20.03.2024 | 12:33
378
TELEFON BALO EMAS, BALOGARDONGA AYLANSIN!
Xuddi kechagidek yodimda. Toshkentning Eski shaharidagi tor ko‘chalardan birida yashardik. Ziyolilar oilasi bo‘lsa ham xonadonimiz jihozlari u qadar boy emasdi. O‘sha paytlar qulog‘imizga qo‘shnimiz televizor sotib olgani haqidagi gap-so‘zlar chalinib qoldi.

Bola emasmizmi, juda qiziqdik. Bir kuni qo‘shnimiz oilamiz bilan televizor tomosha qilishga chaqirdi. O‘shanda ukam ikkimiz qanchalar hayajonlanib, hayratga tushganimiz hozirgidek esimda… bugun esa nevaralarimni uncha-muncha yangilik bilan hayratga solib bo‘lmaydi. Ular texnikaning ichiga shu qadar sho‘ng‘ib ketishganki, istagan telefon, smartfon, kompyuter deganlarini bir zumda “o‘zlariniki” qilib olishadi.
Ha, bugun farzandlarimiz uchun hech qanday axborot tanqisligi sezilmaydi. Ular har qanday rusumdagi telefon va kompyuter bilan bir zumda tillashib oladi. Hatto endi atak-chechak qila boshlagan bolakay ham telefonni “taniydi”. Xo‘sh, bunday holat yaxshimi-yomonmi?
Bugungi kunda hayotimizni smartfonsiz tasavvur qilish qiyin. Ammo bola telefonga bog‘lanib qolmasligi uchun undan qanday qilib oqilona foydalanishni kattalar o‘rgatishi kerak.
Bola maktabda yarim kun, ba’zan esa undan ham ko‘p vaqtini o‘tkazadi. Ota-ona uchun bu fursatda bolaning xavfsizligi, darslar tugagach esa kechikmay uyga kelishi muhim. Maktabda telefon kerakmi? Bir tomondan, bola dars paytida telefondan lug‘at yoki elektron kitobdan foydalanishi mumkin.
Mening boshlang‘ich sinflarda o‘qiydigan farzandlarim biz bilan bog‘lanib turishi uchun maktabga simkartali GPS-soat taqib ketadi. Ularning smartfoni bor, lekin hali maktabga olib borishiga ruxsat bermayman, undan faqat uyda foydalanishadi.
Kichik yoshdagi bolalar o‘zlarining vaqt va istaklarini nazorat qila olmaydilar, shu sababli ularni ota-onasi nazorat qilishi kerak bo‘ladi. Xayriyatki, buning uchun juda ko‘p vositalar mavjud. Masalan, hozirda maxsus dasturlar bolaning telefonda o‘tkazadigan vaqtini chegaralash, ma’lum o‘yin va dasturlar uchun alohida cheklovlar o‘rnatish, kunning ma’lum qismi uchun telefon imkoniyatlarini qisqartirishda yordam beradi.
