30.05.2025 | 16:50
718
“SALFETNITSA” EMAS – “SOCHIQDON”, “GRAFIN” EMAS – “TUNCHA”
Aziz mushtariy, nutqimizdagi har jumlaning birida qo‘llayotganimiz ajnabiy so‘zlar sizni ham bezovta qilayotgan bo‘lsa kerak. Ehtimol, ularning tilimizdagi muqobili bor-yo‘qligi haqida o‘yga ham tolgandirsiz. Biz ham shunday qilamiz: begona kalomlarga peshonamiz urilaverib, yo o‘zbekcha muqobilini topish, yo o‘sha ma’noni beradigan yangi so‘z yasash kerakligini ko‘p o‘ylaymiz.
Holbuki, bu istakni kichik bo‘lsa-da amaliy harakatlargina ro‘yobga chiqara oladi. Shu bois ona tilimiz xazinasini bittaga bo‘lsa ham boyitish maqsadida ayrim muqobil va yasalgan so‘zlarni taklif sifatida o‘rtaga tashlamoqchimiz. Umid qilamizki, bu so‘zlar o‘rtamizda qolib ketmaydi, iste’molga chiqadi.

Umumiy ovqatlanish maskanlarida asosan qog‘oz sochiqlardan foydalanamiz. Har bir stol ustida kamida bittadan sochiqchalar solingan matoh turadi. Odamlar uni ruschadan shundoqqina olingan “salfetnitsa” so‘zi bilan atashadi. Vaholanki, mazkur buyumning o‘zbekcha muqobilini yasash qiyin emas. Shunchaki, “sochiq” o‘zagiga “-don” so‘z yasovchi qo‘shimchasini qo‘shamiz, tamom. Ana sizga yangi so‘z – sochiqdon! Axir tilimizda “-don” qo‘shimchasi bilan yasalgan so‘zlar talaygina: tuzdon, guldon, kuldon va hokazo.
Uy-ro‘zg‘or buyumlari sirasiga kiruvchi, dasturxonimizni bezab turadigan yana bir buyum bor. Suyuqlik (masalan, sharbat, suv va hokazo) solinadigan bu idishni ham negadir “grafin” deb ataymiz. Ammo uni yuqoridagidek so‘z yasash orqali o‘zbekchalashtirmoqchi emasmiz. Chunki “grafin” faqat bir turdagi ichimlik uchun ishlatilmaydi. Demak, “sharbatdon” yoki “suvdon” shaklida so‘z yasash o‘zini to‘la oqlamaydi. Qolaversa, “-don” qo‘shimchasi ichimlik ma’nosini anglatuvchi o‘zakka qo‘shilib so‘z yasaganini deyarli kuzatmaganmiz (Nofaol qo‘llaniladigan “suvdon” leksemasi istisno bo‘lishi mumkin).
Hozirgi o‘zbek tili lug‘atini boyitish uchun ba’zan arxaik so‘zlarga qayta jon kiritishga to‘g‘ri keladi. O‘tgan asrlarda “tuncha” deb ataladigan va grafin bilan ayni vazifani bajaradigan idish bo‘lgan. O‘zbekiston amaliy san’at muzeyiga yo‘lingiz tushsa, tunchaning shakl-shamoyilini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishingiz va boshqa bir talay uy-ro‘zg‘or buyumlarining o‘zbekcha nomlarini bilib olishingiz mumkin.
Aytishlaricha, Xorazm viloyatidagi ba’zi shevalarda “tuncha” hamon so‘zlashuvda qo‘llaniladi. Biroq mazkur so‘z hozirda asrlar avvalgi ma’nosidan biroz o‘zgarganini ham ta’kidlash lozim.
Shohrux USMONOV
“Jadid” gazetasining 2025-yil 23-maydagi 21-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
134
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
147
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
340



