik va hamjihatlik faoliyatlari amalga oshirildi.

YANGI O‘ZBEKISTON MAKTABLARI

Prezident Shavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelgani­dan so‘ng alohida e’tibor qaratilib, izchil rivojlanayotgan soha – ilm-fan va ta’limdir. O‘tgan yili yangilangan O‘zbekiston Konstitutsiyasidagi eng muhim o‘zga­rish­lardan biri ham o‘qituvchilarning kasbiy maqomiga alohida e’tibor qaratilgani bo‘ldi. Yangi davrda poydevori qo‘yilgan va tarixda bo‘lgani kabi yurtning yorug‘ kelajagini barpo etuvchi iqtidorli o‘quvchilarni tarbiyalashga qaratilgan Prezident maktablari ham bu borada e’tiborga molik yangilikdir. O‘zbekiston ilm-fan va ta’lim sohasida erishayotgan yutuqlarini qo‘shni va qardosh davlatlar bilan o‘rtoqla­shishni ham e’tibordan chetda qoldirayotgani yo‘q. 2020-yili O‘zbekiston Prezidentining tashabbusi bilan Tojikistonda maktab qurilib, tojik xalqiga sovg‘a qilingan bo‘lsa, 2022-yil Qirg‘izistonda ham O‘zbekis­ton mablag‘lari hisobidan maktab barpo etildi. Shuningdek, Ozarbayjonning Fuzuliy shahrida O‘zbekis­ton rahbari tashabbusi bilan barpo etilgan va ming nafarga yaqin o‘quvchi tahsil olishiga mo‘ljallangan maktabda joriy yil ta’lim jara­yoni boshlab yuborildi. Maktabga jahon tarixida muhim o‘rin tutgan buyuk siymo – olim va davlat arbobi Mirzo Ulug‘­bek nomi berildi. Ushbu ta’lim diploma­tiyasi o‘zbek madaniyati va tarixini qadrlaydigan, Uchinchi Renessans davrini tushunadigan va O‘zbekistonga do‘st bo‘lgan ziyolilar va olim­larni tayyorlashga xizmat qiladi.  Yuqorida bildirilgan fikr-mulohazalardan kelib chiq­qan holda, O‘zbekistonda “yumshoq kuch” siyosati muvaffaqiyatli va namunali shaklda olib borilayotganini ta’kidlash zarur. Umuman olganda, bunday siyosat mu­vaf­faqiyatli amalga oshirilsa, hamkor davlatlarning qardoshlarimiz bilan yaqinlashish istagi ortib, islohotlar xalqaro miqyosda tan olinadi. Inchunin, “yumshoq kuch” nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak, 2023-yilni Yangi O‘zbekistonning e’tirof sanasi deb hisob­lashimiz mumkin. Zero, Prezident Sh.Mirziyoyevning ketma-ket ikki nufuzli xalqaro tashkilot mukofotlari – Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining faxriy nishoni va Turkiy davlatlar tashkilotining “Turk dunyosi Oliy ordeni” bilan taqdirlangani O‘zbekiston rahbarining 7 yillik muvaffaqiyatli faoliyati natijasidir.

Ahmet AKALIN, Turkiya televideniye va radio oliy kengashi (RTOK) mutaxassisi

“Jadid” gazetasi 2024-yil 15 -mart 12-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img86

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img599