Suhrob FAYZ,
Toshkent shahri
Shubhasiz, bugun telefon nafaqat kattalar, balki bolalar uchun ham suv va havodek zarur matohga aylandi. Istagan odam bilan gaplashish, istagan ma’lumotni olish, hatto filmlar-u suratlarni tomosha qilish mumkin. Eng yomoni, ana shu istagan narsani topish mumkinligida. Chunki kattalar qo‘l telefondan foydalanishda yaxshini yomondan, zarurni nozarurdan bemalol farqlay oladilar, ya’ni o‘zlari uchun muhimini tanlaydilar. Farzandlarimiz-chi? Bugungi kundagi eng og‘riqli joyimiz, asosiy hadigimiz shu. Chunki nafaqat oilalardagi kattalarda, balki bog‘cha yoshidagi bolalarda ham telefon-u planshetlar bor. Va ular bu qurilmalardan bemalol foydalanadilar. Ya’ni telefondagi yaxshi-yomon ma’lumotlar, maza-bemaza filmlar, kliplar, ko‘ngilochar tomoshalarni ko‘rishga imkoniyatlari bor. Demak, bugun telefon nafaqat qulaylik manbai, balki tarbiyaga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi, bola psixikasining buzilishiga sabab bo‘luvchi asosiy vositaga ham aylanib qoldi. Shubhasiz, bu ota-onalarni, jamoatchilikni tashvishga soluvchi holat. Ana shu holatda biz maktabda o‘qiydigan va maktab yoshidagi farzandlarimizni bu balodan qanday muhofaza qilamiz? Umuman, muhofaza qila olamizmi?! Juda murakkab vaziyat. Bugun bu vaziyat nafaqat bizni, balki butun dunyo ahlini o‘ylantirayotgani sir emas. Albatta, har bir davlat o‘z dunyoqarashi, tafakkur doirasidan kelib chiqib mavjud vaziyatga munosabat bildiradi. Masalan, ayni paytda Bangladeshda maktab va kollej o‘qituvchi va o‘quvchilarining mobil telefondan foydalanishlari taqiqlangan. Avstraliya, Viktoriya, Tasmaniya hududlarida, Fransiya, Ispaniya, Chexiya kabi davlatlarda bolalarning mobil telefondan foydalanishlariga cheklovlar qo‘yilgan.
Ta’lim majburiy bo‘lgach, tarbiya ham majburiy bo‘lishi kerak.
Cho‘ntagida qo‘ltelefon bilan darsga kirgan bolaning yonida bamisli shayton o‘tirgan bo‘ladi. O‘quvchining diqqati bo‘linadi, xayoli qochadi, bu holat, albatta, uning o‘zlashtirishini yo‘qqa chiqaradi.
Bir kosa asalni bitta pashsha makruh qilganiday, ming yillik odob-axloq an’analarini bitta shu telefon buzyapti.
O‘qituvchini mensimaslik, masxaralash, o‘zaro bema’ni hazillar qilish bilan vaqt o‘tkazgan “tolibi ilm” ertaga qanday qilib yuksak ma’naviyatli bo‘lishi mumkin? Bu baloni qat’iy jilovlash shart!
Muhammadjon IBRAGIMOV,
Oltiariq tumanidagi 43-maktab
ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
Belgiya va Buyuk Britaniyada bu borada taqiqlash masalasi har bir maktabning kuzatish va vasiylik kengashlari qarori asosida qabul qilinadi. Xitoyda esa o‘quvchilar ota-onaning yozma roziligisiz maktabga telefon olib kirishi taqiqlanadi. Janubiy Koreya maktablarida mobil aloqa vositalaridan foydalanish qat’iyan man etilgan.
Qo‘shni davlatlar – Qozog‘iston va Tojikistonda ham o‘quvchi va talabalar maktab, kasb-hunar, o‘rta ta’lim muassasalarida mobil telefon, peyjer, plener, planshet, smartfon, Ipad, Ipod modemlardan foydalanishlariga ruxsat yo‘q.
Xo‘sh, bunday taqiqlarning foydasi bormi? Bu masalada turli qarashlar bor. Chunki taqiqlar bahs-munozaralarni keltirib chiqarmoqda. Lekin, shunisi aniqki, taqiq qo‘yilgan joylarda ta’lim sifatida o‘sish kuzatilmoqda. Shu o‘rinda, yurtimizda bu borada qanday yo‘l tutish ma’qul, degan masala ko‘ndalang turgani rost gap. Bizningcha, ayni masalada tarbiya va ta’limda qanday aqidalarga suyanib ish ko‘rish asosiy omil bo‘lishi lozim. Zero, farzandining axloqli, mustahkam bilimli, e’tiqodli inson bo‘lib yetishishini istagan har bir odam bugun biz tilga olgan masalani jiddiy o‘ylab ko‘rishi zarur, deb hisoblaymiz.
Gulchehra UMAROVA
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
105
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
616
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
612



